TEST JAVOBLARI
Tashqarida – oddiy va sodda odamlar:
Ekstravertlar odamni uydan tashqaridagi holatda ko‘radi. Bunday odamlar boshqalar uchun doimo yoqimli va qiziqarli. Ular osonlikcha tanish orttiradilar, shuningdek, ularga bo‘lgan qiziqishlarini tezda yo‘qotadilar.
Uzoq muddatli rejalar tuzish ularning kuchli tomoni emas. Ularning aksariyati hissiy tuyg‘ularga yoki ong xohishlariga asoslangan.
Ular juda ham oddiy va sodda bo‘lishiga qaramay, atrofdagilar ularning gap so‘zlaridan hafa bo‘lishmaydi, balki to‘g‘ri xulosalar chiqarish va tinglashga harakat qilishadi.
Bunday insonlar o‘zlariga kamdan-kam talab qo‘yishadi, shunday bo‘lsada, o‘zlariga boshqalar hayratlanarli darajada yuksak baho berishadi.
Ichkarida – xotirjam va og‘ir bosiq shaxs:
Bu javob ko‘pincha o‘z ichki dunyosi haqida atrof-muhit voqealaridan ko‘ra ko‘proq g‘amxo‘rlik qilayotgan introverslar tomonidan ko‘rinadi.
Bu odamlar tinch va oqilona. Ular hamma narsani tahlil qilishga o‘rganishgan va his-tuyg‘ularga berilmaydilar. Ularning his-tuyg‘ulari doimo aql-idrok bilan mukammal tarzda boshqariladi.
Bunday odam muvozanatli va xotirjam bo‘lsa-da, u juda ta’sirchan va himoyasiz bo‘lishi mumkin. Unga boshqalar bilan umumiy til topishishi va begona odamlarga ishonishi qiyin.
U diqqat markazida bo‘lishni yoqtirmaydi. Bunday odamlar unchalik ham kirishuvchan emas, lekin ular bilan doimo gaplashadigan narsa bor. Ko‘pchilik ularga havas qiladi va maslahat so‘rashadi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.