BOLANING O’QISHGA XOHISHI BO’LMASA…

BOLA STRESS HOLATIDA!

Bu vaziyat bolaning ruhiy tushkunlik holatida ekanligini bildiradi. Ya’ni, bola uchun maktab sharoitiga moslashish stressga aylangan. Ayni damda ruhiyati uchun qulay bo‘lgani uchun darsda o‘zini loqayd, o‘qituvchining gapiga befarq qilib ko‘rsatadi. Chizgich yoki ruchkani bir maromda urishi uning harakatlarida tajovuzkorlik borligini bildiradi. Ayni damda bolaning ko‘ngli nimadandir to‘lmayapti. Mazkur holat ko‘proq tez-tez xastalanadigan, bosh miya ichki bosimi ko‘tarilib turadigan bolalarda yuz beradi. Shuningdek, bolaning maktabga moslashuvi qiyin kechishiga uydagi ruhiy muhit ham sabab bo‘ladi.

KO‘NGLIGA YO‘L TOPING!

Darsda o‘qituvchining gapini eshitmaslik, ichki olamiga kirib ketish mehrga tashna, yetarli e’tibor ololmayotgan bolalar uchun xos. Bunday paytda o‘qituvchi ham, ota-onalar ham bola bilan muosabatda o‘zgacha yo‘l tanlashlari kerak. Bolani tanqid emas, qo‘llab-quvvatlash orqali yo‘lga solinadi.Bolaning arzimagan yutuqlarini ham inobatga olish shart!

Masalan, o‘qituvchi bolakayni doskaga chiqarib, uni faqat misol yozishga, ikkinchi o‘quvchini esa shu misolni yechishga undasin. Lekin oxirida ikkala o‘quvchini teng taqdirlab, “bilmasvoy”ingizga ikki hissa ko‘proq mehr berishini, yaxshi baho qo‘yishini iltimos qiling. Bola bor-yo‘g‘i misolni doskaga yozgan bo‘lishi mumkin, ammo uning darsda qatnashishini ham g‘alaba singari nishonlash kerak. Asta-sekin bu usul ish berib, bola loqaydlikdan harakat qilishga, misolni o‘zi, mustaqil yechishga o‘tadi.

MEHR KO‘ZDA VA SO‘ZDA

Farzandingizni ko‘proq bag‘ringizga bosing. Kamchiliklarni ko‘rsatib, hadeb siltash o‘rniga ko‘proq boshini silang, qo‘l barmoqlarini yengil uqalang. Shu yo‘l bilan uni o‘zingizga yaqinlashtirasiz, asabiy taranglikni ham bartaraf etasiz. Uxlashidan avval iliq suvda cho‘milsa, tinchlanadi. Dars tayyorlash va maktabga borishdan oldin esa, bolaning ko‘zlariga qarab, qat’iylik bilan sekin ovozda: “Sen, albatta, uddalaysan, men senga ishonaman, muhimi yolg‘iz emassan” deb takrorlang. Bu so‘zlarning ruhiy ta’siri juda kuchli: chunki undan oldin tinchlantiruvchi uqalash muolajasi bo‘lib o‘tdi, endi esa ishonch bilan ruhiyatiga ta’sir o‘tkaziladi.

YANA BIR TAVSIYA…

Ichki olamiga sho‘ng‘ib ketmasligi uchun o‘z tuyg‘ularini ijod (rasm chizish, plastilindan buyum yasash) orqali namoyon qilishga undang. Bular tajovuzli harakatlardan chalg‘ishga yordam beradi.

Oila a’zolari bilan ovozni balandlatmasdan, hurmat bilan gapirish, ko‘proq tabassum qilish orqali esa uydagi muhitni yaxshilang. O‘zaro suhbat paytida bolaning xato-kamchiliklarini emas, yutuqlarini birma-bir sanab, uni ruhan qo‘llab-quvvatlang.

Unutmang, shu bugundan boshlab, farzandingiz loqayd, dangasa emas, u kichik shahzoda! Shahzodalarni kim tarbiyalaydi? Aqlingizga balli, albatta, qirolichalar! Farzandingizni qirolichalardek e’tibor, nazokat va ko‘tarinki ruhda tarbiyalangki, hayotda ezgu ishlarga qodir, kuchli inson bo‘lib yetishsin.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish