QIZIQARLI: YUZINGIZGA QARAB BASHORAT QILAMIZ!

Qadim zamonlardanoq odamlar insonning yuziga qarab, uning nimalarga qodirligini o‘qiy olishgan. Kimga hazil, kimga chin, keling, biz ham tashqi ko‘rinishga qarab omadga erishish imkoniyatlarini «bashorat» qilib ko‘ramiz.

Taqdir nishonalari

Bu boradagi mutaxassislar, ya’ni fiziognomistlar inson tashqi ko‘rinishining bir-birini takrorlamaydigan sifatlari o‘zida juda ko‘p qimmatli ma’lumotlarni jamlaganini e’tirof etishadi.

Nafaqat xalqona irimlar, balki zamonaviy fiziognomistlarning hisob-kitoblari ham tanada xolning ko‘p bo‘lishi uning egasi boshqalardan ko‘ra baxtliroq, kar’era borasida omadliroq bo‘lishini ta’kidlaydi. Bunday hisob-kitoblarga ko‘ra:

quloqlardagi xollar pul bilan bog‘liq masalalarda muvaffaqiyatga erishishni bildirarkan.
Lablardagi xollar — muhabbat bobidagi omad belgisi.
Iyakdagi xollar — boylik nishonasi.
Yelkalardagi xollar sizning insonlarni yaxshi ajrata bilishingiz va hayot tashvishlari, jumboqlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olishingizni bildiradi.
Bilakdagi xollar — farzand ko‘rishdagi muvaffaqiyatdan darak beradi.
Yanoqlardagi xollar kar’era borasida o‘rtamiyona omadni bildiradi. Bunday insonlarning shaxsiy hayotda ko‘proq baxtli bo‘lishi kutilarkan.
Yuzga qarab… o‘qiymiz!

Baland va keng peshana sohiblariga faoliyatning intellektual sohalarida muvaffaqiyatga erishish uchun barcha shart-sharoit mavjud. Biroz harakat qilsangiz kifoya.
Baland peshanani hoshiyalaydigan sochlarning aylana chizig‘i ko‘pincha mustaqil fe’l-atvor va maqsadga erishishdagi qat’iylik belgisi sanaladi.
Yuzi uzunchoq bo‘lgan kishilar — yaxshi tashkilotchi, ularni boshqaruvchilik lavozimlarida omad kutadi.
Yirik, chaqnab turuvchi ko‘zlar — ijodiy sohada muvaffaqiyatni kafolatlaydigan ijobiy energetika nishonasi.
Biroz qiyshaygan burun — ayyorlik, ustomonlik yordamida kar’era pog‘onasidan ko‘tarilish mumkinligini bildiradi.
To‘g‘ri burun omadga uning sohibini o‘ziga bo‘lgan ishonch va xotirjamlik olib borishini bildiradi.
Ingichka burun — yengiltabiatlik belgisi ekan.

Keng burun esa kar’era haqida orzu qilmaydigan, lekin baxt va muhabbatni topishga qodir ochiqko‘ngil, bag‘rikeng insonlarga xos.
Xizmat pog‘onasidan ko‘tarilish va ko‘ngildagidek nikoh yirik burunli serg‘ayrat va izzattalab insonlarga xos.
Kalta va uchi yumaloq burun egasi ortiqcha asabiylashadigan, qizishib ketadigan bo‘larkan. Bu esa ularning o‘ziga ham, boshqalar bilan munosabatlarda ham xalaqit beradi.
Oyoqlar

Pedomansiya, bu — oyoq barmoqlarining shakli va o‘lchamiga qarab insonning potensial imkoniyatlarini ochib berish san’ati. Unga ko‘ra:

oyoqning uzun, ingichka barmoqlari ko‘zlaganiga erisha oladigan insonlarga xos. Ular nima bilan shug‘ullanmasin — ilmmi, san’atmi yoki tadbirkorlik — barchasida muvaffaqiyat qozona olishadi.
Kalta, qalinligi deyarli bir xil barmoqli insonlar o‘ziga ishonmaydigan, asabiylikka moyil bo‘lishadi. Aynan shuning uchun ularni ko‘pincha omadsizlik va umidsizlik ta’qib etadi.
Qalin barmoqlar sohibining matonat va mehnatsevarlik evaziga muvaffaqiyatga erishishini bildiradi.
Yelpig‘ichni eslatadigan, ya’ni uchlari aylana barmoqlar o‘zini bosa olmaydiganlarga tegishli. Ular har qadamda ziddiyatlarga duch kelishadi. Omadga esa kamdan-kam hollarda erishishadi. Lekin moliyaviy masalalarda ularga havas qilish mumkin.
Oyoq barmoqlari har tomonga tarvaqaylagan insonlar qaysar, odamovi, muvaffaqiyatga faqat o‘z o‘jarligi bilan erishuvchilar hisoblanadi.
O‘ng oyoqdagi uzun va semiz bosh barmoq oilaviy hayotda muvaffaqiyat «va’da qiladi». Bundaylarning muhabbati kuchli, nikohi esa bardavom va mustahkam bo‘ladi.
Qaysi birimizni taqdir siylagan?

Fiziognomistlarning ishonchi komil: quloq chanog‘ining o‘lchami va shakliga qarab nafaqat insonning fe’l-atvorini, hatto uning intilishlarini ham aniqlash mumkin.

Uzunroq o‘sgan solinchak — ta’sirchanlik, tug‘ma faollik, qat’iylik nishonasi. Bunday insonlar xohlaganiga albatta erisha oladi. Lekin ular ko‘pincha atrofdagilarning noroziligi va qarshiligiga duch kelishadi.
Solinchakning yirik eti fe’l-atvor kuchi va muvaffaqiyat qozonish istagidan darak beradi.
Quloq ko‘zlarga nisbatan balandroqda joylashgan bo‘lsa, bu ajoyib belgi. Bunday inson aqlli, tirishqoq, qanday ishga kirishmasin, muvaffaqiyatga erisha oladigan bo‘ladi.
Agar quloqning tepa qismi ko‘zlarga nisbatan pastroqda joylashgan bo‘lsa, bu — o‘rtamiyona natijalarga erishish nishonasi.
Shalpangquloqlik — musiqiy ijodda omadga erishish kaliti hisoblanarkan. Agar farzandingizning qulog‘i shunday bo‘lsa, uni musiqiy maktabga olib boring (albatta agar uning o‘zi ham xohlasa). Balki undan buyuk bastakor, iste’dodli qo‘shiqchi yetishib chiqar.
Uchi uchqur quloq o‘z sohibining uddaburonligi, hiylagarligini bildiradi.
Nima bo‘lganda ham yaxshi narsalarning barchasiga ishoning, o‘zingizda ijobiy xislatlarni rivojlantiring. Salbiylarini esa e’tiborsiz qoldiring. Agar chin dildan harakat qilsangiz, omad sizni ko‘p kuttirmaydi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish