Biz stressli jarayonlarni hayotimizdan butunlay olib tashlay olmaymiz. Ammo bo’layotgan hodisani boshqa nuqtayi nazardan olib, turlicha tasavvur etishimiz va his qilishimiz mumkin. Hozir esa guruxda mashhur psixoterapevtlarning stressni boshqarish borasida aytgan samarali usullari haqida bayon qilamiz. Stress holatiga tushib qolgan inson barchasini har xil tomondan, his tuyg’uni bir chetga surib qo’yib o’ylashi zarur. Barcha muammolar ham qisqa vaqtda hal etilishni talab qilmaydi. Hamma ishlar ham sizning unda ishtirok etishingizni talab qilmaydi. Muammolaringizni o’zingizning xohish – istaklaringizdan keyin ikkinchi o’ringa qo’yishga intiling!
- Shaxsiy orzularingiz ro’yhatini tuzib chiqing.
Doimo qaysidir sevgan narsangiz bilan mashg’ul bo’lishni xohlaysiz, ammo noma’lum sabablarga ko’ra uni ortga surasizmi? Unday holdda o’zingizga har oyda bir marta, yoki yarim yilda bir marta eng sevgan mashg’ulotingiz bilan mashg’ul bo’lishni odat qiling. Shu orqali hayotingizda zavq olib yashash imkoniga ega bo’lasiz. Bu esa stressga qarshi eng yaxshi vositadir. - Meditatsiya bilan shug’ullaning.
Eng kuchli stress vaqtida yengil nafas oling va tafakkuringizda suzayotgan fikrlarni ohista kuzating. Hayolingizga kelgan hamma fikrlarga o’z munosabatingizni qisqacha bildirib o’ting: “Bu menga halaqit beryapti”, “Bu esa men afsus chekayotgan narsa”. Tasavvur qilingki, barcha salbiy o’y – hayollaringiz boshingiz ustidagi osmonda suzib yuripti. Sizning chiqarayotgan nafasingiz o’sha salbiy “bulutlar”ni haydab, musaffo osmonni vujudga keltiryapti. - Hayotingizni qurishda qanday qoidalarga tayanganingiz haqida mulohaza eting.
Ular nimaga asoslangan? Masalan, nega ishdan bo’shatilyapsiz, birgina xatoni depmi? Yoki doimiy mukammallikka intilishingiz ortida qanday urinishlar turipti? - Barcha yumushlarni yelkangizga olavermang.
Mayda yumushlarning og’iri bir kishi uchun katta bo’ladi – ammo uni bajara olishni aytish juda oson. Uy yumushlaringizga yaqinlaringizni jalb qilishga harakat qiling. - Faqat ishni emas o’zingizni ham o’ylang.
Kuningizni chiroyli rejalashtirishni o’rgandingizmi? Unday bo’lsa, unda dam olish uchun vaqtni ham joriy qiling. O’z imkoniyatlaringizni xolisona baholang va sog’lig’ingiz, shaxsiy ehtiyojlaringizga jiddiy ko’z bilan qarang. Esda tuting, xuddi kasallik kabi stressni ham oldini olgan zarur.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.