Temperamentingiz xaqida bilasizmi???

Test Javobi

Insonning ruhiy dunyosi, aql-idroki, hissiyotlari, irodasi qanday ekaniga qarab, uning fe’l-atvorini aniqlash mumkin. Biroq, bularning barchasi turli yoshdagi kishilarda turlicha namoyon bo‘ladi.

Ba’zi odamlar tafakkuri o‘tkir, idroki keng, harakatlari chaqqon, g‘ayratli bo‘lsalar, ayrimlari harakatda sust bo‘lib, hissiyotga u qadar berilmaydilar. Ko‘rinadiki, insonlar harakat va hissiyot doirasida bir-birlaridan keskin farq qilar ekan.

Odamlarning temperamenti deb ataluvchi induvidual xususiyatlarini o‘rgangan olim, buyuk tabib Gippokrat tomonidan ishlab chiqilgan nazariya bu boradagi e’tiborga molik tadqiqotdir. U insonlarni tabiatiga qarab, to‘rt guruhga ajratadi:

XOLERIKBunday temperamentli kishilar tabiatan qo‘pol bo‘lsalar-da, ba’zida dilkash va xushchaqchaqdirlar. Ular ko‘p hollarda serjahl va asabiylikdan qiynaladilar. Ammo bilim borasida ulardan eng qiziqarli fikrlar chiqishi isbotlangan.

Ijobiy xususiyatlari: muloqotga kirishuvchan, harakatchan va faol.

Salbiy xususiyatlari: qo‘pol, qaysar, dilozor.

Siz — bir vaqtning o‘zida saranjom va behalovat bo‘lsangiz, qat’iyatli va tashabbuskor, o‘jar qaysar, tortishuv va bahslarda topqir, jahli tez, tavakkalchilikka moyil, o‘zgaruvchan kayfiyat va ifodali mimika egasi bo‘lsangiz, demak, xoleriksiz

SANGVINIK Bu temperament sohiblari yangi sharoitga tez ko‘nikuvchan, nutqlari ravon, ovozlari baland, mimika bilan so‘zlash bobida juda faol insonlardir.

Ijobiy xususiyatlari: qiziquvchan, mehnatsevar, hozirjavob.

Salbiy xususiyatlari: o‘ziga ortiqcha baho beruvchi.

Siz — dilkash va quvnoq, tirishqoq va ishbilarmon, chidamli va mehnatsevar, tetik kayfiyatli, tez qaror qabul qilib, undan tez voz kechish fazilatlariga ega bo‘lsangiz, sangviniksiz!

FLEGMATIK Ular xotirjam, vazmin, kamgapdirlar. Bunday insonlarning harakatlari sust, nutqi ravon bo‘ladi. Uzoq o‘ylab, aql bilan ish ko‘radilar. Yangi sharoitga juda sekin ko‘nikkanlari bois, o‘zgarishlarni xushlamaydilar.

Ijobiy xususiyatlari: o‘z fikrida sobit, xotirjam, ishbilarmon.

Salbiy xususiyatlari: dangasa va tushkun.

Siz — ishda tartibli va izchil, ehtiyotkor, toqatli, behuda kuch sarflamaydigan, hayajonni oson yenguvchi, kun va ish rejimiga qat’iy amal qiluvchi flegmatiksiz!

MELANXOLIK Tez ranjuvchi, ta’sirchan, qaror qabul qilishga qiynaluvchi temperament egalari bo‘lgan bunday odamlar arzimagan muvaffaqiyatsizlikdan ham tez tushkunlikka tushadilar. Kundalik hayotda hamma narsaga juda e’tiborli bo‘ladilar. Tavakkal qilishni yoqtirmaydilar.

Ijobiy xususiyatlari: muloyim, farosatli, go‘zallikka intiluvchan.

Salbiy xususiyatlari: arazchi va g‘amgin.

Siz — uyatchan va tortinchoq, yolg‘izlikni xush ko‘ruvchi, o‘zgalar ta’siriga tez beriluvchi, bo‘ysunuvchan va itoatkor, o‘ziga atrofidagilarga nisbatan talabchan bo‘lsangiz, melanxolik guruhidagi kishilar toifasiga mansubsiz!

Yuqoridagi xususiyatlar asosida o‘zingizning qanday temperament sohibi ekanligingizni bilib olishingiz mumkin.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish