SHAYX MUXAMMAD SODIQDAN ERKAKLARGA NASIHAT

👉«Sen er oʻlaroq, bilki, ayoling ayol boʻlgani uchun sendan boshqacha uslub bilan tafakkur va tasarruf qiladi…
👉… uning nafsoniyatini fahmlashing va ehtiromini qozonishing uchun quyidagi nasihatlarga amal qilishing kerak boʻladi:
📕U ham sen kabi tasarruf qilishi kerak deb oʻylama.Chunki u sendan boshqacha yaratilgan!
📗Uni eʼtiborsiz qoldirma.Unga muhabbat,mehr va omonlik hadya et.Chunki u ayollik tabiati ila mazkur narsalarga muhtojdir!
📘Uning shikoyatlarini eʼtiborsiz qoldirma.Ayol kishi har doim maʼnaviy va mehrli qoʻllovni istaydi!
📙Unga sovgʻalar taqdim qilishda baxil boʻlma,chunki ayol zoti baxil erni yoqtirmaydi!
📒Ahlini ziyorat qilishiga qarshi boʻlma,agar bunga qarshi boʻlsang,uning muhabbatini yoʻqotasan.Ayollar oʻz ahliga koʻproq bogʻliq boʻladi!
📕Goh-gohi rashk qilishingni bildirib tur.Bu uning ayollik izzat-nafsini rozi qilib turadi!
📗Unga lutf koʻrsat,ayolligini qondirib tur!
📘Uning ayblarini yuziga solma.U tanqidni yoqtirmaydi!
📙Undan yuz oʻgirma.Ayol kishi oʻziga quloq tutganlarni yaxshi koʻradi!
📒Unga xiyonat qilma.Ayol uchun eng ogʻir narsa erining xiyonat qilishidir!
📕Uning oʻzini ham,his-tuygʻularini ham masxara qilma,chunki u nozik xilqatdir,jarohatni koʻtara olmaydi!
📗U sendan talab qilgan narsani unutma.Aks holda unda «qadr-qiymatim yoʻq ekan» degan tushuncha paydo boʻladi!
📘Undan yordamingni ayama.Chunki ayol zoti doimo oʻzi ishonadigan va suyanadigan shaxsga muhtojdir!
📙Oilaviy maʼsuliyatlaring va vaʼdalaringni zinhor eʼtiborsiz qoldirma.Ularga amal qilishing ayolingga boʻlgan muhabbatingni his qildiradi!
📒Uning ikkingizning muammolaringizni hal qilish boʻyicha takliflarini eʼtiborsiz qoldirma.Agar unday qilsang,bu unga ahamiyat bermaganligingni bildiradi!
📕Undan muammolarni oqilona va mantiqiy hal qilishini talab qilma.Chunki ayol kishi odatda koʻproq otifaga-his hayajonga berilgan boʻladi!
📗Uyning mayda-chuyda ishlariga koʻp aralashma.Bu borada unga ishon.Bu unga uyning haqiqiy bekasi ekanini sezdirib turadi!
📘Uni maqtab turishdan gʻofil boʻlma.Uning kiyimi,ziynati,pishirgan narsalarini,uy tutishini maqtab tur.Bu uning ayollik tuygʻusini rozi qiladi!
📙Ayol kishi homiladorlik,tugʻish va hayz kabi ogʻir holatlarni boshidan oʻtkazishini aslo unutma.Oʻsha paytlarda uning his-tuygʻularini yanada koʻproq rioya qilish lozim!
📒Uning shaxsiy hurriyatini koʻp cheklama.Xususan,ijtimoiy aloqalarda!

«Baxtiyor oila» kitobi!126-127 betlar!

Shu kitobni sotib olishingizni tavsiya qilaman,oilaviy hamma savolingizga javob topasiz!
Shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlarini joylari Firdavs jannati boʻlsin,oxiratlari obod boʻlsin!


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish