Angliyalik olimlar oʻzlarini omadli va omadsiz deb hisoblovchi kishilar oʻrtasidagi farqni aniqlashga qaror qilishdi.
Tadqiqotlar davomida omadli insonlar omadsiz insonlardan yuqori darajada farqlanishi aniqlandi. Omadlilar ikki marta koʻproq kuladi va boshqalar bilan koʻz orqali aloqani ushlab turishga harakat qiladi. Omadsiz odamlar esa emosional beqarorlikka, xavotirga va salbiy hissiyotlarga moyil boʻladi. Ular qandaydir bir muamo tufayli haddan tashqari tashvishlanishi natijasida imkoniyatlarni qoʻldan chiqaradi.
Tadqiqot ishtirokchilariga bir nechta mashqlar berdi. Bir oy oʻtgach, ularning 80 foizi baxtliroq, oʻz hayotlaridan mamnunroq va asosiysi, omadliroq boʻlganini taʼkidladi.
Eʼtiboringizga ushbu mashqlarni havola etamiz:
Kengroq fikrlang
Oʻz maqsadingizga erishish-erishmaslik borasida doim tashvishlanish tufayli siz koʻp imkoniyatlarni qoʻldan boy berishingiz mumkin. Barcha yangi narsalarga ochiq boʻling, shunda sizda baxt keltiruvchi chiptani tortib olish imkoniyati koʻproq boʻladi.
Hayotga ijobiy tarzda yondashing
Hamma narsaning faqat salbiy jihatlarini koʻrish kerak emas. Bunday kayfiyat sizdan hayotiy kuchingizni olib qoʻyadi. Nimadandir shikoyat qilish oʻrniga, bundan ham yomonrogʻi yuz bermagani uchun shukur qiling.
Xayotingizga yangilik kiriting
Kundalik hayot charchatishi mumkin. Agar siz har kuni bir xil odamlar bilan muloqotda boʻlsangiz, bir xil taomni yesangiz, bir xil ishlarni bajarsangiz, oʻz hayotingizni xilma-xillashtirishga harakat qiling. Qulaylik zonasidan chiqish omadni dumidan tutish imkoniyatlarini koʻpaytiradi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.