MEN HAR TOMONLAMA MUKAMMALMAN, LEKIN SHUNDA HAM ERIM-….MEHRSIZ!!??

O‘zingiz uchun yashang!
Hayot faqatgina er-xotin munosabatlarini yo‘lga solishu, ,ayrim qovog‘i ochilmaydigan beklarning ko‘nglini olish ilinjida yashashdan iborat emas! Buni ustiga erkaklarning ajoyib odati bor, ularga qanchalik yaqinlashsangiz, o‘zlarini shunchalik uzoqlashtirishadi. Aksini qilganingizda esa yaqinlashish payiga tushishadi. Hadeb «Erim menga e’tiborsiz» deyaverib tilingiz yorilay degan bo‘lsa, turmush tarzingizni o‘zgartirishning ayni payti. O‘zingizni biror mashg‘ulot bilan band qiling. To‘garaklarga yoziling, o‘z ustingizda ishlang, o‘rganing. Asosiysi biror nima bilan band bo‘ling. Ammo bu ishlarni zo‘rma – zo‘raki bajarmang. Chin dildan, quvnoq kayfiyatda bo‘lingki, sizni ko‘rib turmush o‘rtog‘ingiz rashk o‘tida yonib kul bo‘lsin. Axir unga e’tibor bermay qo‘yganingiz alam qiladi-da.

«Keling gaplashib olaylik…»
«Nega o‘zgarib qoldingiz?» erkaklarning jini suymaydigan iboralardan biri bu. Yana «Men bilan gaplashmayapsiz», «Men siz uchun hechkimmasman» kabi tanalar ham o‘rinsiz. Chunki eringiz o‘zini aybdor bilishni istamaydi. Buni ustiga soatlab ma’ruza o‘qisangiz ham xatosini tan olmaydi. Shunday ekan o‘zingizni qiynagandan nima naf? Umuman gapirmang demoqchimasmiz, suhbatlashing, ammo mavridini toping-da. Misol uchun birgalikda fil’m tomosha qilayotganda ilk uchrashuvingizni yodga olishingiz mumkin. Yoki uning eng birinchi sovg‘asini eslab, siz uchun qanchalik shodlik ulashganini aytib bering. «Siz» degan iddaodan qochib, «Biz» ni ko‘proq ishlatsangiz attang qilmaysiz.

Noshukr bo‘lmang!
Tashvishlarni aytib noliyverishingiz ham eringizni sizdan uzoqlashtiradi. Yo‘q, u muammolardan qochmaydi, faqatgina o‘zini ojiz sezishi mumkin. Bunday kayfiyatda esa romantikadan asar ham qolmaydi-da, yaqinlik borasidaku umuman indamadik. Bilasizmi erkaklar qanday ayollarni qadrlashadi, har so‘zida «Boringizga shukr» deganini. Xo‘sh, siz shundaymisiz?

Bir safar boshqacha bo‘lsin…
Turmush o‘rtog‘ingiz hatto nozik munosabatlarga ham ro‘yxushlik bermayaptimi, demak bir xillikdan zerikkan. Balkim yangicha yondashuvni sinab ko‘rarsiz. Misol uchun yarim tunda bo‘sa bilan yoringizni asta uyg‘oting. Bu ishni tongga yaqin bajarsangiz ham bo‘ladi. Harakatlaringizga qarshilik bildirishi mumkin, osongina taslim bo‘lmang-da. Tashabbus ko‘rsatingu, qolganini unga qo‘yib bering. Ehtimol shu tariqa bir – biringizga mehringiz ortar…


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish