Quyida kayfiyatingizni ko‘tarishingizda yordam beradigan o‘nta maslahatni taqdim etamiz.
Sizda har doim yaxshi kayfiyat bo‘lishi uchun o‘zingizni boshqara oling. Har narsadan xafa bo‘lavermang, yaqinlaringiz bilan tortishmang, kechirimli bo‘ling;
Hayotga kulib boqing. Hatto sizni xafa qilishsa ham, siqilmang. Hammasi o‘tadi, bu ham;
Hammadan xafa bo‘lib, uyda qamalib o‘tirmang. Ko‘chada sayr qilish, do‘stlar davrasida bo‘lish – yaxshi kayfiyat paydo qilishi isbotlangan;
Odatlaringizni o‘zgartiring. O‘zingizga yangi mashg‘ulot toping, u albatta sizni o‘ziga jalb qila olsin;
Dam olishni o‘rganing. Masalan biror yumushni bajarib bo‘lgach, albatta biror nima bilan dam olishga harakat qiling;
Suzish bilan shug‘ullaning. Sport qon aylanishining yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Suzish esa boshqa sport turlariga nisbatan kamroq jarohat yetkazadigan hisoblanadi;
Hayotga sodda nigoh bilan boqing. Har bir mayda yutuqlardan ham xursand bo‘la oling.
Hozir qilayotgan ishingizdan quvona olish ham kerak;
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.