QIZIQARLI MA’LUMOT
FAQATGINA O‘ZINGIZGA IShONING!
☝️ALBATTA O`QING
Biror ishni boshlashdan avval «Qanday bo‘larkan?» deb o‘ylanamiz, ikkilanamiz. To‘g‘ri, oxirini ko‘ra bilish muhim, lekin bunday savollar o‘zimizga bo‘lgan ishonchni so‘ndirib qo‘ymasligiga diqqat qiling. Ba’zida bu ikkilanishlar hayotimizning aksariyat qismini tashkil etadi. Natijada asabbuzarlik, tushkun kayfiyat hamrohimizga aylanadi-yu, yaxshilab o‘rnashib oladi. Xo‘sh, bunda kim aybdor? Albatta o‘zimiz! Biroq hammasini to‘g‘irlasa bo‘ladi. Buning uchun bir necha sabablarni ko‘rib chiqib, qaerda xato qilayotganingizni topsangiz, har bir ishingizda omad sizga yor bo‘ladi. Ishoning!
1️⃣.Nega Siz o‘zingizni boshqalar bilan taqqoslaysiz? Axir sizdagi kamchiliklar ularda ham borku! Shunchaki boshqalar buni bildirishmaydi. Siz esa aksincha…
2️⃣.Kim nima deyishining nima ahamiyati bor? Bilasizmi, sizning eng katta kamchiligingiz nimada? Doim boshqalar fikri bilan ish tutishingizda! Bu safar shunday yo‘l tutingki, ular siz bilan maslahatlashsin.
3️⃣.Boshqalar tanqididan qochish… Bilsangiz, e’tiborda bo‘lgan kishilarnigina gapirishadi. Sizni tanqid qilishsa, bundan faqat yaxshi xulosa chiqaring. Bu faqat va faqat sizni foydangizga.
4️⃣.Faollik kam, o‘z olamingizda yashaysiz. Bu ishingiz sizningcha to‘g‘ridir, lekin haqiqiy hayot tasavvuringizdan ancha farq qiladi.
5️⃣.Qilsammikan emas, qila olaman deng. Ikkilanish sizni ruhan sindiradi. O‘zingizni qo‘lga oling.
6️⃣.O‘ta samimiysiz. Ba’zida bu xislatingizdan boshqalar o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishadi.
7️⃣.Muloqotdan qochasiz… Kim bilandir ochiq suhbatlashish siz uchun juda katta voqea. Ana undan keyin «Nega meni tushunishmaydi?» deb xafa bo‘lishingiz nechuk?
8️⃣.Tavakkal qilishni ham biling. Bir marta qoqilarsiz, ikki marta… Ammo bunday yikilishlar sabab turib keta olishni ham o‘rganasiz. Chunki siz tajriba orttiryapsiz. Siz muvaffaqiyat tomon talpinyapsiz. Buning o‘zi katta gap.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.