Kuyov tanlash payti keldi, yoxud ilk uchrashuv

Ikkilansangiz, ishonsangiz va hatto sevsangiz ham surishtiring!

Oilangiz va ko’nglingizga biror nomzod yoqib turibdi. Ikkilanayapsizmi? Surishtirishga haqqingiz bor. Аxir ko’ylak sotib olganda ham nechta do’konga kirib chiqish, narx va sifatini solishtirish, sotuvchini savolga tutishdan erinmaysiz-ku, to’g’rimi? Hayotingizni hech bo’lmasa bir matoga qiyos qiling-da, siz ham yigit va uning oilasi, o’tmishi, buguni, orzulariyu rejalari, muomalasiyu bilimi, yashash tarzi — hammasini surishtiring. Uyalmang, tortinmang. So’rab-istashning ham ming usuli bor. Bizda faqat mahalla oqsoqoli, qo’ni-qo’shnidan surishtirishga e’tibor qaratiladi. Siz bu ro’yxatga ishxona, maktab, institut, internetni ham kiriting. Hozir hamma ochiq kitobdek ko’rinsa ham uning siz bilishingiz kerak bo’lgan muhim jihatlari ko’zdan pana bo’lishi mumkin. Bu qaysi jihatlar? Yigit yaxshi insonmi, odamlar bilan muomalasi qanaqa? Ishxonada o’zini qanday tutadi, istiqboli bormi? Oilasiga mahalla ahli necha baho qo’ymoqda, berilib, yoyilib maqtayaptimi yoki «Hm, yaxshi oila», «Boshqalardan so’rab ko’ring-chi» deyaptimi? Internetda dahshatli sirlari yo’qmi, bir «google»ga qidiruv berib ko’ring-chi? Juda bo’lmasa, dadangiz kuyov bo’lmish bilan yuzma-yuz suhbat qursin, erkaklar bir-birin aldashi qiyin!

Uchrashuvlarda sizga ko’p va’dalar berayotgani shubhaga solmayaptimi? Qaysi gaplaridan shubhadasiz? Balki quyidagi gaplar sizga tanishdir.

«Sizni xorijga olib ketaman!»

Men bilgan bir oila mana sakkiz yildan beri alohida yashaydi. Umumiy hisobda shu kelin-kuyov bir-birini bir yildan ortiqroq ko’rmagan bo’lsa kerak. Аmmo orada allaqachon ikki o’g’il tug’ildi. Kelin uyda qaynona-qaynotaga qarab o’tiradi, kuyov okean ortida, oyda bir marotaba pul jo’natib turibdi. Kuyov to’ydan oldin kelinni ham olib ketaman, deb yaxshi rejalar, va’dalar qilgandi. Yigitning niyati to’g’ri bo’lsa ham, o’zi muvaqqatgina yashayotgan xorijga kelinni olib ketolmadi. To’ydan keyin ko’p o’tmay, yana «boyib kelgani» ketgan kuyov birinchi farzandi dunyoga kelgach, qaytib keldi. Ming marta harakat qilmasin, xotini va bolasiga viza ololmadi. Ota-onasi ham «O’g’lim, bola-chaqang, biz bilan yasha, shu yerda tirikchilik qilaveramiz», demadi. Hali singilni turmushga berish, hali ukani uylantirish, hovlini yangitdan qurish kabi muammolarini aytaverib, yana ishga jo’natib yuborishdi. Nima bo’pti, deysizmi? To’g’ri, o’sha o’g’il topgan pul orqasidan chiroyli to’ylar o’tmoqda, hashamatli uylar qurilmoqda, ammo uning ortidan baxt topaman, deb kelgan kelinning hayoti sog’inch bilan o’tib ketyapti… Аsabiy, yig’loqi ona u! Bolalari bilan o’zini ovutayotgan, erining xorijlik ayol bilan yashayotganidan allaqachon xabardor xotin u! Bolasini ortga qaytarmasdan, unga faqat pul jo’natuvchi mashina, deb qaraydigan qaynota-qaynonasidan ich-ichida norozi bo’lib kuch kechirayotgan kelin u!

❤️❤️❤️Xulosa: Siz erga tegayotganingizda nimani maqsad qilasiz? Boy yashashnimi? Dunyo kezishnimi? O’ylang, boy yashayotganlar va sayohatga har faslda chiqayotganlarning hammasi baxtlimi? Yoki bundan mosuvo yashayotganlarning hammasi baxtsizmi? «To’ydan keyin oldin o’zim borib, 1-2 tanga topaman-da, so’ng sizni chet elga olib ketaman», degan gapga uchmang! Yoki hozir urfga kirgan vebkamerada suhbatlashib, so’ng kuyovsiz to’y bo’lishiga rozi bo’lib, erga tegmang! Hatto kattalarning o’zi bunga rozi bo’lsa ham siz noaniq manzillar, boshi ochilmagan ishlardan o’zingizni ehtiyot qiling! Eri jo’natgan to’rtta ko’ylak uchun o’zini xursand yashayotgandek ko’rsatayotgan ayollar safida qolmang!

Аgar mabodo sizning ham orzularingiz xorij bilan bog’liq bo’lsa, yigitning rejalari qanchalik haqiqatga to’g’ri kelishini surishtiring. Buni uning o’zidan, qonunlardan va bu ish boshiga tushgan oilalardan aniqlasa bo’ladi.

🤦‍♀🤦‍♀🤦‍♀«Sevganingiz bo’lganmi?»

Uchrashuvda shunday savolni ko’pincha o’zi kimnidir qattiq sevgan yigitlar beradi, degan gap yuradi. Bu qanchalik to’g’ri-noto’g’riligini bilmadik, lekin har bir qiz bu savoldan hushyorlashadi. Hatto sevgan yigiti bo’lmagan qiz ham qo’rqib, javob berib bo’lgach «O’zingizda-chi?» deyishga jur’at topadi. Yaqin dugonamga kuyov shunday savol berganida, «Yo’q, men unaqa qizlardan emasman», deb gapni qisqa qilgan ekan. Hozir xomilador holida ota uyida o’tiribdi. Nuqul sobiq erining shu gapini eslab, o’shanda u menga ko’p gap aytmoqchi bo’lgan, men e’tibor bermaganman, deb o’zini koyigani-koyigan. Ma’lum bo’lishicha, yigit bir qizni qattiq sevibdi-yu, ammo uni boshqa birovga turmushga berib yuborishibdi. Shundan so’ng yigit mening dugonamga uylangan, to’yidan bir oy o’tmay, boyagi sevgan qizining ajrashganidan xabar topgan jur’atsiz kuyov endi dugonam bilan yashashni istamasligini, o’shanga uylanishini ochiq aytibdi. Xullas, yigit xomilador xotinini uyiga jo’natib, sevgan kursdosh qizi bilan yashab yuribdi.

❤️❤️❤️Xulosa: To’ydan avval har ikki tomonning ham ko’ngli kimgadir moyil bo’lgan bo’lishi mumkin. Bu degani hamma o’tmishni qo’msaydi, degani emas. Lekin odamlar har xil. Ba’zi sho’x yigitlar bor, to’ygacha qancha qizga sevgi izhor qilib, qanchasi bilan va’dalashgandek bo’ladi, lekin uylangach, jiddiy tortadi. Ba’zi ta’sirchan yigitlar ham bo’ladiki, ular kimgadir niyatini ochiq aytolmay, ota-onasini ko’ndirolmay, taqdir hukmiga qarab yuradi-yu, biroq keyinroq isyon qiladi. Ular narigi yigitlar kabi qizlarni sinovdan o’tkazib, o’zi uchun xulosa chiqarmagan bo’ladi, shuning uchun xotinidan ideal ayolni kutib yashaydi. Bunda har ikki holatda ham chegaradan chiqmagan bolani tanlash muhim. Ya’ni, shaddod yigit bo’lishi mumkin, ammo sayoq bo’lmasligi shart, bosiq yigit bo’lishi mumkin, biroq lanj bo’lmasligi shart!

Buning uchun uning tabiati, kim bilan sevishgani va bu «muhabbat» qanchalik kuchli bo’lgani haqida ozroq bilsangiz, zarar qilmaydi. To’g’ri, ko’pincha ota-onalar masalaning bu tomoniga unchalik qiziqishmaydi, to’ydan keyin unutadi, deyishadi. Surishtirganda, yigitning o’zidan ham ko’ra oilasi haqida ko’proq bilishni istashadi. Mana shuning uchun ham ko’pincha to’ydan keyingina kuyovning qaysidir «dom»da juvon xotini borligi ma’lum bo’ladi. Yaxshilab o’ylab ko’rsangiz, yigit o’qigan fakulьtetdan, albatta, biror tanishingizni topasiz, yoki akangiz, biror ishonchli odamni o’rtaga qo’yib, o’z tengdosh yigitlari orqali ham so’rattirsangiz bo’ladi. Yosh yigitlar ko’pincha yuzxotir qilib o’tirmay, bilganlarini ochiq aytishadi.

💃💃💃«O’qitaman, ishlataman…»

…deb va’da berganlarning aksariyati so’zida turmaydi. Nima uchun? Turmush qurganingizdan keyin yaqin 10 yil ota-ona qaramog’ida bo’lasizlar. Kuyov istagan taqdirda ham sizga ota-onasining qoshidan o’tib, bunga imkoniyat yaratib berolmasligi mumkin. Bolalarning ketma-ket tug’ilishi o’qish va ish bo’yicha tanaffusni talab qiladi. Shuning uchun ham turmushga chiqquncha o’qib oling, iloji bo’lsa, ishga ham joylashing. Siz hammasini badastir qilib qo’ysangizgina, kuyovdan va’daga vafo talab qila olasiz. Bu va’dalar amalga oshadimi-yo’qmi, buni oldindan tekshirishning oddiy usuli bor. Аgar yigitning onasi, opa-singlisi oilasidagi ayollar o’qigan bo’lsa, ishlasa, demak, ertami-kechmi u ham ayolining ma’lumot olishi va ishlashiga to’sqinlik qilmaydi. Hatto, uchrashuvlarda «Ishlamaysiz, uyda o’tirasiz!» degan bo’lsa ham, vaqt o’tib, turmush taqozosi yoki o’rtadagi ishonch tufayli, yoki sizning hamma ishni udda qila olishingizga qarab, uning qarori o’zgarishi mumkin.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish