❤️Turmushning birinchi yillari munosabatlaringizning turgan bitgani romantika edi. Farzandlar tug‘ilgach, nozik munosabatlar sog‘intiradigan tus oldi. Salkam o‘n yillik oilaviy hayotdan so‘ng esa negadir bir – biringizdan uzoqlashib, shaxsiy hududdagi ehtiroslar so‘na boshladi. Endi haftada bir yo ikki marta er – xotinlik vazifasini bajarasiz xolos. Avvalgidek talpinish, bir – biringizga to‘ymay tong ottirish degan hissiyotlar yo‘q. Balkim … eringiz uchun ma’shuqaga aylanish usulini qo‘llab ko‘rarsiz. Bu yana nimasi bo‘ldi deysizmi? Diqqat qiling, beklarning kuydirib kul qiladigan xonimga aylanamiz!
«Ma’shuqa» ning asosiy qoidasi:
Hamisha va har qanday vaziyatda o‘zingizga ishoning. Jozibali ko‘rinishingiz shart va zarur! Tog‘ora-tog‘ora somsa pishirasizmi, ikki kunlab mehmon kutasizmi, yotoqxonaga kirgach barini unuting va ehtirosli ayolga aylaning! Nozik munosabatlardan faqat yoringizgina lazzat olishi adolatdan emas, siz ham ishq onlaridan sarmast bo‘ling. Buning uchun esa o‘zingizni bo‘sh qo‘yib, tanangizni zo‘riqtirmang.
❤️Taxqirlamang, taqdirlang!
– Men bilan umuman ishingiz bo‘lmay qoldi. Qachon birga bo‘lganimizni ham eslolmayman!
- Yotoqda arslonga aylanib ketasiz! Bugun sherligingizni ko‘rsam deyman…
– O‘zingizda xohish bo‘lmaganidan keyin men nima ham qilardim. - Massaj uchun yog‘ sotib olgandim. Charchaganingizni bilaman, lekin shunday bo‘lsa ham yengil uqalashga nima deysiz. Balkim undan keyin…
– Men sizni qiziqtirmay qo‘yganimga ancha bo‘lgan. Ehtimol ikkita tug‘ib, qomatimni yo‘qotgandirman… - Sizga imkoniyat beraman, bugun men bilan istagan ishingizni qilishingiz mumkin. Xo‘sh, ishni nimadan boshlaysiz?..
– Xudbinligingizdan to‘yib ketdim! Men ham odamman axir, menda ham ko‘ngil bor! - Xarakteringiz og‘ir bo‘lsada sizni jonimdan ortiq ko‘raman. Lekin bugungi ishingiz uchun jazolanishga tayyor turing! Yomo-o-on jahlimni chiqardingiz.
(-) belgisi bilan jumlalarga diqqat qildingizmi, bordiyu eringiz bilan shu tariqa muomala qilsangiz, nozik munosabatlarni tushingizda ko‘rasiz. Vaziyatdan chiqishning eng yaxshi chorasi esa (+) belgisi bilan berilgan iboralardek, makkorlik qilish.
♥️Hissiyotlaringizga erk bering!
Aksariyat ayollar jinsiy munosabatlar paytida o‘zlarini juda qattiq nazorat qilishadi. Vaholanki buning aksi bo‘lishi lozim. Ehtiroslaringiz junbushga keldimi, yashirmang-da, juftingizga bildiring. Toki u ham sizga lazzat ulasha olayotganini his etsin. Ovoz chiqarishdan iymanmang. Bilsangiz bu erkaklarga manzur keladi.
♥️Oxista nafas oling…
Seksologlar fikricha, jinsiy yaqinlik payti ayolning oxista nafas olishi, ehtiroslarning junbushga kelishida yordam berar ekan. Agar hissiyotlarning uyg‘onishi kechiksa yoki salgina muammoli kechsa mana shu usulni sinab ko‘ring.
«Qulog‘ingizdan tishlab olaman…»
Erkalash, silab – siypalash bularning bari quloq yoki ko‘kraklar uchi va lablarni yengil tishlab olish bilan yanada rohatbaxsh onlarni ulashishi mumkin. Faqat bu ishga juda ham kirishib ketmang, yo‘qsa ishqiy o‘yinlaringizning misi chiqib qoladiya…
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.