YOZGI KANIKULDA BOLALARNI BAND QILAMIZ

🔆Yangi xobbi topamiz!

Yozgi taʼtil – biron yangi mashgʻulot boshlashning ayni vaqti. Axir, shoshadigan joyimiz yoʻq, vaqt yetarli. Astronomiya toʻgaragimi, yogʻoch oʻymakorligimi – farqi yoʻq, asosiysi bolangizga yangi mashgʻulot boshlashiga yordam bering.

🔆Xar yakshanba – yangi ertak

Dam olish kunlari maʼlum bir ertakka bagʻishlangan mavzuli kechalar tashkil qiling. Masalan, «Kelayotgan yakshanba «Qizil qalpoqcha» ertagiga sayohat qilamiz» deya eʼlon qilasiz. Bolalar hafta davomida shu kunga hozirlanishadi, kostyumlar, dekorasiyalar tayyorlashadi. Yakshanba kuni kechani oʻtkazasiz va yanagi yakshanbaning mavzusini eʼlon qilasiz. Nafaqat ertak, balki mulʼtfilʼm, filʼmlarni ham mavzu qilib olish mumkin.

🔆Harakatli oʻyinlar oʻynang

Afsuski, hozirgi bolalar bunday oʻyinlardan ancha uzoqlashib ketishgan. Ammo ular yangilikka oʻch, unutilgan oʻyinlarni (chillak, jama, lapta va h.k.) qaytdan oʻrgatsangiz, jon deb oʻynashadi. Shuningdek, zamonaviy harakatli oʻyinlar (masalan, tvister) ham ularga yoqadi. Ular bolalarning nafaqat jismoniy, balki ijtimoiy jihatdan ham rivojlanishiga yordam beradi, ularda jamoa boʻlib ishlash, tengdoshlar bilan muloqot qilish malakalarining shakllanishiga yoʻl ochadi.

🌀Sayr qiling

Shunchaki oddiy sayr emas, maʼrifiy bir tadbir boʻlsin. Masalan, kechqurun salqinda koʻcha aylanib yurib, tabiat hodisalari, oʻsimliklar, hasharotlar haqida bolaga qiziqarli faktlarni soʻzlab berasiz (avvaldan sayrga tayyorgarlik koʻrasiz, albatta. Internet, kitob titish degandek…) Yozda koʻpgina tabiat hodisalari, oʻsimliklar, qushlarni tabiiy holda koʻrsatib tushuntirish imkoniyati katta.

🌀Birinchi asarini yozsin

Agar farzandingiz adabiyotga qiziqsa, turli insholar, hikoyalar, sheʼrlar mashq qilib tursa, unga kundalik daftar tutishni maslahat bering. Voqealarga boy taʼtil kunlari boshlamasa kundalikni, qachon boshlaydi? Kundalik kelajakdagi ijodiy ishlarda juda asqotishini bolangizga tushuntiring. Qarabsizki, taʼtil soʻngida kichkinagina kitobcha tayyor boʻlib turibdi-da. Uni kitob shaklida bir nusxada chop ettirib berishingiz mumkin (zamonaviy poligrafiya bunga imkon beradi)

⚜Koʻrgazmalar tashkil qiling

Farzandingiz foto olishga qiziqadimi? Unda mobilʼ telefon yoki arzonroq kamera yordamida oʻz fotokoʻrgazmasini yaratsin. Rasm chizishga qiziqsa, rasmlar koʻrgazmasi, tikishga qiziqsa liboslar, oʻymakorlik yoki kulolchilikka ishtiyoqi boʻlsa – amaliy sanʼat koʻrgazmalarini tashkil qilish mumkin. Ushbu koʻrgazmalar, shunchaki, xovlida yoki mehmonxonada oʻtkaziladi va unga oila aʼzolari hamda bolaning doʻstlari taklif etiladi. Tadbirdan fotohisobotlar tayyorlasangiz, maktabga borganida tengdoshlariga maqtanadi, yil davomida eslab yuradi.

📚Kitob oʻqiting

Bu hech qachon eskirmaydigan va koni foyda mashgʻulot. Kitoblarni did bilan tanlab bering. Bola duch kelgan narsani oʻqiyvermasin. hozir uning xotirasi yaxshi, uni turli adabiyot chiqindilari bilan toʻldirmang, haqiqiy durdona asarlarni topib bering. Bu borada oʻzingiz maʼlumotga ega boʻlmasangiz, biladigan odamlardan soʻrang. hozir internetda ham «Bolalikda oʻqilishi lozim 20 ta zarur kitob» singari kitoblar reytinglari koʻp. Kitob bozori esa bolalar uchun xilma-xil kitoblarni taklif etadi. Tanlashda nafaqat nasriy, sheʼriy asarlarga ham eʼtibor bering.

🎲🎳Aqlli oʻyinchoqlar tanlang

Olaylik, farzandingiz koʻchaga chiqishni, oʻrtoqlari bilan oʻynashni yoqtirmaydi. Uni uyda kompʼyuter, planshet, telefon, televizor singari turli gadjetlar bilan yolgʻiz qoldirmang. Mozaika, pazl, konstruktor singari har xil aqlli oʻyinchoqlar olib bering. Shaxmat va shashka oʻynashni oʻrgating.

Uyingizni yangicha dizayn bilan bezang.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish