QIZLAR, NAZOKATLI BO’LAMIZ!

Bizning qizlar, odatda, yigit kishining e’tiborini qozonish borasida biroz tortinchoqlik qilishadi. Bunga, albatta, hayo, ibo, sharqona tarbiya yo’l qo’ymaydi. Aslida-ku, shunday bo’lgani ham yaxshi. Aks holda qizlarning o’zgalar e’tiborini tortishga bo’lgan urinishlari yengiltak xatti-harakatlarga aylanib ketishi hech gap emas. Ammo buni hayot, deydilar. Har kim o’z baxti uchun kurashishi, kezi kelganida o’zining nimalarga qodir ekanini ko’rsata bilishi ham kerak. Shu bois, “qizposhsha”larimizga ayrim foydali maslahatlarni ilinmoqchimiz.

1-usul: Poshnalar sehri !

Ayol kishining qomati ideal bo’lishi, atir-upa yordamida qiyofasini mukammal san’at asariga aylantirishi, malikalardek kiyinishi mumkin, biroq oyog’iga qo’pol poyabzal ilib olgan bo’lsa, kimningdir havasini keltirishidargumon! Poshnali tuflilar qaddimizni tik tutishga, o’zimizga ishonch hissi uyg’onishiga, nafis harakatlar bilan olg’a qadam tashlashga undaydi. Demak, poshnalar sehriga ishoning, u shahzodalarning tosh yuragini eritishga qodir !

2-usul: Yorqin rangda kiyining !

Nega endi qora, kulrang singari zerikarli, xira ranglarga qorishib yurishingiz kerak? Bozorga tushing, atrofingizga bir nazar soling, o’ziga ishongan qizlar barcha rangdagi ko’ylaklarni yarashtirib kiya oladi. Qoramag’izdan kelganingiz, bo’yingiz past yo to’laroq ekaningiz qoraga burkanib olish uchun bahona bo’la olmaydi. Kamchilik bormi, uni tuzatish kerak. Mabodo, yorqin libosda kiyinmagan bo’lsangiz, hech bo’lmasa yuz rangiga mos yorqinroq lab bo’yog’i surtishga uyalmang. Agar u yoki bu uslubga mahkam yopishib olganlar safida tursangiz, har kuni kiyadigan libosingiz qomatingizga mos bo’lsin, ro’dapolikdan qoching. Bel chizig’i, oyoq shakli kiyim ortidan ham bilinar-bilinmas sezilib turishi kerak.

3-usul: Tabassum qiling, ta-bas-sum !

Sovuqqon modellar obrazi ayollar uchun mo’ljallangan jurnal muqovasigagina yarashadi. Zero, erkak zotiga shundoq ham ish bilan bog’liq muammoyu tashvishlarga to’la kun tartibi yetib ortadi. Ular har doim yoqimtoy, samimiy va xushchaqchaq ayolni ko’rishni istashadi. Shu bois jozibali, go’zal ko’rinishni istasangiz, nimtabassum bilan muloqot boshlashni o’rganing. Odatda, ko’pchiligimiz “shu qizdan nima topibdiykin, chiroyli bo’lmasa?..”, deb hammaning havasini keltiradigan barno yigitlar tanlovidan ajablanamiz. Bilmaymizki, husni o’rtamiyona bo’lgani bilan o’sha qiz atrofdagilarga iliqlik, chiroyli tabassum ulasha oladi va bu “uslub”ni o’z o’rnida qo’llaydi !

4-usul: Nafislikka urg’u bering !

Maymoq ayiqdek qadam tashlaydigan yoki o’rdakdek lapanglaydigan, yoki bo’lmasa, “bir narsadan quruq qolganday bukchayvolib” (“Ishqdagi ishq” filmi qahramoni Veraning gapi) yuradigan ishchan ayol obrazi hech qachon erkak kishining e’tiborini torta olmaydi. Bunday qizlarga faqat yo’l bo’shatib, ehtirom ko’rsatishgina mumkin. Shunday ekan, qadamni yengil tashlab, boshni baland ko’tarish, ba’zan esa xiyol egilib jilmayib qo’yishni yoddan chiqarmang. Kursiga o’tirayotganda shartta o’zingizni tashlamang yoki nihoyatda qimtinib, ohistagina o’tirish ham u qadar to’g’ri emas. Zero, ishonch va qat’iyat bilan joy egallab, suhbatga kirishishda gap ko’p. Oyoqlarni qaerga, qanday joylashtirish masalasida ham anchagina bosh qotirishga to’g’ri keladi. Eng yaxshisi, malikalarga o’rgatiladigan odat — ikki oyoqni juftlagan holda bir tomonga qiyalatib o’tirishdir.

5-usul: Hislaringizni ichingizga yutmang !

Ammo soxta ko’z suzishlar, yengiltaklik bilan qosh qoqishlar hech qaysi qoidaga to’g’ri kelmasligini unutmang! Hislaringiz, deganda, biz, hayotdan zavq olish va yon-atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalargamunosabatingizni bildirishni nazarda tutayapmiz. “Muzqaymoq bunchayam shirin ekan?”, “Musaffo havodan to’yib nafas olgim kelayapti!”, “Qanday ajoyib bayram bo’layapti, sizga ham yoqdimi?”… Bu gaplarda ortiqcha o’ynoqilik, xushomad yo’q va bu bilan siz hayo chegarasidan chiqqan hisoblanmaysiz. Erkakmi, ayolmi, kim bo’lishidan qat’i nazar, unga suhbatdoshining ochiqko’ngilligi, beg’uborligi yoqadi. Sof tuyg’ularingizni sodda va samimiyifodalashga uyalmang! Aziz dugonajonlar, bu chaqiriqlar orqali mehringizni qozongan yigitni o’zingizga jalb qila olmasangiz, xafa bo’lmang. Shunchaki siz hali YaGONA shahzodangizni uchratmadingiz. Chunki u ham ayni dam o’z malikasini boshqa yerlardan qidirib yuribdi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish