«TEMPERAMENT»
Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud:
- SANGVINIK – kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.
- XOLERIK – kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.
- FLEGMATIK – kuchli, sust, muvozanatli.
- MELANXOLIK – kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r.
Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib, xarakteringizga hos, miyangizga kelgan birinchi fikrni javoblar ichidan tanlang. O’zingizni odobli ko’rsatish shart emas. Aks holda sizning temperamentingiz noto’g’ri aniqlanadi. Marhamat!
?Tassavur qiling bog’da sevgilingizni kutib o’tiribsiz. So’nngi pulingizga gul sotib olgansiz. Ammo to’satdan bir kishi kelib gulingizni ustiga o’tirib oldi. Bunday vaziyatda u kishiga nima deysiz?
JAVOBLAR:
A). “Nima qilganingiz amaki? Bu gulni axir oxirgi pulimga olgandim. Farosatingiz bormi?” deya jahl qilib baqirishni boshlayman.
B) “Amaki gulimga o’tirvoldizu. Ja chaqqon odam ekansiza?” deb hazilga buraman va kulib turaman.
C) “Amaki, meni kechirasizu, boshqa gul olib berishingizga to’gri keladi. Yaqin insonimga olgandim” deya og’ir bosiqlik bilan to’g’ri tushuntiraman.
D) “Amaki nima qilib qo’ydingiz” deya siqilaman va indamayman.
?NATIJALAR:
A). XOLERIK – Juda g‘ayratli, jizzaki, jahldor, qaysar, ishga ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, tez va shiddatli, qizg‘in emotsional «portlash» va kayfiyatning keskin o‘zgarishlarga moyil ekanidan dalolat beradi, ildam harakatlar qiladigan kishi.
B). SANGVINIK – quvnoq va hushchachaq, har qanday yangi ishni qiziqish bilan qabul qiladi, bardoshli va ishchan, nutqi baland, tezkor, ravshan, jonli, imo-ishorali va ma’noli xatti-harakatli, kutilmagan, murakkab holatlarda o‘zingizni yo‘qotmaysiz, doimo bardam kayfiyatdasiz. tez uxlaysiz va tez uyg‘onasiz, atrofda bo‘layotgan vazifalarga tez munosabat bildirasiz, ta’assurotlarni hadeb o‘zgartirishga intiluvchi, ko‘ngilsizliklarni nisbatan yengil o‘tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo‘lgan shaxs.
C). FLEGMATIK – nutqi xotirjam, sokin, keskin tuyg‘ularsiz, imo-ishora va xatti- harakatlarsiz, vazmin va sabr-toqatli, boshlagan ishingizni doimo oxiriga yetkazasiz, kuchni bekorga sarflamaysiz, kun tartibiga qat’iy rioya qilasiz. Yuragi keng, intilishlarda barqaror, turg’un va chuqur his-tuyg‘ularga ega insonsiz.
D). MELANXOLIK – tortinchoq va uyatchan. Yangi sharoitlarda o‘zingizni yo‘qotib qo‘yasiz, notanish kishilar bilan muloqot o‘rnatishda qiynalasiz, o‘z kuchingizga ishonmaysiz, yolg‘izlikka oson ko‘nikasiz, omadsizliklar oldida tushkunlikka va sarosimaga tushasiz, o‘zingizni tutib turolmaysiz. Tez charchaysiz, nutqingiz kuchsiz, sokin. Ba’zan shivirlashgacha tushib qoladi, suhbatdoshini xarakteriga beixtiyor moslashib qoladi, ta’sirlansa ko‘zyosh to‘kadi, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, ammo atrofdagi voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o‘zini to‘xtata oladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.