KECHKI ROMANTIKA – YORINGIZNI SIZDAN BEZITUVCHI SIZDAGI KAMCHIKLAR

Yevropalik ruhshunoslar tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma, nega erkaklar rafiqasiga nisbatan qiziqishini yo‘qotishini fosh qildi. Aniqlanishicha, buning bir qancha sabablari bor ekan. Javoblar orasida shu qadar oddiy tuyulganlari ham borki, o‘qib hayron qolasiz «Nahot shuni deb erimning mendan ko‘ngli qolsa» deya. Ichingiz qiziyaptimi? Diqqat qiling, ehtimol qay biridadir o‘zingizni ko‘rarsiz…

romantika

@sogdiana

Yoqimsiz hid
Bu haqida gapirishni istamasdigu, ammo tanasidan osh – ovqatu, bolalar bo‘tqasining hidi kelib turadigan ayollar ham yo‘q emas.

Buni ustiga har kuni dush qabul qilish kabi oddiy gigiena qoidalarini yoqlamaydiganlarni ham afsuski uchratamiz. Eng qizig‘i, tanadan kelayotgan hid insonning o‘ziga bilinmasligi mumkin. Biroq atrofdagilarning e’tiboridan chetda qolmaydi. Shu o‘rinda yana bir holatga diqqat qiling. Atirlar faqat tanaga emas balki libosning ichki tarafiga ham sepilsa, ayni muddao bo‘ladi. Eringiz kiyim jovonini ochganida xushbo‘y ifordan mast bo‘lib, xayolan sizni erkalay boshlasa yomonmi? Xayollarning hayotga ko‘chishi oson-ku…

Birdaniga uchtasi
Ortiqcha vazn, to‘shakda hissiz (qo‘pol bo‘lsa ham uzr xodadek harakatsiz) bo‘lish va o‘zidan kimnidir kashf qilish – bular ham erkakni zeriktirar ekan.

Qomatdagi kamchiliklar to‘g‘risida «Indama jim» iborasiga amal qilgancha, xulosa qilishni o‘zingizga qoldiramiz. Ammo to‘shakdagi faolsizlik bugun bo‘lmasa, erta bir kun albatta sabr kosasini to‘ldiradi. Uchinchi omil ya’ni o‘zingizdan kimnidir kashf qilishingizni esa «Otamning erka qizi bo‘lganman», «Maktabni tamomlamasimdan uyimdan sovchilar arimasdi», «Oshiqlarim shunaqangi ko‘p bo‘lganki, tanlab tanlab sizga tekkanman» kabi gap – so‘zlaringizda aks etadi. Balki shu tariqa o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirmoqchidirsiz, ammo o‘tmishingizda nimalar bo‘lgani va ayniqsa boshqa yigitlar haqidagi ma’lumotlar eringizning g‘ashiga tegadi.

Ahmoqona savollar
«Parhez tutayapman, ozib qolibmanmi?», «Qoshlarimni bo‘yatdim, yarashibdimi», «Ko‘ylagim sig‘mayapti, to‘lishib ketayapman-a» baraka topgur, kamchiligingizni aytib nima qilasiz?

Axir bu bilan eringizni o‘ylantirib qo‘yasizu «Xotinim go‘zalligini yo‘qotayotgan ekan» deb. Yaxshisi, tilingizga mahkam bo‘ling. Parvarishlash muolajalaringizni yoringiz bilmagani ma’qul. «Labimni shishirdim, kiprik ektirdim» kerak emas! Rafiqam hammadan go‘zal deb yuraversin, indamang.

«Yo‘q!», «Xohlamayman», «Shu sizga kerakmi?»
Bir so‘z bilan pessimistlik kayfiyati.

Ko‘pincha erkaklar ayolidan shirin so‘zu, kerak bo‘lganida jo‘yali maslahat eshitishni istashadi. Yoki biror yangilik haqida so‘z ochib, biz ham shunday qilsakmikan, deya istaklarini bo‘lishgisi keladi. Ammo rafiqasining e’tirozlariyu ikkilanishlarini eshitib, «Senga gapirgandan foyda yo‘q» qabilida ish tutishadi. Gohida xafsalasi pir bo‘lishi nozik munosabatlarda ham aks etishi mumkin. Yoringiz biror mavzuda so‘z ochganida uni tinglamasangiz, shundoq ham yaxshiku deya rad etsangiz, bora bora erlik vazifasi uchun ko‘nglingizni oladiyu, xayolan o‘z dunyosida yashayveradi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish