PISTA ChAQASIZMI?
Sizga «pashshadan fil yasash» iborasi to‘g‘ri keladi. Chunki kichik muammolarni ham kattalashtirib yuboradigan odatingiz bor. Ustiga-ustak vahimachisiz. Jahlingizni jilovlashni o‘rgansangiz, asabingiz ham taranglashmaydi.
YoNG‘OQLARNI YoQTIRASIZMI?
Ko‘zlagan maqsadingiz yo‘lida har qanday to‘siqni yengib o‘tolasiz. Ammo ba’zi paytlari qat’iyyatsizlik kayfiyati yuzaga keladi. Rejalaringizni aniqlashtirib, so‘ng amalga oshirishga kirishsangiz, marra sizniki!
ChIPS, TUZLI PEChEN’ELAR
Juda g‘ayratlisiz. Bir sutkalik uyqingizdan voz kechasiz-u, ammo zimmangizga yuklatilgan vazifani aytilgan muddatda bajarasiz. Shunga ham atrofingizdagilarning ishonchini qozongansiz. hammasi yaxshiku-ya, biroq sog‘lig‘ingizni ham unutib qo‘ymang-da.
ShIRINLIKLARGA NIMA DEYSIZ?
Kirishimli insonsiz. Notanish davralarda ham o‘zingiz uchun suhbatdosh topolasiz. Tashqi taraflama muloyim ko‘ringaningiz bilan aslingizni bilib bo‘lmaydi. Shu bois ham goho atrofingizdagilarni esankiratib qo‘yasiz.
YOGURTLAR YENG….
O‘z nuqtai nazaridan boshqasi bilan hisoblashmaydiganlar toifasidansiz. Fe’lingizdagi o‘jarlik o‘zingizga ham pand beradi. Ammo uni tan olishni istamaysiz. «Otdan tushsa ham egardan tushmaydi» qabilida ish tutmang-da, o‘z ustingizda izlaning.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.