Ushbu testda berilgan savollarga «ha» yoki «yo’q» deya ro’yirost javob bersangiz, o’zingiz haqingizda juda ko’p ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin. Testdan o’tish qoidalariga ko’ra, quyida berilgan savollarning javob variantlaridan birini tanlashingiz kerak bo’ladi. Har bir ijobiy («ha») javob uchun 1 balldan, salbiy («yo’q») javob uchun esa 0 balldan belgilaysiz.
- Goh-gohida bo’lsa ham hikoya yoki she’r yozishni mashq qilib turasizmi?
A) Ha.
B) Yo’q. - Fantastik voqea-hodisalarni yoqtirasizmi?
A) Ha.
B) Yo’q. - Ba’zida biror nimani o’z ta’bingizga qarab o’zgartirishni istab qolasizmi?
A) Ha.
B) Yo’q. - Qog’ozdan qaychi yordamida jimjimador shakllarni qirqishni yaxshi ko’rasizmi?
A) Ha.
B) Yo’q. - Biror buyumingizdan o’z vazifasida (belgilangan maqsadda) foydalanmagan paytlaringiz bo’lganmi?
A) Ha.
B) Yo’q. - Qachon bo’lsa ham birorta yangi so’z yaratganmisiz?
A) Ha.
B) Yo’q. - Siz abstrakt tasvirli rasmlar chizishni yoqtirasizmi?
A) Ha.
B) Yo’q. - Atrofingizdagilar tez-tez o’zlari anglab yetmagan biror nimani tushuntirib berishingizni so’rab turishadimi?
A) Ha.
B) Yo’q. - Sahifalarida illyustratsiya (rasm) yo’q bo’lgan, faqat matndan iborat kitoblarni o’qishni yoqtirasizmi?
A) Ha.
B) Yo’q. - O’zingiz uchun vaqtni mazmunli o’tkazish istagida biror qiziqarli o’yin yoki ermak o’ylab topganmisiz?
A) Ha.
B) Yo’q. - Kechasi ko’rgan tushingiz yodingizda qoladimi?
A) Ha.
B) Yo’q. - Sizning xohishingizga qarab tanlangan mebellarning uyingizda qanday joylashishini tasavvur qila olasizmi?
A) Ha.
B) Yo’q. - Vaqti-vaqti bilan odatlaringiz o’zgarib turadimi?
A) Ha.
B) Yo’q. - Boshingizdan kechirgan biror voqea-hodisa haqidagi taassurotlaringizni hammaga ham jon dilingiz bilan hikoya qilib bera olasizmi?
A) Ha.
B) Yo’q. - Siz o’zingizga qaratib aytilgan hazil yoki piching gaplarga osonlik bilan javob qaytara olasizmi?
A) Ha.
B) Yo’q.
YiG’ilgan ballarni tO’plab, olingan natijani baHolang
0-3 ball.
Sizda ijodkorlik yoki tadbirkorlik qobiliyati hali yetarli shakllanmagan. Biroq ko’nglingizni cho’ktirmang, siz hatto eng murakkab soha mutaxassisligini egallagan taqdiringizda ham juda yaxshi ijrochi bo’la olasiz.
4-6 ball.
Sizning ijodkorlik qobiliyatingiz faqatgina o’zingiz uchun muhim deb hisoblagan maqsad sari intilganingizda namoyon bo’ladi, shuningdek, amaliy faoliyat yuritishga yaxshigina layoqatingiz bor.
7-9 ball.
Sizdagi aqlu idrok fikringiz kerak bo’lmagan voqea-hodisalarga nisbatan yetarlicha. Biroq, ming afsuski, ijodiy faoliyat yuritish uchun bular kamlik qiladi.
10-12 ball.
Siz hamisha ham o’z qobiliyatingizni ishga sololmaysiz va qachonki biror nimaga nisbatan o’zingizda ishtiyoq uyg’onsagina topqir va idrokli insonga aylanasiz.
13-16 ball.
Siz juda zehnli va hamma sohada, jumladan, atrofingizda bo’layotgan voqea-hodisalarga nisbatan o’z nuqtai nazaringizga ega kishisiz. Hali ko’plab ochilmagan qirralaringiz bor
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.