Ushbu mashqlar tushukunlikdan xalos bo‘lishga va stress chaqiruvchi holatlarni xotirjamroq qabul qilishda yordam beradi. Eng asosiysi, doimiy xush kayfiyat va baxtiyorlik bag‘ishlaydi. Buning uchun sizga atigi ikkita pufak (shar) va flomaster kerak bo‘ladi.
Birinchi navbatda stress holatiga sabab bo‘luvchi kundalik omillar ro‘yxatini tuzib chiqing: ish, shaxsiy hayotdagi muammolar, keksalik davrining yaqinlashayotgani haqidagi vahimali o‘ylar, do‘stlar bilan nizo. Tashvishlaringizni pufak sathiga birma-bir (eng og‘riqlisidan boshlab) yozib chiqing.
E’tiboringizni pufakda yozilgan eng muhim salbiy omilga qarating. Odatda unga qanday munosabatda bo‘lasiz? Endi pufakni shishirib, puflayotganingizda barcha salbiy hissiyotlaringizni pufak ichiga jo qiling.
Igna olib, uni teshing. Shunda salbiy hissiyotlaringiz bir soniyada uchib ketgandek bo‘ladi.
Keyin ikkinchi pufakni puflab shishiring. Tasavvuringizda uni ijobiy hissiyotlaringiz bilan to‘ldirgandek bo‘ling. Ijobiy hissiyotlarni bildiruvchi birorta so‘z o‘ylab, uni pufak ustiga yozing. Masalan: «sevinch», «baxt», «quvonch», «zavq» kabilar.
Keyin shu so‘zlar bilan boјliq manzaralar haqida o‘ylang. Tasavvuringizdagi veqeylikni (qo‘ldan kelgancha) pufak ustiga chizing. «Ijod»ingizni yorqin va keng ko‘lamda tasvirlashga harakat qiling.
Pufakni tepaga otib, uning yengil parvozini kuzating. Xotirangizda ustiga chizilgan suratlar o‘rnashib qolishiga harakat qiling. Yana bir bora shu kabi vaziyatga tushib qolgan paytingizda, pufak ustidagi suratlar va o‘z qo‘lingiz bilan yozilgan so‘zlarni eslang. Shunda hech qachon hech kim yoki hech nima kayfiyatingizni tushirib, sizni xafa qilolmaydi!
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.