?«Sen er oʻlaroq, bilki, ayoling ayol boʻlgani uchun sendan boshqacha uslub bilan tafakkur va tasarruf qiladi…
?… uning nafsoniyatini fahmlashing va ehtiromini qozonishing uchun quyidagi nasihatlarga amal qilishing kerak boʻladi:
?U ham sen kabi tasarruf qilishi kerak deb oʻylama.Chunki u sendan boshqacha yaratilgan!
?Uni eʼtiborsiz qoldirma.Unga muhabbat,mehr va omonlik hadya et.Chunki u ayollik tabiati ila mazkur narsalarga muhtojdir!
?Uning shikoyatlarini eʼtiborsiz qoldirma.Ayol kishi har doim maʼnaviy va mehrli qoʻllovni istaydi!
?Unga sovgʻalar taqdim qilishda baxil boʻlma,chunki ayol zoti baxil erni yoqtirmaydi!
?Ahlini ziyorat qilishiga qarshi boʻlma,agar bunga qarshi boʻlsang,uning muhabbatini yoʻqotasan.Ayollar oʻz ahliga koʻproq bogʻliq boʻladi!
?Goh-gohi rashk qilishingni bildirib tur.Bu uning ayollik izzat-nafsini rozi qilib turadi!
?Unga lutf koʻrsat,ayolligini qondirib tur!
?Uning ayblarini yuziga solma.U tanqidni yoqtirmaydi!
?Undan yuz oʻgirma.Ayol kishi oʻziga quloq tutganlarni yaxshi koʻradi!
?Unga xiyonat qilma.Ayol uchun eng ogʻir narsa erining xiyonat qilishidir!
?Uning oʻzini ham,his-tuygʻularini ham masxara qilma,chunki u nozik xilqatdir,jarohatni koʻtara olmaydi!
?U sendan talab qilgan narsani unutma.Aks holda unda «qadr-qiymatim yoʻq ekan» degan tushuncha paydo boʻladi!
?Undan yordamingni ayama.Chunki ayol zoti doimo oʻzi ishonadigan va suyanadigan shaxsga muhtojdir!
?Oilaviy maʼsuliyatlaring va vaʼdalaringni zinhor eʼtiborsiz qoldirma.Ularga amal qilishing ayolingga boʻlgan muhabbatingni his qildiradi!
?Uning ikkingizning muammolaringizni hal qilish boʻyicha takliflarini eʼtiborsiz qoldirma.Agar unday qilsang,bu unga ahamiyat bermaganligingni bildiradi!
?Undan muammolarni oqilona va mantiqiy hal qilishini talab qilma.Chunki ayol kishi odatda koʻproq otifaga-his hayajonga berilgan boʻladi!
?Uyning mayda-chuyda ishlariga koʻp aralashma.Bu borada unga ishon.Bu unga uyning haqiqiy bekasi ekanini sezdirib turadi!
?Uni maqtab turishdan gʻofil boʻlma.Uning kiyimi,ziynati,pishirgan narsalarini,uy tutishini maqtab tur.Bu uning ayollik tuygʻusini rozi qiladi!
?Ayol kishi homiladorlik,tugʻish va hayz kabi ogʻir holatlarni boshidan oʻtkazishini aslo unutma.Oʻsha paytlarda uning his-tuygʻularini yanada koʻproq rioya qilish lozim!
?Uning shaxsiy hurriyatini koʻp cheklama.Xususan,ijtimoiy aloqalarda!
«Baxtiyor oila» kitobi!126-127 betlar!
Shu kitobni sotib olishingizni tavsiya qilaman,oilaviy hamma savolingizga javob topasiz!
Shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlarini joylari Firdavs jannati boʻlsin,oxiratlari obod boʻlsin!
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.