ERKAKLAR QANDAY AYoLLARNI YoQTIRIShMAYDI?
?Ish birinchi o‘rinda: Bunday ayollar mavqei uchun har ishga tayyor bo‘lishadi, oila esa ular uchun ikkinchi darajali bo‘lib qoladi. Unga hatto yarim tunda qo‘ng‘iroq qilib, maslahat so‘rashlari, ko‘rsatma olishlari mumkin. Bunday ayollar boshqarishni yoqtirishadi, doimo yuqorida bo‘lishni istashadi. Undan biroz hayiqishlarini, unga tobe bo‘lishlarini xohlashadi. Er esa u bilan baxslashishgaham qo‘rqadi. Bunday ayol hech bir erkakka yoqmasa kerak. Axir erkak nima bo‘lganda ham oilada birinchi o‘rinda turishni istaydi. Shunday ayol bilan turmush qurganlar, ko‘pincha mehrni chetda izlay boshlashadi.
?“Ovchi” ya’ni «sayyod» ayollar: Bu go‘zal, didli, erkakni bir qarashdayoq o‘ziga rom eta oladigan ayoldir. Uning maqsadi bitta: tezroq turmushga chiqish. Niyatiga yetganda esa birdaniga o‘zgaradi. O‘ziga qaramay qo‘yadi, hatto eriga befarq bo‘la boshlaydi.
?“Qor malikasi”: Ular ko‘pincha juda go‘zal bo‘lishadi. Erkaklardan o‘z maqsadlarida foydalanishda ustasi farang. Ular qattiqqo‘l va tadbirli bo‘lishadi. U na hayotdan, na muhabbatdan lazzatlana oladi. Faqat o‘zini deydi. Qoidasi: sen – menga, men – senga. Bundaylarni ko‘pincha jazman qilishadi, xolos.
?“Onaxon”: Yaxshi beka, ona, xotin. Ovqatlantirishmi, kiryuvishmi, bolalar bilan dars qilish deysizmi, barchasiga ulguradi. Qizig‘i shundaki, ko‘pincha bunday ayollar erkaklarni bee’tibor qoldirishadi. Shunda er mehrni boshqadan qidirishni boshlaydi. Bunday ayol hammasiga bardosh berishi mumkin, bolalar to‘q, yuvingan, tarangan bo‘lsa bo‘lgani, erining injiqliklariga ham chidaydi.
?“Hech kim” xonim: Erining barcha istaklarini bajarishga tayyor, doimo erining fikrini ma’qullaydi. Uni yorqin shaxs deb bo‘lmaydi. Xo‘jayiniga vafodor, gapini ikki qilmaydi. Erini yo‘qotishidan qo‘rqib uning chizig‘idan chiqmaydi, va bora-bora hech kimga aylanadi. Biroq, afsuski, bunday ayollarning muhabbati qadrlanmaydi. Erlari ularga mulk sifatida qarashadi. Bunday ayollarni sevishmaydi, ularga achinishadi.
?Xudbin ayollar: Faqat o‘zlarini deyishadi. Qarshilik ko‘rsatsangiz bormi!.. Xohlaganiga erishish uchun barchasiga tayyor. Oq narsani bila turib “qora” deyishadi. Bunday ayollarni erkaklar juda yomon ko‘rishadi. Axir ular bilan birga yashashning o‘zi bo‘lmaydi. Bu ayol hechkimning fikrini mensimaydi. Erkak kuchli bo‘lsa uni tashlab ketadi, landovur bo‘lsa umrining oxirigacha u bilan qiynalib yashaydi.
?Injiqlar: Ayolga noz qilish yarashadi. Biroq buning ham me’yorini bilish lozim. Aks holda ayol injiq deb sanalishi mumkin. Noz qilishning ham vaqtini bilish lozim. Hammaning oldida bunday qilish umuman shart emas. Ba’zi holatlarda esa usiz bo‘lmaydi.
?Zerikarli ayollar: Faqatgina o‘zi, turmush tashvishlari ovsin yoki qo‘shnilar haqida gapiradigan ayollar tez zeriktiradi. Yaxshi suhbatdosh bo‘lish uchun dunyoqarash keng bo‘lmog‘i darkor. Hatto muhabbat haqidagi suhbatlar tezda jonga tegadi. Erkakning qiziqishlarini bilishi, u bilan birga hatto futbol haqida gaplashishga tayyor turish lozim.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.