#farzandtarbiyasi
🔴Tanqid qurshovidagi bola – ayblashni o‘rganadi;
🔴Masxara va piching qurshovidagi bola – ishonchsiz va badgumon bo‘lishni o‘rganadi;
🔴Adovat qurshovidagi bola – dushmanlikni ko‘rishni o‘rganadi;
🔴Jahl va zarda qurshovidagi bola – ozor berishni o‘rganadi;
🔴Tushunmaslik qurshovidagi bola – o‘zgalarni eshitmaslikni o‘rganadi;
🔴Firib va aldov qurshovidagi bola – yolg‘on gapirishni o‘rganadi;
🔴Uyat va kamsitilish qurshovidagi bola – aybdorlik hissini o‘rganadi;
Lekin shuningdek:
🟢Dalda va madad qurshovidagi bola – himoya qilishni o‘rganadi;
🟢Kutish qurshovidagi bola – sabrli bo‘lishni o‘rganadi;
🟢Maqtov qurshovidagi bola – dadil bo‘lishni o‘rganadi;
🟢To‘g‘rilik, halollik qurshovidagi bola – odil bo‘lishni o‘rganadi;
🟢Xavfsizlik qurshovidagi bola – ishonishni o‘rganadi;
🟢Ma’qullash qurshovidagi bola – o‘zini hurmat qilishni o‘rganadi;
🟢Mehr-muhabbat qurshovidagi bola – sevishni va mehr berishni o‘rganadi;
🟢Tanlov erkinligi qurshovidagi bola – o‘z qarorlariga javobgarlikni o‘rganadi!
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.