Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) – inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa Motivatsiyalar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida Motivatsiya atamasi subyektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qo‘llanadi. Xatti-harakat va faoliyat Motivatsiyalarining majmuasi motivatsiya deyiladi. Motivatsiya ehtiyoj negizida vujudga keladi va shakllanadi. Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini ta’minlaydi. Harakat faoliyatning tarkibi bo‘lganligi tufayli u faoliyatning maqsadi va Motivatsiyai orqali boshqariladi. Ba’zan «Motivatsiya» tushunchasini «emotsiya», «maqsad», «ustanovka» atamalari bilan almashtirish hollari uchraydi. Goho turtki, qo‘zg‘ovchi, undovchi tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.
Kanadalik jurnalist va yozuvchi Malkolm Gladvellning Outliers: The Story of Success kitobini o‘qish jarayonida juda ham bir qiziq ma’lumotni uchratdim. Muallifning yozishicha biron-bir sohada muvaffaqiyatga erishish uchun va ushbu sohaning haqiqiy ustasiga aylanish uchun kamida 10,000 (o‘n ming) soat davomida ushbu soha bilan muntazam ravishda shug‘ullanish va mashq qilish zarur ekan.
Motivatsiya turlari
Motivatsiya – biz bu ishni nima uchun amalga oshirmoqchi ekanligimizni va rejamiz amalga oshganda nimaga erishishimiz mumkinligi eslatib turishda juda ham katta ahamiyat kasb etadi. Lekin o‘sha oxirgi maqsadga erishguncha biz har kuni tirishqoqlik bilan muntazam ravishda ishlash odatini hosil qilishimiz juda ham muhim.
Amerikalik jurnalist va yozuvchi Charlz Duhigning The Power of Habit (Ko‘nikma va odatning kuchi) kitobida yozishicha inson miyasi o‘z ish jarayonida energiyani tejash maqsadida deyarli barcha narsani avtomatlashtirilgan holatga keltirar ekan.
Shuning uchun ham biz yangi bilim yoki qobiliyatni o‘rganayotganimizda tezda charchab qolamiz va boshida bu bizga katta qiyinchilik tug ‘diradi. Lekin, agar biz ushbu yangi faoliyatni doimiy ravishda amalga oshirishda davom etsak, ma’lum bir vaqt o‘tganidan so‘ng ushbu jarayon o‘z-o‘zidan avtomatlashgan holatga o‘tib ortiqcha urinishsiz amalga oshira olishimiz odat tusiga aylanadi.
Eng oddiy misol: barchamiz o‘qishga va ishga borish uchun hafta kunlari davomida erta turishga majburmiz, boshida bu juda qiyin, lekin keyinchalik ushbu tartibga amal qilishimiz oson bo‘ladi, hattoki ma’lum vaqtdan keyin shanba va yakshanba kunlari zaruriyat bo‘lmagan taqdirda ham erta tongdan uyg‘onishimiz odat tusiga kiradi. Bu bizning miyamiz yangi dastur asosida ishlay boshlaganidan darakdir.
Yoki boshqa bir misol: Hech ham erta tongdan turib yugurish va mashq qilishni boshlaganmisiz?
Avvaliga erta tongda turish, keyin esa mashq qilish juda ham qiyin bo‘lishini, vaqt o‘tgan sayin esa agar ertalabki yugurishni ma’lum sababga ko‘ra o‘tkazib yuborsangiz kuni bilan bir narsani yo‘qotgandek bo‘lasiz. Agar ushbu ikkala misol sizda ishonch hosil qilmasa, quyidagi tajribani o‘zingizda sinab ko‘ring.
Hozirda deyarli barchamiz smartfonlardan foydalanamiz, doimiy ravishda elektron xatlarni o‘qish, Facebook, Odnoklasniki, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarni kun davomida bir necha (ayrimlar yuzlab) marta tekshirishimiz odatga aylangan. Telefoningizni bir kunga uyda qoldirib koʻchaga chiqing yoki bir kun davomida telefondan foydalanmaslikka harakat qilib koʻring. Ushbu kun davomida necha marotaba telefoningizni qidirib qoʻlingizni cho‘ntagingizga yoki sumkangizga solishingizni, keyin esa bugun telefonsiz kun ekanligini eslab sizga bir narsa yetishmayotgandek his qilishingizni kuzating. Aminmanki, ushbu kun sizning telefoningizga qanchalik oʻrganib qolganingizni koʻrsatib beradi, hattoki zarur boʻlmagan vaqtda ham undan foydalanishga o‘rganib qolganingizni his etasiz. Ushbu misollarni keltirishimdan maqsad esa har bir odatga koʻnikma hosil qilish uchun ma’lum vaqt sarflanishini va ushbu odatdan voz kechish uchun undan ham koʻproq vaqt ketishini va yangi odatni hosil qilish uchun ham ma’lum muddat vaqt muhimligi zamonaviy psixologlarning taqdiqotlari davomida isbotlanganligini aytib o‘tishdir. Charlz Duhiggning yozishicha, yangi odatni hosil qilish uchun eng kamida 21 kun davomida bir ishni takror va takror har kuni amalga oshirish kerak.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.