Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar – chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash

So‘zlar – odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi. Biz ko‘pincha so‘zlarni qo‘llashda ularga ko‘p ham e’tibor bermaymiz, keyin esa tushunmovchiliklar kelib chiqqani va nega munosabatlar buzilganiga hayron bo‘lamiz. Ayniqsa, bu erkaklar va ayollar o‘rtasida munosabatlarda aniq ko‘rinadi.

Turli juftliklarga qarab, ba’zan birlari har doim urishib qolishlari, boshqalari esa baxtdan porlab turishlarini sezish mumkin. Ehtimol, baxtli juftliklarda erkaklar ayollarga ta’sir qilish sirlarini nafaqat bilishadi, balki amalda ham qo‘llashar?

1. Ayollar quloqlari bilan sevadi

1.1. Qizlarga qanday gaplar yoqadi: she’rlar yoki nasr?

1.2. Shirin so‘zlar o‘z vaqti va joyida aytilishi kerak

1.3. So‘zlarni to‘g‘ri tanlang

1.4. Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati

1.5. Yoqimli so‘zlar doimo aytilishi kerak

Ayollar quloqlari bilan sevadi

Hamma bu dono gapni eshitgan. Uning ikkinchi qismi ham mavjud: «Erkaklar ko‘zlari bilan sevadi». Ayollarning aksariyat qismi bu qoidaga nafaqat e’tibor berishadi, balki undan to‘g‘ri foydalanishni ham bilishadi. Yigitlar esa qizlarga shirin gaplar gapirishning ahamiyati qanchalik muhim ekanligini inobatga olishmaydi. Afsuski, hamma erkaklar ham ayollarga qachon va qanday qilib iltifot qilish kerakligi haqida bilmaydi. Ushbu murakkab bo‘lmagan ilmni o‘zlashtirib, erkaklar hatto eng nozik go‘zallarning qalbiga ham yo‘l topishni o‘rganishadi.

Albatta, har doim ham shirin so‘zlarga uchmaydigan muayyan foiz ayollar bo‘ladi. Ehtimol, bu bir vaqtlar erkakning so‘zlariga ishonib aldangan va ko‘ngli qolgan yoki moddiy manfaatni ko‘zlaydigan ayollardir. Yaxshiyamki, bunday toifa qizlar foizi kam bo‘lib, aksariyati iltifotlarga u yoki bu darajada albatta quvonishadi.

E’tiborga munosabat – ayollar tabiatidir. Shuning uchun, sizga qadrli bo‘lgan qizga shirin so‘zlar orqali o‘z munosabatlaringizni bildiring va buning ta’sirini amalda ko‘rasiz. Chunki qizlar uchun shirin so‘zlar – gullar uchun quyosh nurlari va suv kabidir.

Faqat bir narsani esda tutish kerak, barcha ayollar juda nozik mavjudot sanaladi, shuning uchun sizning iltifotlar va maqtovlaringiz «statistika» uchun emas, balki chin qalbdan bo‘lishi kerak. Shunga qaramay, ushbu ma’lumotlardan bir nechta yoqimli so‘zlarni o‘rganish va ularni kerakli lahzalarda qo‘llashni sizga hech kim taqiqlamaydi.

Qizlarga qanday gaplar yoqadi: she’rlar yoki nasr?

Agar yigit shirin so‘zlarini she’rga bita olsa, bunday qobiliyatga sharaflar bo‘lsin. Aynan shunday shoirlar eng qadimgi davrlardan buyon mahbubalarining muhabbatini qozonishgan. Chunki she’r satrlari mo‘jizaviy maromga ega, ayniqsa ular sevgan ayolga his-tuyg‘ular bilan to‘lgan bo‘lsa. Bunday so‘zlar butun dunyodagi barcha gullar va sovg‘alardanda afzal va qizning yuragiga tezda yo‘l topishga imkon beradi

Ba’zan yosh yigitlar she’riy qobiliyatga ega bo‘lmasada, baribir o‘zlarini sinab ko‘rishga harakat qiladilar. Buning yomon tomoni yo‘q. Ularning she’rlari ommaviy nashrda chop etilmasa ham, sevuvchi yuraklar bunday urinishni doimo qadrlaydi.

Agar she’riyatda qobiliyat bo‘lmasa ham, ba’zan she’rlardanda ko‘proq ma’no saqlovchi nazm mavjud. Eng muhimi, nafaqat qizni qanday yoqimli tarzda atashni bilish emas, balki qaysi daqiqalarda buni qo‘llash mos kelishini bilishdir.

Shirin so‘zlar o‘z vaqti va joyida aytilishi kerak

Shirin so‘zlar uchun eng yaxshi vaqt – qiz bilan yolg‘iz bo‘lgan onda. Siz aytadigan gaplaringiz faqat uning uchun bo‘lishi kerak. Bu yo‘l faqat boshlanib bo‘lgan yoki rivojlanayotgan munosabatlar uchun o‘rinli. Notanish yoki yaxshi tanish bo‘lmagan qizga iltifot qilish uchun rasmiyroq ifodalarni tanlash kerak bo‘ladi va ular haqiqatda yoqimli bo‘lishi kerak Masalan, «Ajoyib ko‘rinasiz!» iborasi har qanday ayolga, hatto do‘kon yordamchisiga ham yoqimli bo‘ladi.

Qizlar bilan tanishish uchun So‘zlarni to‘g‘ri tanlash lozim

Hamma qizlarga ham bir xildagi yoqimli so‘zlar xush kelmaydi. Bundan tashqari, ular doimiy ravishda takrorlanganda, ular soxtalikka o‘xshash taassurot uyg‘otadi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan «repertuaringizni» o‘zgartirib turing.

Ba’zida erkaklar «Jonim, xalaqit berma, ko‘rmayapsanmi, bandman!» deb aytishlari mumkin. Keyin esa nega «jonim» degan shirin so‘zni aytganda jufti yelka qisib qo‘yishiga ajablanishadi. Xullas, qizlarga yoqadigan gaplarni qo‘pollik bilan aralashtirgan holda aytmaslikka harakat qiling.

Yana bir muhim nuqta qiz uchun shirin so‘zlarning asl mazmunidir. Albatta, «mening do‘mbog‘im» juda yoqimli eshitiladi va erkak kishi buni iltifot deb o‘ylashi mumkin. Biroq, qizlar buni boshqacha tarzda qabul qilishlari mumkin, chunki aksariyat hollarda ular o‘z qomatlari tuzilishidan norozi va o‘zlarini ortiqcha vaznga ega deb hisoblashadi. Shu sababli, bunday e’tiroz qizni xafa qilishi mumkin.

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati

So‘z boyligingizni yoqimli so‘zlar va iltifotlar bilan to‘ldirish uchun quyidagi ro‘yxatni asos qilib olish tavsiya etiladi:

azizim;

suyukligim;

yagonam;

asalim;

go‘zalim;

jonim;

mo‘jizam;

shirinim;

mening farishtam;

gulim;

oftobim;

yulduzim.

Quyida esa iboralarning ayrim misollari keltirilgan. Nusxa qilib olmang, balki o‘zingiz shunga o‘xshash gap tuzishga harakat qiling:

Mening eng sevimli va nozik quyoncham!

Siz chiroyli ko‘rinasiz…

Sening ko‘zlaring chuqur ummonga o‘xshaydi va men ularda cho‘kishga tayyorman!

Seni tanlaganimga bir soniya ham afsus qilmaganman.

Sen bilan mening baxtim butun…

Men uchun dunyo bir olam, sen bir olam.

Seni sog‘inishga ulgurishim uchun soniyalar yetarli.

Judayam sog‘indim.

Seni sevaman!

Albatta, maqtovni ham unutmaslik kerak. Maqtov eshitish yoqmaydigan odamning o‘zi yo‘q. Uning qilgan barcha ishlariga e’tibor berganingizni bildirishni o‘rganing, masalan, u sizga tushlik tayyorlab keldimi, «qo‘ling dard ko‘rmasin», «o‘zimni pazandam» kabi qo‘shimchalar bilan rahmat aytishni unutmang. O‘zining ishlarida esa doimo qo‘llab-quvvatlovchisi bo‘ling.

Agar yigit kishi ajoyib iltifotlar qilsa va sevgani uchun shirin so‘zlarni tanlay bilsa, hatto urushib qolish vaqtida ham haqorat va qo‘pollik ishlatmasa, unda qiz bunday munosabatni qadrlashiga ishonchingiz komil bo‘lishi mumkin.

Qizlarga qanday yigitlar yoqadi?

Yoqimli so‘zlar doimo aytilishi kerak

Aziz erkaklar, agar sizni qizlar bilan qanday qilib to‘g‘ri gapirish kerakligini o‘rgatishmagan bo‘lsa ham, har qanday yoshda bu ilmni o‘rganish kech hisoblanmaydi.

O‘z yaxshi ko‘rgan qizingiz yoki ayolingiz uchun eng beg‘ubor so‘zlarni toping va u siz uchun cheksiz qadrli ekanligini eslatishni unutmang. Uning fazilatlarini ulug‘lash, ammo kamchiliklarini yashirishni biling. Ular o‘zlari ham buni yaxshi biladi, lekin siz ularni boricha sevishingizga umid qiladi. Bundan tashqari, biron bir qo‘pollik qilishga yo‘l qo‘ymang. Qattiq yoki haqoratli so‘zlardan keyin, hatto kechirim so‘rashda ham har qanday shirin so‘zlar yolg‘on bo‘lib tuyuladi. Yaxshi maqtov va shirin so‘zlar ishlatishning ta’siri sezilishi o‘zini uzoq kuttirmaydi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish