Supermarketda ko‘p narsa xarid qilib qo‘ymaslik uchun…

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, supermarketlardagi xaridlarning 20 foizi o‘ylamay qilinarkan. Savdo markazlari rahbariyati savatingizga iloji boricha ko‘proq mahsulot solishingiz uchun ancha-muncha ayyorliklarga borishadi-da. Ulardan ogoh bo‘ling va tuzoqqa tushib qolmang!

Kiraverishdagi shirinliklar
Katta aravalar
Eng “zerikarli” narsalar do‘kon markazida
Burchaklardagi “super narhli” tovarlar
Strategik tartib
Mahsulotni tatib ko‘rish
Muzlatilgan baliq muzlatilmaganidan foydaliroq
Chegirmalar bekorga bo‘lmaydi
Supermarketlarga kiraverishda issiqqina pishiriqlar, pirojniylar, bulochkalar sotadigan joy tashkil qilinadi odatda. Maqsad, ulardan chiqayotgan yoqimli hid sabab og‘zingizdan suv qochib, ikkitagina bo‘lsa ham, sotib olsangiz.

Maslahat: Agar do‘konga shirin pishiriqlar uchun kelmagan bo‘lsangiz, nafsingizni tiyib, ularni sotib olmang. Unutmang, sizdagi hislar marketologlarning o‘z ishini a’lo darajada bajargani oqibatidir.

Ko‘pgina supermarketlarning arava(cha)lari salkam «Tiko» avtomobili bilan bahslashgudek. Unga bir-ikkita chog‘roq mahsulot solsangiz, ichida yo‘q bo‘lib ketadi. Oqibatda o‘zingizni noqulay his qilasiz.

Maslahat: katta hajmli aravachalarga yopishmang. Bor-yo‘g‘i bitta sut uchun kirgan bo‘lsangiz, qo‘lda ko‘tariladigan savatcha olaqoling. Oladigan narsangiz ko‘p bo‘lmasa, katta supermarketga emas, kichikroq do‘konga boring. Gipermarketlarda esa unutmang: aravachani to‘ldirishga majbur emassiz!

Asosiy mahsulotlar (don maxsulotlari, non, sut) do‘konning markazida joylashgan bo‘ladi va ularga yetib borguncha kosmetika, dudlangan mahsulotlar va pishloqlar kabi o‘ziga chorlab turuvchi bo‘limlarni bosib o‘tishingiz kerak.

Maslahat: xaridni supermarketning o‘rtasidan boshlang. Savatingiz kerakli mahsulotlar bilan to‘lgach, ortiqcha xaridga ehtiyojingiz qolmaydi va darhol kassa tomonga yo‘nalasiz.

O‘ntagina tuxum sotib olarkansiz, ko‘zingiz masalan, 50 foiz chegirmali mahsulotlar solingan peshtaxtaga tushadi. Va, albatta, bu chegirmadan foydalanib qolishga oshiqasiz. Vaholanki ushbu mahsulotni do‘konga kirguningizga qadar sotib olish hayolingizga kelmagan bo‘lsa–da.

Maslahat: zarur mahsulotlar ro‘yxatini tuzing-u, do‘konga borgach, ushbu ro‘yxatdan tashqari faqat bitta yoki ikkita narsani xarid qilishga o‘zingizga ruxsat bering. Shunda bir o‘q bilan ikki quyonni urasiz: ham ayrim kutilmagan xaridlarni qilishga imkoniyat qoldirasiz, ham ortiqcha pul sarflab yubormaysiz.

Odatda, ko‘p reklama qilingan taniqli firmalar mahsulotlari ko‘zga yaqqol ko‘rinadigan joylarga terilgan bo‘ladi. Ularning narxlari ham yuqori. Ammo biroz engashsangiz yo yuqoriroqqa qarasangiz, taniqli firmadan bo‘lmasa-da, sifati qolishmaydigan turdosh tovarlarga ko‘zingiz tushadi.

Maslahat: har doim faqat markazga emas, quyiroq va yuqoriroqqa ham qarab, narx va sifatni solishtiring.

Ba’zan supermarketlarda biror mahsulotni bepul tatib ko‘rishni taklif qilishayotganiga govoh bo‘lasiz. Kim ham bir bo‘lak bepul pishloqqa yoki qaynoqqina tekin qahvaga yo‘q derdi. Ishlab chiqaruvchilarning esa shunday oltin qoidasi bor: xaridorni avval tatib ko‘rishga, keyin xarid qilishga ko‘ndir.

Maslahat: do‘konga och qorin bilan bormang. Yana unutmangki, tatib ko‘rgan narsangizni sotib olishga majbur emassiz.

Muz ustiga chiroyli terib qo‘yilgan baliqlar aslida muzlatilgan holda do‘konga keltirilgan, o‘sha yerda muzdan tushirilgan bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, ularning narxi muzlatilmagan baliqnikidan arzonroq bo‘ladi. Odamlar muzlatilmagani foydaliroq deb o‘ylashadi. Aslida unday emas, muzdan tushirilgan mahsulotlar o‘z foydali xususiyatlarining yarmidan ko‘prog‘ini saqlaydi. Muzlatilmagani esa ikki kunda sasib qolishi mumkin.

Maslahat: agar muzlatilmagan baliqning kecha yoki bugun do‘konga keltirilganiga shubhalansangiz, muzlatilganini olavering. Ham pul tejaysiz, ham sog‘liqqa xavf bo‘lmaydi.

«Aksiya!» degan yozuv ostida tovarlarning arzonlashtirib sotilayotganiga yoki ikkita olsangiz, uchunchisi bepul berilayotganiga ko‘zingiz tushishi mumkin. Ko‘pincha yaroqlilik muddati tugayotgan mahsulotlar shunday sotiladi.

Maslahat: arzonlashtirilgan tovarlarning yaroqlilik muddati va sifatiga e’tibor bering. Yodda tuting: arzon beillat bo‘lmas!


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish