KAMROQ ISHLAB KO'PROQ NATIJAGA ERISHISH SIRLARI

Hozirgi iqtisodiy sharoit odamlarni o‘z ish o‘rnida qolishi uchun majburlab ishlatmoqda. Bundan tashqari, ko‘pchilik hattoki, kuniga 12 soat bosh ko‘tarmay ishlaganidan g‘ururlanadi.

Biroq har bir ishning o‘z qarshi tomoni mavjud.

Annals of Internal Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, bir kunda 11 soatdan ortiq ishlaydigan kishilarda yurak kasalliklarining xavfi 67 foizdan ortiq bo‘ladi.

Boshqa olimlar 2000ga yaqin britaniyalik davlat ishchilarini tekshirishdi va kuniga 11 soatdan ortiq ishlaydigan kishilarda tushkunlikning zo‘rayishini aniqlashdi. Salomatlikdan tashqari, davomiy ish munosabatlar va shaxsiy hayotga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Nima qilish zarur? Ishdagi barcha vazifalarga qanday qilib o‘z vaqtida ulgurish mumkin?

Uzoq davom etuvchi mehnat doim ham ijobiy natija beravermaydi.
Barchasi samaradorlikka bog‘liq. Ko‘p sonli zamonaviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mehnat va hordiqni unumli taqsimlash ko‘proq foyda beradi.

  1. Kuning eng muhim uch vazifasiga e’tibor qarating

Dunyoda yuz milliondan ortiq qog‘ozli, komp’yuterli, mobil’ va boshqa qator vazifalar ro‘yxati mavjud.

Har tong kunning eng muhim vazifalarini yozib olishga bir necha daqiqa ajrating. Keyin esa mana shu qisqa ruo‘yxatni bajarishga kirishing. Muhimi — mana shu uch vazifalar, qolgani esa imkon doirasi qadar. Bu oddiy, biroq kerakli odat samaradorlikni ahamiyatli darajada oshiradi.

  1. Har kuni 30 daqiqa davomida mashq

Barchamizga ma’lumki, jismoniy mashqlar salomatlik uchun foydali. Biroq jismoniy faoliyat miya uchun ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishini bilasizmi?

Garvard tibbiyot maktabi psixiatri va “Uchqun: fanda miya va mashq qilish yangi inqilobi” nomli kitobning muallifi Jon Rateyning ma’lumotiga ko‘ra, jismoniy mashqlar nafaqat bizning mushaklarimizni sog‘lom qiladi, balki tushkunlikni ham kamaytirishga, o‘rganishni yaxshilashga va aniq fikrlashga yordam beradi.

  1. O‘z ishingizni barvaqt boshlang va o‘z vaqtida tugating

Ertalab sizni chalg‘ituvchi omillar kam bo‘ladi va kunlik ustuvor masalalaringizga diqqatingizni jamlay olasiz.

Unumdor bo‘lish uchun ham o‘z miyangizga yaxshi dam berishga harakat qiling va idoradan belgilangan vaqtda chiqing yoki monitor oldidan keting. Siz o‘zingizni nafaqat yaxshiroq his etasiz, balki keyingi kunni unumdorroq va quvvatga to‘laroq qarshi olasiz.

  1. Vaqt chegaralarini o‘rnating

Parkinson qonuniga ko‘ra, ish barcha vaqtni egallashga harakat qiladi. Agarda buvi o‘z nevarasiga bir yil davomida xat yoza olsa, unga bir yil vaqt sarflaydi. Agarda muharrir ushbu maqolani menga uch kun ichida yozishga vaqt bersa, shu uch kun ichida maqolani yozaman, o‘zgartiraman va mukamallashtiraman.

  1. 80\20 qoidasidan foydalaning

Juda ham muhim bo‘lgan faoliyatga o‘z diqqatingizni sarflang va qolgan narsalarga kamroq vaqt ajrating. Axir 20 foiz harakat 80 foiz natijani keltiradi.

  1. Bir vaqtda bir necha vazifalarni bajarishni to‘xtating

Bir vaqtda bir necha vazifalarni bajarish sizni unumdorroq qilmaydi.

Aslida, diqqatimizning bo‘linishi mehnat unumdorligiga, e’tiborni jamlashga va quvvatimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, agarda siz unumdor ishchi bo‘lishni istasangiz, bir masalani bir urunishda bajarishga harakat qiling.

  1. Axborot parhezini amalga oshiring

Bugungi kunlarda ortiqcha axborot og‘irligi xuddi Saxroi Kabr markazida yurib, quyosh urishi kabi holatga o‘xshaydi.

Sizga chindan ham elektron pochtadagi barcha xabarlarni, bloglarni, gazetalarni, jurnallarni o‘qish zarurmi? Yoki televizor tomosha qilish, Facebook uchun ko‘p vaqt sarflash kerakmi?

Yaxshisi, bir haftaga bo‘lsa ham kerakmas axborotlardan uzoqroq bo‘lishga harakat qiling.

  1. Fikrlash uchun vaqt va joy ajrating

Ishingizga taaluqli bo‘lmagan masalalar uchun fikrlash kerak bo‘lgan maxsus joy va vaqt ajrating. Ishdan boshqa barcha narsani o‘ylang. Shunday joy ajratingki, hech kim va hech narsa sizga halaqit qila olmasin.

Agarda barcha bandlarni o‘qib chiqqan bo‘lsangiz, yuqoridagi qoidalarni tezda amalda qo‘llab ko‘rishni tavsiya qilamiz . Barcha qoidalarni birdan boshlashga harakat qilmang. Boshida ulardan birini tanlab, unga amal qilishga harakat qiling. Keyinroq esa, qolgan qoidalarga o‘ting. Eng muhimi, bo‘sh qolgan vaqtingizda o‘zingiz yoqtirgan ishni bajarishga harakat qiling.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish