?Cho‘ziqroq yuz.
Yuz tuzilishi ovalsimon insonlar harakatchan insonlardir. Bunday shakl yuz sohiblarining iyaklari qirrali va tuxumni eslatgan holda pastga yo‘nalgan bo‘ladi. Mazkur toifaga kiruvchi insonlar tinib tinchimaydigan, hayotdan har doim yangilik izlab yashovchilardir. Ular hayot tarzini tez-tez o‘zgartirishga moyil. Sevimli mashg‘ulotlari turini ham tez-tez almashtirib turishadi. Ular hissiyotga beriluvchan, shu bilan birga aqlli hamda o‘ta qiziquvchan bo‘lishadi. Shuningdek, bunday insonlar tavakkal qilishni yoqtirishmaydi.
?Kvadrat shaklli yuz
To‘rtburchak shaklidagi yuz sohiblari esa dovyurak, tirishqoq va dadil insonlardir. Ammo, ba’zida bu fazilatlar qo‘pollik hamda mansabparastlik bilan yonma-yon turadi. Bu toifaga mansub insonlar ishxonada o‘ta intizomli va mas’uliyatli xodimlar hisoblanishadi. Shuning uchun ham kasbiy faoliyatda ularga raqobatchi hamkasblar deyarli topilmaydi. Bu esa ularda o‘z ishidan zerikish hissini uyg‘otishi mumkin. Erkaklarga kvadrat yuz tuzilishiga ega ayollar bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish tavsiya etiladi.
?Yurakcha shaklli yuz
Uchburchak yoki to‘ntarilgan tuxum shaklidagi yuz egalari o‘ta kuchli xotira sohiblari hisoblanishadi. Ular o‘zlariga kerakli ma’lumotni tez va osonlik bilan eslab qolishadi. Uchburchak yuzlilar oldiga qo‘ygan maqsadiga erishmasdan qo‘yishmaydi. Shu bilan birga hammada bo‘lgani kabi bunday insonlarning fe’l-atvorlari ham kamchiliklardan xoli emas. Misol uchun, ular ko‘pincha faqat o‘zlarini o‘ylab ish tutishadi va tabiatan o‘ta qaysar bo‘lishadi. Mazkur toifa vakillari kamdan-kam hollarda atrofdagilarga bog‘lanib qolishadi. Shuning uchun ham ular hayotda “Yangi kun — yangi hayot tarzi” shioriga amal qilishadi. Ko‘pincha ular atrofdagilarda mug‘ombir hamda ma’lum nuqtai nazarga ega bo‘lmagan insonlardek taassurot qoldirishadi. Tanish-bilishlar bunday insonlar bilan murosai madora qilib bo‘lmaydi, deb hisoblashadi.
?Trapesiya shaklli yuz
Mazkur turdagi yuz sohiblarining fe’l-atvori uchburchak shakldagi yuzlilarning fe’l-atvorlariga juda yaqin. Ammo, ular uchburchak yuzlilarga nisbatan biroz silliq xarakterga ega bo‘lishadi. Mazkur toifa vakillari ham o‘zlarini o‘ta yaxshi ko‘rishadi hamda ularga xos asosiy xususiyat — maqsadga intiluvchanlik hisoblanadi. Shuningdek, bunday yuzlilar hissiyotga beriluvchan va artistlarcha mahoratga ega bo‘lishadi. Trapesiyasimon yuzli ayollarning fe’l-atvorlari o‘ta yoqimli bo‘ladi.
?Yumaloq shaklli yuz
Yumaloq shakldagi yuz — og‘ir-bosiq, vazmin tabiatli insonlarga xos. Bunday yuzlilar mehribon, atrofdagilarga e’tiborli va g‘amxo‘r bo‘lishadi. Mazkur toifa vakillari bilan garchi ko‘pdan beri tanish bo‘lmasangiz ham tortinmasdan, bemalol suhbatlasha olasiz. Rahbarlik kursisi ularni qiziqtirmaydi. Bu vazifani ular o‘ta mushkul va mas’uliyatli deya hisoblashadi. Ammo, bu qat’iy qoida emas. Chunki, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritadiganlar orasida yumaloq yuzlilar ham ko‘p uchraydi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.