Asabiylikdan saqlaning

Barcha xastaliklar asabiylashishdan paydo bo‘ladi. Inson asabiylashsa miya, jigar, buyrak va yurakka ozuqa tashuvchi yo‘llar bo‘g‘iladi. Ko‘z qorachig‘i kengayib, yurak urishi tezlashadi. Bunday vaqtda jigardan uglevodlar (zararli suyuqlik) ajrala boshlaydi. A’zolarning bunday pala-partish ishlashi ko‘p kasalliklarning (stenokardiya, infarkt, insult) kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

– Tabassumning foydasi

Nerv tolalarining uzilishi a’zolarimizdagi oziq moddalar kamayishiga, holsizlikka olib keladi. Masalan, jismimizda kalsiy moddasi yetishmasa, mushaklarimiz og‘rib, suyaklarimiz mo‘rt bo‘lib qolishi mumkin. Yuzimizga tabassum qaytishi bilanoq, miyamiz tajanglikni so‘ndiruvchi moddalar ishlab chiqara boshlaydi.

– Tabiat qo‘ynida dam oling

Muntazam badantarbiya qilish, ochiq havoda aylanish, ayniqsa, uyquga yotishdan oldin besh-o‘n daqiqa yurish juda foydali. Tabiat qo‘yniga chiqib zavqlanish, vaqti-vaqti bilan toza suv havzalarida cho‘milib turish ham kerak.

– Yaxshilikka intilib yashang!

Ozuqaga boy ovqatlarni me’yorida iste’mol qilish kerak. Ezgu niyat, chiroyli so‘z, yaxshi amal, ota-ona, qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnilar bilan yaxshi munosabat ham asablarimizga tinchlik beradi, mustahkamlaydi. Demak, imkon boricha turli asabbuzarliklarning oldini olishga intilishimiz, yaxshilikka ishonch, kelajakka umid bilan yashashga o‘rganishimiz zarur.

Ishoning, hammasi o‘z qo‘lingizda

Barchamizning yashash orzuimiz – farzandlarimiz bizdan-da aqlli, farosatli, hayotda qoqilmaydigan, omadli bo‘lib yetishishidir. Bu orzular amalga oshishi uchun avvalo uydagi muhitni ijobiy tomonga o‘zgartirishimiz kerak. Bolalarni ruhiy tushkunlik, ishonchsizlik hissidan qo‘rishning bir chorasi hayotning har bir daqiqasidan quvonishga, bo‘lib o‘tgan har bir voqeaga ijobiy fikr bildirishga o‘rgatishdir. Ota-onaning o‘ziga, hayotga ishonchi, albatta farzandlarida ham aks etadi.

Kichkintoyingizni ertalab ­chiqqan quyoshdan, oyisi pishirgan kulchadan, olgan “besh” bahosidan chin dildan xursand bo‘lishga o‘rgating. Bolaning hayotdan zavq oladigan xushchaqchaq inson yoki odamovi bo‘lib ulg‘ayishi aynan ota-onaning dunyoqarashiga bog‘liqligini unutmaylik.

Kishi umidsizlikka berilsa, qattiq siqilsa, qondagi adrenalin va kortizol miqdori keskin oshadi. Adrenalin qon bosimini ko‘taradi, qonning tez quyulishiga ham shu “jizzaki” gormon sababchi. Kortizol esa tanada yog‘ qatlamini hosil qilishda qatnashadi. Bu xavfli juftlik yurak xastaliklarining rivojlanishiga qulay zamin yaratadi.

Vaqtingizni behuda siqilishlar va aldamchi xayollar egallab olishiga yo‘l qo‘ymang. Buning foydasi yo‘q. Hadeb o‘tgan voqealarni, omadsizliklarni eslamang!

Ertangi muammolardan xavotirga tushmaslik uchun bugundan harakat qiling. Ya’ni, bugun rejalashtirgan har bir ishning uddasidan chiqing. Shundagina ruhiy zo‘riqishlardan saqlanib, kelajakdagi rejalarga ishonch bilan qaray olasiz.

Hayotga jilmayib boqing, yurtdosh, shunda u sizga kulib boqadi!


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

Fikr bildirish