BIZNESDA OMADGA ERISHISHNING 7 USULI

Yoshlik davrida o‘zi ishini yo‘lga qo‘yish va hattoki kimningdir startapida ishtirok etish haqidagi fikr ko‘pchilikda qo‘rquv uyg‘otadi. Ehtimol, siz ta’lim muassasalari, kitoblar yoki internetdagi amaliy tavsiyalardan biznes haqida muayyan ma’lumotga egadirsiz, biroq biznesni yuritish asoslarini nazariy jihatdan tushunish va uni hayotiy tajriba orqali anglash o‘rtasida katta farq bor.

Faoliyatingiz yakunida siz boy bilimlar zaxirasiga ega bo‘lasiz va o‘zingiz uchun yuzlab saboqlar olasiz, lekin bularning bir qismini ertaroq, eng yaxshisi, 30 yoshgacha o‘zlashtirish maqsadga muvofiqdir.

InsiderPro yoshlik davrida eslab qolish muhim bo‘lgan hayotiy haqiqatlar bilan bo‘lishdi.

  1. Eng qadrlisi — odamlar

Amaliy jihatdan olib qaraganda, muvaffaqiyatli biznesni yolg‘iz qurib bo‘lmaydi. Sizga keng imkoniyatlarni ochuvchi, yangi aloqalarni izlashda va qarorlar qabul qilishda hushyor bo‘lishga majbur qiluvchi kishilar juda qadrlidir.

Siz bu bebaho saboqni kar’erangizni boshlashdan avval o‘zlashtirsangiz, vaqtingizni keraksiz kishilarga sarflamay, uzoq muddat eng yaxshi insonlar bilan ishlashga muvaffaq bo‘lasiz.

  1. Muvaffaqiyatsizliklardan qochib bo‘lmaydi

Qancha ko‘p narsa bilishingiz va qancha yaxshi tayyorgarlik ko‘rishingizdan qat’i nazar, muvaffaqiyatsizliklardan qochib bo‘lmaydi. Ehtimol, sizning biznesingiz omadli bo‘lar, lekin albatta shunday strategiyalar va kampaniyalar bo‘ladiki, ular rejalaringizni barbod qilib yuboradi, ba’zi g‘oyalar esa hech qanday natija bermaydi. Agar muvaffaqiyatsizlikka duch kelgan paytingizda busiz bo‘lmasligini yaxshi anglab yetsangiz, uni qabul qilishingiz osonroq bo‘ladi.

Siz bu tajribaga o‘sish va rivojlanish uchun saboq hamda imkon sifatida qarashingiz kerak.

  1. Vaqt — eng qimmatbaho resurs

«Vaqting ketdi – naqding ketdi» maqoli vaqtdan resurs sifatida foydalanish qanday kuchga ega ekanligiga ishora qiladi. Masalan, biror narsani qancha erta bilsangiz, bundan daromad olishingiz va loyiha ustida ishlashingiz uchun shuncha ko‘p vaqtingiz bo‘ladi.

Bundan tashqari, bir sutkada atigi 24 soat bor, ana shu vaqtingizni qanday sarflashingizdan kelib chiqib, foyda olasiz. Bu haqiqatni qancha tez o‘zlashtirsangiz, shuncha ko‘p vaqtingizni tejaysiz.

  1. So‘z bilan har qanday muammoni hal qilish mumkin

So‘z qudratini to‘g‘ri baholay olish muhim. Suhbat yordamida deyarli barcha muammolarning paydo bo‘lishini oldini olish mumkin. Buning uchun o‘z fikrini aniq bayon qilish va har qanday mavzuda kelishuvga erishish lozim.

Muloqot qilish san’ati – uzr so‘rash, bir to‘xtamga kelish yoki vaziyatni to‘g‘ri tushuntirish orqali siz mavjud muammolarni ham bartaraf etishingiz mumkin.

  1. Mukammallik — taraqqiyot dushmani

Biz biznes shiddat bilan rivojlanayotgan sharoitlarda yashaymiz. Agar siz loyiha mukammal emasligi tufayli uni sekinlashtirayotgan bo‘lsangiz, u holda tanazzulga uchrashingiz mumkin. Tezkor, epchil, moslashuvchan kompaniyalargagina omad kulib boqadi.

Hech bir narsa ilk urinishdayoq mukammal bo‘lmaydi. Asosiysi — loyihani yuritishda muvozanatni saqlay bilish.

  1. Har qanday g‘oya amalda qo‘lanish imkoniga ega bo‘lsin

Sizning g‘oyangiz har qancha qiziq va original bo‘lmasin, uning qadri amalga oshirish imkoniga qarab belgilanadi. Masalan, ajoyib bir video haqida o‘ylab qo‘ydingizu, biroq uni yaratish jarayonini samarali tashkillashtirish uchun kerakli vosita bo‘lmasa, bu g‘oyadan voz kechganingiz ma’qul.

Bu gaplar barcha biznes-g‘oyalarga taalluqli. Aytaylik, sizda inqilobiy g‘oya paydo bo‘ldi, biroq iqtisodiy jihatdan uni amalga oshirishning imkoni bo‘lmasa, bunga kirishmaganingiz yaxshi.

  1. Har qanday vaziyatdan to‘g‘ri xulosa chiqaring

Siz juda ko‘p narsalarni bilishingiz mumkin, lekin faoliyatingiz davomida o‘z bilimingizni bundan-da boyitish imkoniga egasiz. Rahbar yoki tadbirkor sifatida rivojlanishingiz uchun muntazam ravishda yangi ko‘nikmalar va xususiyatlarni o‘zlashtirishingiz lozim.

Siz doimiy takomillashib borish orqali biznes olamida o‘zingizga mustahkam zamin yasaysiz.

Har jihatdan mukammallikka erishib bo‘lmaydi, shu bois xato qilishdan yoki sizga foyda keltirishi mumkin bo‘lgan imkonni qo‘ldan boy berishdan qo‘rqmang.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish