Hayotda bo‘layotgan har bir voqeani sevish kerak. Men shuni donolik deb bilaman. Ega bo‘lgan hammasini sevish kerak. «Agar unday bo‘lmasa bunday bo‘lmasdi», «unday bo‘lsa yaxshi bo‘lardi», «bunaqa qilish kerak edi» degan gaplarda nodonlik bor. Siz yaxshi deb bilgan holat faqatgina xayol, reallik emas.
Reallik qanday bo‘lmasin u yaxshilikka. Siz uni qabul qiling, seving, quvoning va undan rohatlaning. Nimanidir yo‘qotdingizmi, rozi bo‘ling. Hammasi o‘zgaradi… hayot davom etadi, o‘zgaradi. Hech kim avvalgi holidek qolmaydi. Ba’zan keng yo‘llar duch kelsa, ba’zida yurishga yo‘l qolmaydi. Unisi ham bunisi ham yaxshi. Unisi ham bunisi ham hayot bergan tuhfadir. Hammasidan minnatdor bo‘lib shukr qilish oqil, baxtli insonni yo‘li.
Bo‘lib o‘tayotgan jamiki ishlardan bahra oling. Ularning hammasi hozir sodir bo‘lmoqda. Ertaga bir narsa o‘zgarib boshqacha bo‘lishi mumkin, unda ham o‘sha o‘zgarishdan bahra oling. Indinga yana boshqa ish bo‘lishi mumkin. Undan ham rohatlaning. Uni o‘tmish bilan taqqoslab, kelajakdagi bo‘ladigan foydasiz fantaziyalar bilan boshingizni band qilmang. Ayni dam bilan yashang. Ba’zan issiq, ba’zan qahraton sovuq bo‘ladi. Issiq ham sovuq ham kerak. Bo‘lmasa hayotning qizig‘i qolmaydi. Shunday emasmi?
Yaqinlaringizga ham ulashing.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.