AYOLLARNI JAHLINI CHIQARUVCHI HOLATLAR

Baʼzan turmush oʻrtogʻingiz oʻzini shunday tutadiki, kulishni ham, yigʻlashni ham bilmay qolasiz…

  • Uning suhbatlari muhimroq

Oʻzi telefonda soatlab «muhim» narsalar haqida gaplashib oʻtiradi. Lekin siz 10 daqiqadan koʻp gaplashib yuborsangiz, koʻzlari ola-kula boʻlib ketadi. Jahlingiz chiqmasin! Albatta, bu adolatsizlik, fikringizga qoʻshilamiz… Lekin nima ham qilardik —telefonda yotib olib gaplashish ayollarga xos ish degan gap ularning qon-qoniga singib ketgan.

  • «Yoqimli» syurpriz

Qahramoningizning bugun kayfiyati yaxshi va siz uchun maxsus qoʻlbola palov damlab bermoqchi! Qanday yaxshi! Lekin oshxona u palov damlagandan keyin bomba portlagan maydonga aylanadi! Stollarning usti, pol va hatto devorlarga ham yogʻ sachragan, ikki kishi uchun toʻrtta lagan, sakkizta likopcha va 10 ta qoshiq ishlatilgan! Eng qizigʻi shef oshpazning nazarida oshni u tayyorlagandan keyin, oshxonani tozalash sizning zimmangizda boʻlishi kerak. Jahl qilishga shoshilmang! Agar oz boʻlsa-da, yigʻishtirishga yordam bersa, yaxshi, agar yordam berishni istamasa, bu kabi syurprizlar sizga unchalik hush kelmasligini taʼkidlab qoʻying…

  • Birvarakayiga ikki ish…

Quyidagi manzara barcha ayollarga tanish boʻlsa kerak, aytaylik, turmush oʻrtogʻingiz bilan biror joyga yoʻl oldingiz, kutilmaganda u toʻxtab, qiziq voqeani gapira boshlaydi. Katta koʻchada qaqqayib turmaylik, deb shuncha tortqilasangiz ham joyidan jilmaydi! Jilmaying! Aksariyat erkakalar shunday yaratilgan. Ular ikki ishni birdan qila olishmaydi. +am yurib, ham gaplashish osonmi sizga?

  • Yaxshi tomonga oʻzgarishi uchun

Iflos paypoqlar, futbolkalar… U yechgan narsasini duch kelgan joyga tashlab ketib oʻrgan. Kir kiyimlar hatto vannaxonagacha ham yetib bora olmaydi. Shoshmang! Siz uning enagasimassiz. Agar u oddiy qoidalarga ham rioya kilmas ekan, oʻz holiga qoʻying, toza paypoqlar tugasa, eʼtirozlaringizni oʻylab koʻradi…

  • Shoʻrlik bemor

Erkakka va uning salomatligi – odamzotning ochilmagan jumboqlari sirasiga kiradi. Agar unga jiddiy kasalliklar tahdid solib turgan boʻlsa, ogʻriqdan ikki bukchayib qolsa ham, qaysarlik bilan shifokorga borishdan bosh tortib turib oladi. Lekin (Xudo kursatmasin!) tomogʻi ogʻrisa yoki yoʻtalsa bormi… Shu zahoti koʻrpa-toʻshak qilib, inqillab yotib oladi. Uni koʻrib, shamaollagan emas, ogʻir dardga chalingan deb oʻylash mumkin. Ehtiyot boʻling! Albatta uning oh-vohini eshitib, peshanangizni tirishtirishingiz mumkin. Lekin kasalni oʻtkazib yubormay shifokorga borishga koʻndirishingiz kerak. Chunki erkaklar bu vazifani ham, yaʼni oʻz salomatligiga eʼtibor berishni ham ayollarning zimmasiga yuklab qoʻyishgan. Nima ham qilardik….

  • Bilimdon maslahati

Bir paytlar maktab davrida arsloningiz futbol oʻynagan va shu sabab hanuz oʻzini sportning eng kuchli bilagʻoni deb hisoblaydi. Har gal futbol matchi boshlanganda televizor qarshisida oʻtirib olib, noshud oʻyinchilarni soʻkib, maslahatlar berib, qichqirayaptimi? Qoʻyavering! Ichidagi yigʻilib qolgan salbiy hislarni shu futbolga toʻkib solsin. Sizga foyda-ku.

  • Buyuk tadqiqotchi

Aytaylik, siz kompʼyuterdagi oddiy narsani tushunmadingiz, masalan, bir dasturning yorligʻini «ish stoli»ga chiqarish kerak. Lekin bu «murakkab» ishni bajarish uchun qisqa va tushunarli javob olish imkoniyatingiz yoʻq. Chunki turmush oʻrtogʻingiz shu arzimagan narsani ham qiyin terminlar bilan bir soat tushuntiradi va natijada siz baribir hech nimani tushunmaysiz. Agar antivirus oʻrnatib berishini soʻrasangiz-chi, butun dasturni boshqatdan koʻrib chiqadi. Dahshat… Lekin jahl qilmang. Axir u sizga yaxshi boʻlishini istagandi. Texnika erkak kishida tadqiqotchilik ruhini uygʻotsa, u aybdor emas-ku! Xalaqit bermang, izlanishlarini oxiriga yetkazaversin. Ungacha esa bemalol roʻzgʻor ishlaringizni bajarib kelavering. Oxirida rahmat aytishni ham unutmang.

Shunaqa! Oilam xotirjam boʻlsin desangiz, «arzimagan» narsalarga asabingizni buzib oʻtirmay, murosa qilishni oʻrganing.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish