Bu qiziq – erkaklar qanday ayollarni yoqtirishmaydi?

ERKAKLAR QANDAY AYoLLARNI YoQTIRIShMAYDI?

🔴Ish birinchi o‘rinda: Bunday ayollar mavqei uchun har ishga tayyor bo‘lishadi, oila esa ular uchun ikkinchi darajali bo‘lib qoladi. Unga hatto yarim tunda qo‘ng‘iroq qilib, maslahat so‘rashlari, ko‘rsatma olishlari mumkin. Bunday ayollar boshqarishni yoqtirishadi, doimo yuqorida bo‘lishni istashadi. Undan biroz hayiqishlarini, unga tobe bo‘lishlarini xohlashadi. Er esa u bilan baxslashishgaham qo‘rqadi. Bunday ayol hech bir erkakka yoqmasa kerak. Axir erkak nima bo‘lganda ham oilada birinchi o‘rinda turishni istaydi. Shunday ayol bilan turmush qurganlar, ko‘pincha mehrni chetda izlay boshlashadi.

🔴“Ovchi” ya’ni «sayyod» ayollar: Bu go‘zal, didli, erkakni bir qarashdayoq o‘ziga rom eta oladigan ayoldir. Uning maqsadi bitta: tezroq turmushga chiqish. Niyatiga yetganda esa birdaniga o‘zgaradi. O‘ziga qaramay qo‘yadi, hatto eriga befarq bo‘la boshlaydi.

🔴“Qor malikasi”: Ular ko‘pincha juda go‘zal bo‘lishadi. Erkaklardan o‘z maqsadlarida foydalanishda ustasi farang. Ular qattiqqo‘l va tadbirli bo‘lishadi. U na hayotdan, na muhabbatdan lazzatlana oladi. Faqat o‘zini deydi. Qoidasi: sen – menga, men – senga. Bundaylarni ko‘pincha jazman qilishadi, xolos.


🔴“Onaxon”: Yaxshi beka, ona, xotin. Ovqatlantirishmi, kiryuvishmi, bolalar bilan dars qilish deysizmi, barchasiga ulguradi. Qizig‘i shundaki, ko‘pincha bunday ayollar erkaklarni bee’tibor qoldirishadi. Shunda er mehrni boshqadan qidirishni boshlaydi. Bunday ayol hammasiga bardosh berishi mumkin, bolalar to‘q, yuvingan, tarangan bo‘lsa bo‘lgani, erining injiqliklariga ham chidaydi.

🔴“Hech kim” xonim: Erining barcha istaklarini bajarishga tayyor, doimo erining fikrini ma’qullaydi. Uni yorqin shaxs deb bo‘lmaydi. Xo‘jayiniga vafodor, gapini ikki qilmaydi. Erini yo‘qotishidan qo‘rqib uning chizig‘idan chiqmaydi, va bora-bora hech kimga aylanadi. Biroq, afsuski, bunday ayollarning muhabbati qadrlanmaydi. Erlari ularga mulk sifatida qarashadi. Bunday ayollarni sevishmaydi, ularga achinishadi.

🔴Xudbin ayollar: Faqat o‘zlarini deyishadi. Qarshilik ko‘rsatsangiz bormi!.. Xohlaganiga erishish uchun barchasiga tayyor. Oq narsani bila turib “qora” deyishadi. Bunday ayollarni erkaklar juda yomon ko‘rishadi. Axir ular bilan birga yashashning o‘zi bo‘lmaydi. Bu ayol hechkimning fikrini mensimaydi. Erkak kuchli bo‘lsa uni tashlab ketadi, landovur bo‘lsa umrining oxirigacha u bilan qiynalib yashaydi.

🔴Injiqlar: Ayolga noz qilish yarashadi. Biroq buning ham me’yorini bilish lozim. Aks holda ayol injiq deb sanalishi mumkin. Noz qilishning ham vaqtini bilish lozim. Hammaning oldida bunday qilish umuman shart emas. Ba’zi holatlarda esa usiz bo‘lmaydi.

🔴Zerikarli ayollar: Faqatgina o‘zi, turmush tashvishlari ovsin yoki qo‘shnilar haqida gapiradigan ayollar tez zeriktiradi. Yaxshi suhbatdosh bo‘lish uchun dunyoqarash keng bo‘lmog‘i darkor. Hatto muhabbat haqidagi suhbatlar tezda jonga tegadi. Erkakning qiziqishlarini bilishi, u bilan birga hatto futbol haqida gaplashishga tayyor turish lozim.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish