Farzandingiz yolgʻon gapiryaptimi?
Demak, siz uni qattiq nazorat ostiga olgansiz!
Farzandingiz oʻziga ishonmayaptimi?
Demak, siz uni ruhlantirmas ekansiz!
Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi?
Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz!
Farzandingiz oʻgʻrilik qilyaptimi?
Demak, siz unga sovgʻa-salom bermayotgan ekansiz!
Farzandingiz qoʻrqoqmi?
Demak, siz uni koʻp himoya qilarkansiz!
Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi?
Demak, siz uning yonida ovozingizni pasaytirmas ekansiz!
Farzandingiz doim qovogʻi osilganmi?
Demak, siz uni maqtamas ekansiz!
Farzandingiz qizgʻanchiqmi?
Demak, siz u bilan oʻzaro hamkorlik qilmas ekansiz!
Farzandingiz boshqalarga nisbatan tajovuz qilyaptimi?
Demak, siz unga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlarkansiz!
Farzandingiz zaifmi?
Demak, siz unga koʻp doʻq-poʻpisa qilar ekansiz!
Farzandingiz sizni qizgʻanyaptimi?
Demak, siz unga nisbatan beeʼtibor ekansiz!
Farzandingiz sizni bezovta qilib, tinchingizni buzyaptimi?
Demak, siz uni bagʻringizga bosib, yuzlaridan oʻpmas ekansiz!
Farzandingiz sizga boʻysunmayaptimi?
Demak, siz undan koʻp narsa talab qilarkansiz!
Farzandingiz odamovi boʻlib qolganmi?
Demak, siz oʻzingiz bilan oʻzingiz ovora ekansiz!
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.