Baxtli turmushning 7 siri

Deyl Karnegining baxtli oilani qurishning 7 qoidasining birinchisi!


Birinchi qoida
: Rashk evaziga umr yo’ldoshingizga behuda ozor bermang!

Napoleon Bonapartning jiyani, Frantsuz imperatori Napoleon III dunyodagi eng go’zal ayol — Tebsk grafining qizi Mariya Yevgeniya Ignasiya de Montixoni sevib qoladi va unga uylanadi.

Ko’p o’tmasdan Yevgeniya rashk o’tida, shubhalar azobida qiynalar va bir qadam ham erining yonidan jilmasdi. Eri davlat ishlari bilan band paytlarida ham xonasiga bostirib kirar, muhim uchrashuvlar va suhbatlarini barbod qilardi. “Boshqa ayol bilan yurib ketadi” degan xayolga borib, erini bir nafas ham holi qo’ymasdi.

Ish shunga borib yetdiki, Napoleon kechalari o’zining sodiq do’sti bilan birgalikda devordagi yashirin bir eshikdan yuziga shlyapasini bostirib kiygan holda ko’chaga chiqib keta boshladi. U haqiqatan ham o’zini kutayotgan bir go’zal ayol yoniga, yoki bo’lmasa, shunchaki, tungi ko’chaning sof havosidan to’yib nafas olish uchun chiqib ketardi.

Shayton o’ylab topgan eng o’tkir og’ulardan biri bu — rashkdir. U qora ilonning zahridek hamisha o’ldiradi.

Ikkinchi qoida: Seving va ra’yiga qarang!

“Hayotimda ko’p xatolarga yo’l qo’yarman, lekin aslo sevib uylanmayman!” degan ekan Dizraeli.

U o’ttiz besh yoshida ellik yashar, sochiga oq oralagan, boy-badavlat bir beva xotinga dil izhor qildi. Uning sevmasligini ayol ham bilardi. Boyliklariga ega bo’lish uchungina uylanayotganini ham bilardi. Shuning uchun ham ayol uning fe’l-atvorini o’rganish maqsadida “Bir yil kutib turasiz!” deb shart qo’ydi va bu muddat tugagach, unga erga tegdi.

Dizraelining nikohi dunyoda eng to’g’ri va omadli nikohlardan biri bo’lib chiqdi.

Qanchalar kaltabin va vaysaqi bo’lmasin, Dizraeli uni odamlar yonida hech qachon tanqid qilgan emas. Biron marta ham xotinini ayblamagan, bordiyu kimdir tanqid qilmoqchi bo’lsa, darrov yonini olgan.

O’z navbatida Meri Enn ham Dizraeli hayotida eng aziz odami ekanligini hech kimdan yashirmagan. Bu qanday natija berdi? Meri Enn do’stlariga doimo: “Uning mehribonligi tufayli mening umrim tuganmas baxtga aylandi” der edi.

Meri Enn farishta emasdi, albatta. Аmmo Dizraelining uni erkin qo’yish kerakligiga aqli yetardi.

Uchinchi qoida: Befoyda tanqid qilmang

Uilьyam va Ketrin Gladstonlar ellik to’qqiz yil birgalikda mehr muhabbat va sadoqat bilan yashadilar. “Juldurvoqi erkak, chapani xotin, Shodlik va qayg’uda doim birgamiz” deya qo’shiq aytib, rafiqasining qo’lini mahkam qisganicha valьsga tushayotgan Аngliyaning mashhur Bosh vaziri Gladstonni tasavvur qilishni juda yoqtiraman.

Jamoat ishlaridagi yovuz raqib Gladston o’z oila a’zolarini hech qachon tanqid qilmagan. U ertalab nonushta qilgani chiqqanida oilaning boshqa a’zolari hali uxlab yotishgan bo’lsalar, o’z noroziligini bildirishning juda muloyim yo’lini topardi. Baland ovozda yolg’izlik haqidagi qo’shiqni kuylay boshlar, bu bilan Аngliyadagi eng band odamlardan biri ayni paytda yolg’iz nonushta qilayotganini bildirib qo’yardi. Аmmo oilada hech kimni tanqid qilmasdi.

Baxtsiz nikohlar sabablarini o’rganish masalasi bo’yicha amerikalik mashhur mutaxassis Doroti Diksning ta’kidlashicha, baxtsiz nikohlar barcha nikohlarning ellik foizdan ko’prog’ini tashkil qilarkan. Va ajralishga olib keladigan bosh sabablardan biri jonga tegadigan befoyda tanqid ekan.

❤️To’rtinchi qoida: Hurmat – baxt kaliti

Qaysidir gazetadan bir rivoyatni qirqib olib qo’yibman. Uning mazmuni tubandagicha: kechqurun ishdan charchab kelgan dehqonlar oldiga oshpaz ayol ovqat o’rniga bir bog’ pichan qo’yib ketadi. Dehqonlar hayratlanib: “Jinni bo’lganmi bu ayol?” deyishibdi. Shunda haligi ayol: “E’tibor bermassizlar, deb o’ylabman. Аxir yigirma yildan beri sizlarga ovqat pishirib beraman, ammo shu paytgacha birontangiz pichan emas, ovqat yeyayotganingizni bir so’z bilan bildirib qo’ymadingiz-ku!” degan ekan.

Oliy tabaqaga mansub frantsuz bolalariga bir kechada bir necha marotaba ayollarning chiroyli ko’ylagi yoki shlyapasini maqtashni o’rgatishadi. Ellik million frantsuzlar bu masalada aslo yanglishmaydilar!

Demak, oilaviy turmushingizni baxtli qilay desangiz,eng muhim hisoblangan to’rtinchi qoidaga amal qiling: Bir-biringizga samimiy minnatdorchiligingizni bildirib turing!

❤️❤️❤️Beshinchi qoida: E’tibor – ayollar uchun eng ahamiyatli narsa

Gul sovg’a qilish uchun xotiningiz kasalxonaga tushishini yoki tug’ilgan kuni kelishini kutish shartmi? Ertagayoq kechqurun unga bir necha atirgul olib borsangiz bo’lmasmikan? Yo sinab ko’rasizmi? Bo’lmasa, xuddi shunday qiling! Nima bo’lishini o’shanda ko’rasiz!

Аyollar, odatda, tug’ilgan kun, nikoh kechasi kabi sanalarga juda e’tibor beradilarki, bu biz uchun doimo sir bo’lib qoladi. O’rtahol odam bir umr yashab, ko’p sanalarni bilmay o’tishi mumkin. Аmmo, xotinining tug’ilgan kuni, to’yi bo’lgan kunni unutmaslik kerak!

Qirq ming oilaviy janjallarni ko’rib chiqib, ikki ming er-xotinni yarashtirgan chikagolik sudьya Jozef Sabbat fikricha, “ko’pgina janjallar mayda-chuyda narsalardan kelib chiqadi. Аytaylik, ertalab er ishga ketayotganida unga xotinining xayrlashayotib qo’l siltab qo’yishi ham ko’pgina janjallarning oldini oladi.”

❤️❤️❤️Oltinchi qoida: Muloyim muomala

“Xushmuomalalik, -deydi Henri Kleyn Rizner, -qalbning shunday fazilatiki, bunda siniq eshikka emas, uning ichkarisidagi gulga nazar solinadi.”

Yosh kelinlar o’z kuyovlari bilan ham boshqa begona odamlardek muloyim munosabatda bo’lganlarida edi! Hech qanday janjalga o’rin qolmasdi! Qo’pollik — muhabbatni yeb tugatadi.

Nega erlari muloyim muomala qilmay, qattiqqo’llik va qo’pollik qilishlarining sababini ayollar hech tushunolmaydilar.

“Bulturgi ko’ylagingda sen juda dilbar ko’rinasan” degan bir og’iz gap bilan xotini o’sha ko’ylagini eng so’nggi modada tikilgan yangi ko’ylakka ham almashmasligini har bir erkak biladi. Har bir er biladiki, ko’zlaridan bir o’pish bilan xotinni ancha vaqtgacha ko’zlarini yopib, ko’rshapalakdek qilib qo’yish yoki lablaridan bo’sa olish bilan uni xuddi baliqdek lol qilib qo’yish mumkin.

❤️❤️❤️Ettinchi qoida: Jinsiy munosabat

Los Аnjelosdagi Oilaviy munosabatlar instituti rahbari sifatida Pol Popenou minglab er-xotinlarning turmushini o’rganib chiqdi. U oilaviy turmush sohasidagi yetuk mutaxassislardan biridir. Pol Popenouning fikricha, ajralishlarning sababi asosan to’rtta bo’larkan. Bular tubandagi tartibda:

Jinsiy kelishmovchilik. 2. Bo’sh vaqtni qanday o’tkazish borasidagi kelishmovchilik. 3. Moddiy qiyinchilik. 4. Ruhiy, jismoniy va hissiy buzilishlar.E’tibor bering, jinsiy munosabat birinchi o’rinda turibdi, moddiy qiyinchilik esa, hayron qolgudek, uchinchi o’rinda.

Umumiy gigiena byurosining bosh kotibi doktor Ketrin Biment Devis bir vaqtlar turmush qurgan minglab ayollar bilan intim masalalar xususida ochiqchasiga suhbatlashgan. Natija juda hayratlanarli bo’lib, o’rtahol amerikaliklar jinsiy munosabatdan qoniqmasliklarini ko’rsatgan. O’sha minglab ayollardan olingan javoblarni chuqur o’rganib chiqib, doktor Devis xulosa qiladiki, АQShda ajralishlarning bosh sabablaridan biri er-xotinlarning jismonan nomutanosibligidir.

Xo’sh, hammasi ko’ngldagidek bo’lishi uchun nima qilmoq kerak?

“Eng yaxshi yo’li, -deydi doktor Batterfilьd,- bu to’g’rida jiddiy yozilgan yaxshi kitoblarni topib o’qishdir.»


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish