PULNI KO’PAYTIRISH SIRLARI

«Dugonam har oy yangi ko‘ylak, poyabzal sotib olishga qayerdan pul toparkan? Nega men ro‘zg‘ordan orttirolmayman?» deya noliyapsizmi? Xo‘sh, pulingiz ko‘paymayotganligi sabablari, mablag‘ orttirish choralari sizni qiziqtiradimi? Marhamat, sevimli «Sug‘diyonangiz» oila byudjetingizni tejashga ko‘maklashuvchi maslahatlarini taqdim etadi.

Bankda emas, bankada saqlaymiz?

Ko‘pchiligimizda mablag‘ borlikka bor-u, negadir uni muomalaga kiritishning g‘amini yemaymiz. Aytaylik, sarmoyangizni onangizga berib qo‘ydingiz. Erta-indin to‘ymi, boshqa xarajatingizmi, chiqib qolsa, uyalib qolmaysiz. Pulingiz ishonchli qo‘llarda! Ammo shu mablag‘ni bankka qo‘ysangiz, «bolalab» yotgan bo‘lardi-da. Foydasini har oy oxirida kundalik xarajatlaringizga, aslini esa bemalol to‘y-hashamingizgi sarflayverardingiz. Qo‘shimcha daromad-da bu!

Faqat bugunimiz bilan yashaymiz

Odatda qo‘limizga maosh tegmasidanoq uni qaerga «joylash» bo‘yicha strategik reja miyamizda pishib yetiladi. Bor pulimizni bolalar bog‘chasi, oziq-ovqat, kiyim-kechakka safarbar etamiz-u, eng asosiysi, maoshning atigi 10 foizini ko‘zga tashlanmaydigan joyga bekitib qo‘yishni negadir ortga suraveramiz. Bir qarashda arzimasdek ko‘ringan shu pul vaqti kelib, katta muammoni hal etishga ko‘maklashishi mumkin. Axir bejizga «toma-toma ko‘l bo‘lur» deyishmaydi-ku! Hafsala qilsangiz bo‘lgani.

Qarzga ishonib qolganmiz

Qarz aybdorlik hissi bilan yashashga majbur qiladi. Shuning uchun kichik ehtiyojlaringiz uchun bu usuldan foydalanmang. Ayniqsa, kredit to‘lay olishga ko‘zingiz yetmasa, yaxshisi, boshqa chora izlang. To‘g‘ri, naqdiga uy sotib olishining imkoni bo‘lmasa, kredit hisobiga qo‘rg‘onli bo‘lgan yaxshi. Ammo dazmol, telefon, mebel kabi xaridni bir muddat kechiktirish imkoni bo‘lsa, ortiqcha foiz to‘lash aqldan emas.

Supermarketdan xarid qilamiz

Do‘konlarda xaridorlar e’tiborini tortish uchun buyumlarni to‘g‘ri joylashtiruvchi maxsus guruh ish olib borishidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Ularning sharofati bilan bozorda qayrilib ham qaramaydigan narsalar ko‘zimizga olovday ko‘rinib ketadi-yu darrov savatchaga joylab olamiz. Kassa chekini qo‘lga olgandan keyin esa boshingizni devorga ursangiz ham befoyda. Shu sababli do‘konga kirishdan avval ro‘yxat tuzib oling. Kiyim-kechaklarni esa mavsum kirguniga qadar, chegirmalar vaqtida xarid qilish mumkin.

Uyali telefondan ayamaymiz!

«Shavla ketsa ketsin, obro‘ ketmasin». Axir uy yoki ish telefonidan gaplashayotganimizga kimningdir ko‘zi tushib qolsa, ziqna ekan demaydimi?! Ammo bu vaziyatda birovlarning fikrini emas, o‘z hamyonimizni o‘ylaganimiz ma’qul. Tortinchoqlikniunutib, ehtiyojingizga ko‘ra ish tutishni maslahat beramiz. Bundan tashqari, uyali aloqa tarif rejangizni qayta ko‘rib chiqing. Chunki operatorlar har mavsumda yanada qulayroq xizmatlarni taklif etishadi. Faqat vaqt va hafsalangizni qizg‘onmay rejalaringizni o‘rganib chiqsangiz bo‘lgani. Aytaylik, oila a’zolaringizni bir xil tarif rejasiga o‘tkazib qo‘ysangiz, o‘zaro suhbatlar tekinga tushadi.

Plastik kartochka — qaynar xumcha emas!

Albatta, plastik kartochkadan xaridlarni amalga oshirish oson va qulay. Qolaversa, hamyondan ketmagani uchun ham cho‘g‘i kamayib qolgani bilinmaydi. Bir kun do‘konga kirib maoshni tugatib qo‘yganimiz ma’lum bo‘ladi-yu, mulzam ahvolda chiqib kelaveramiz. Qarabsizki, maoshning tagi ko‘rinib qolgan. Naqd pul bilan esa bunday qilolmaysiz. Plastik kartochkadan to‘g‘ri foydalansangiz, rejali ish ko‘rsangiz, xarajatlaringizni nazorat qilishingiz mumkin.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish