Turmushga chiqyapman, lekin ko‘nglim o‘zgada…

Agar yurakka buyruq berib bo‘lganida, yer yuzidagi hech bir inson sevgi nashidasini totmasdi. Hammasi biz istagandek bo‘lganida esa hayotning ham, eng muqaddas tuyg‘ularning ham qadri yo‘qolardi

⭕️Anglaganingizdek, bugun «kundaligimiz»da muhabbati armonga aylangan qizlar bilan dardlashamiz.

??To‘y oldi stress

Turmushga chiqayotgan qizlarning deyarli barchasini «Shu inson bilan taqdirimni bog‘lab, to‘g‘ri qilayapmanmi?» degan savol o‘ylantirishi shubhasiz. Muhabbati armonga aylanganlarniku inchinun. Ikkilanishlarga nuqta qo‘yish ham osonmas. Tushunamiz, sizni hozir «Nega bizning muhabbatimiz bunday yakun topti?» degan savol qiynayapti. To‘g‘ri, ota-onangizning talabi va tanlovini ro‘kach qilib ko‘rsatasiz. Ammo aslida hammasi o‘z qo‘llaringizda edi. Sevgan yigitingiz bilan oxirigacha kurashsangizlar, balkim taqdirlaringiz qo‘shilarmidi? Endi esa taqdiringizni tan olishdan boshqa chorangiz yo‘q. Peshanangizga yozilganini qabul qiling, chunki ming qiynalmang, ming urinmang, hukm o‘qildi. Ba’zida bizga istaganlarimiz emas, qismat ravo ko‘rganlari baxt keltiradi.

??Baxtingizni cho‘chitmang!

Sizda qo‘rquv, hadikdan ham ko‘ra ko‘proq norozilik kuchli. Shu sabab baxtli bo‘lishimga ko‘zim etmayapti, deya o‘zingizni jabrdiydaga aylantirayapsiz. Bu kayfiyat, fikr, albatta, boshingizga qo‘nayotgan baxt qushlarini uchirib yuboradi. Hayolingizdan bunday fikrlarning hammasini chiqarib tashlashga harakat qiling. O‘tmishga qarab, kelajak haqida fol ochmang. Yangi hayot ostonasidasiz — ezgu niyatlar bilan u tomonga qadam tashlang. Bo‘lajak kuyovni yaxshi inson deya ta’rifladingiz, u o‘zining fazilatlari bilan qalbingizni zabt etishiga ishoning. Vaholanki, sevgi qissangizning yor-yorga ulanishi baxtli yashashingizga 100 foiz kafolat berolmasdi. Ko‘pchilik bahtli juftliklar ta’kidlaganidek, muhabbat mehnat talab etadi, sinovlarda toblanadi.

?‍?‍♂Sobiq yigitni qayg‘urib…

Ko‘pchilik qizlar ahdlashganiga emas, o‘zgaga turmushga chiqayotganida yigitiga achinib, unga bevafolik qilayotgani uchun ota-onasini ayblashadi. Avvalo, ko‘ngil qo‘yganingiz yanada jur’atli bo‘lganida, barmog‘ingizga boshqasi nikoh uzugini taqishiga yo‘l qo‘yib bermasdi. Axir yigitlarning qizlardan ko‘ra bu borada imkoniyatlari ko‘proq va kengroq ekanligini bilamizku! Qolaversa, ota-ona dilbandiga hech zamon yomonlik tilamaydi. Ularni ham, o‘zingizni ham ayblashdan to‘htang. Shunda ko‘nglingizdagi bu muhabbatning cho‘g‘lari asta-sekin o‘chadi. Buning uchun his-tuyg‘ularni jilovlash, irodali bo‘lish lozim. Hadeb ayriliqqa uchraganingiz haqida o‘ylayvermang, iloji boricha bu mavzuda boshqalar (masalan sevgingizdan xabardor dugonangiz bilan) gaplashmang, sobiq yigitingiz bilan vidolashish haqida har xil romantik rejalardan yiroq bo‘ling. Unga ich-ichingizdan baxt tilang. Unutmang, qachonki yuragingiz eski tuyg‘ulardan bo‘shaydi, keyin unga yangisi tashrif buyuradi.

??Kecha radioda xonanda Ulug‘bek Rahmatullaevning «Qirmizi olma» taronasini eshitib qoldim. «To‘ygacha sevgi bir orzu-havas, haqiqiy sevgi keyin bo‘larkan», degan jumlalar bor naqoratida. Siz ham eshitgansiz, hoynahoy.

??? Oppoq kelinlik libosini kiyish arafasida turgan qizlar, qalbingizni to‘y sadolari ostida haqiqiy muhabbat asir etishini tilab qolamiz.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish