Yorimizning ko‘ngliga yo‘l topamiz!

Xarakterimiz bir-biriga to‘g‘ri kelmadi!» Bu mashxur ibora zamirida nafaqat turmushdagi muammolar, balki er-xotinning nozik munosabatlari ham yotishini bilarmidingiz? Biz ayollar tan olishni istamagan achchiq haqiqatni statistika ma’lumotlari tasdiqlaydi: o‘rtadagi sovuqlik «shaxsiy hudud» ob-havosiga 90 foiz holatlarda dahl qiladi! Sahifamiz orqali erkakdagi xohishning yo‘qolishi, ayoldagi istaklarning so‘nishi haqida juda ko‘p sirlashamiz. Bu safar esa kasalliklaru o‘zaro kelishmovchiliklarni nari surib, juftimiz ko‘ngliga yo‘l topish sirlarini o‘rganamiz. Xuddi ilk uchrashuvdagi his-tuyg‘ular, etni jimirlatgan xayajonu yurakka titroq solgan onlarni yodga olamiz! Xo‘sh, nima dedingiz?!

«AYoL SIFATIDA QIZIQTIRMAY QO‘YDIM…»

Sarlavhani o‘qishingiz bilan bi-i-ir xo‘rsinib qo‘ydingiza, kelishib olaylik shu oxirgisi bo‘lsin! Muammo nimada? «Allamahalgacha televizor tomosha qiladi» deysizmi? Siz ham unga sherik bo‘ling. Bir safar zerikarli futbolni ko‘rsangiz ko‘ribsiz, sizdan nima ketdi?

«Ur-yiqitlarga xushim yo‘q, qo‘rqinchli kinolardan qo‘rqaman!» Shumi bahonangiz? Juftingizning yonidan joy oling-da, qo‘llaridan tuting. Yoki pinjiga suqilib olsangiz, vahimangizdan asar ham qolmaydi. Shu bahona so‘nib borayotgan tuyg‘ular alanga olsa ajabmas.

«U ko‘rayotgan narsalarni tushunmayman!» So‘rang, qiziqing, g‘ururingiz yeyilib qolmas. U ham bilsin, o‘ziga qiziq mavzularga befarq emasligingizni.

Shpargalka:

Erkaklar qiziqarli suhbatdosh bo‘la oladigan ayollarni qadrlashadi. Avtomobil’ qismlariyu falon futbolchining nima uchun sariq kartochka olganini tushunmasangiz, «Bo‘lganim shu» demang. Bo‘sh qolganda dugonalar bilan g‘iybatni kamaytiring-da, o‘z ustingizda ishlang.
Umr yo‘ldoshingizning tanlovini hurmat qiling! «Kap-katta erkak ko‘rib o‘tirgan narsangizni qarang» kabi «ashulangiz» jonli ijroga chiqmasin. «Lisenziyasiz» qolasiz-a.
Eringiz oromkursida uxlab qoldi. Shu holicha qoldirmang. Asta uyg‘oting-da, yotog‘iga olib kiring. Ertasiga jahl qilsa, «Sizsiz ko‘zimga uyqu kelarmidi?» deya noz-karashma qiling, er-i-ib ketsin.
Muammo qaynonangizga bog‘liq ekan, arqonni uzun tashlang-da, «Oyijon, xizmatingizdaman» dasturini ishga tushiring. Onasining ko‘nglini zabt etolsangiz bas, o‘g‘lini shunday yo‘lga soladiki, tungi navbatchiligidan ham voz kechadi.
Yotoqxonadagi narsa-buyumlar joyini almashtiring. O‘rin-ko‘rpani yangilang. Yorqin, ko‘zga lov etib tashlanadigan yotoq jildlaridan foydalaning. Uxlash vaqti yaqinlashdimi, yopinchiqni asta ko‘tarib qo‘ying.
Har tarafga (hech bo‘lmasa ikkita) shamchalarni yoqing. «Onaqirolicha»ning uyquga ketishini kutayotgan eringiz, hech bo‘lmasa yotog‘iga mo‘ralab qo‘yar. Ko‘zlarini quvnating deymiz-da.

«ONAM EShITIB QOLADI…»

Ko‘p qavatli uylar yoki katta oilalarda yashaydigan er-xotin o‘rtasidagi munosabat uydagi «qo‘shni»lardan hijolat bo‘lish sabab ham sovushi mumkin. «To qaynonam uxlamaguncha, erim yotoqqa kirmaydi. Onasi bilsa, xafa bo‘larmish» deysizmi? Balki qaynonangiz o‘g‘lini sizdan qizg‘anar, yo darrov eringizning xushtori bor deb o‘yladingizmi? Hovliqqan ayol tufliga yolchimas iborasini eshitganmisiz? Aql bilan fikrlang.

KO‘ZGUGA QARANG!

Go‘zallik saloniga borolmayotganingizni bahona qilmang. Momolarimiz qoshiga o‘sma, ko‘ziga surma surtib ham go‘zallikni do‘ndirishgan. Salgina e’tiborli bo‘lsangiz, chiroyingiz ochiladi. Tungi kiyimlarga ahamiyatli bo‘ling, deb har safar uqtirganimiz uqtirgan. Xo‘sh, amal qilayapsizmi? Atiringizni-chi yangiladingizmi? Yog‘ bosgan sochlarga jon kirib, ajinlar mo‘ralab qolgan yuzingizni parvarishlayapsizmi? Qo‘l-oyoq terisi dag‘allashmaganmi? Fahmlagan bo‘lsangiz, xulosa qilishni o‘zingizga qoldiramiz.

«U BIR YoNDA, MEN BIR YoN…»

Juftingiz bilan bir-biringizga ters o‘girilib yotasiz. Nozik munosabatlarni esa parvoyiga ham keltirmaydi. Xo‘sh, nima qilmoqchisiz? «Plan-A»: tunda sochi yoki yelkasini silab oromini o‘g‘irlang. Uyqusi buzilganidan biroz achchiqlanadi-yu, keyin yumshaydi. «Plan-B»: ertalab bo‘sa bilan uyg‘oting. Bir safar tushunmas, ikkinchi safar hayron bo‘lar, uchinchisida ma’qullaydi.

«KASALMAN» DEMANG!

Quvnoq, samimiy, zavqu-shavqqga to‘la va o‘ziga ishonchi baland ayol har qanday erkakning orzusi! Kuchli jins vakillari noliyveradigan, pessimist va kasalchin xonimlarga toqat qilishmaydi. Biz, sog‘ligingizdagi jiddiy xastaliklarni aytmayapmiz. Har bir ayolda uchrashi mumkin bo‘lgan «molochnisa», bavosil, turli toshmalar xullas dori qutichamizni tez-tez yo‘qlab turadigan «mehmon»larni ko‘zdan pana tutgan ma’qul demoqchimiz. Surtmayu shamchalar, gigienik vositalarni javonda saqlang. Hayron bo‘larsiz-u, ammo mana shu holatlar ham erkakning xohishini so‘ndirishi mumkin.

«U MENI EShITMAYDI!»

Eshitadi! Qulog‘iga shivirlab so‘zlab ko‘ring. Quloq sohasining atrofida insonning erogen nuqtalari joylashgan. Јazabdan qaynab turgan yoxud «Meni tinch qo‘y, uyqim kelayapti» «plastinka»sini yoqib qo‘ygan juftingizning quloqlarini muloyim so‘zlar bilan siylang, ko‘rasiz ko‘ziga uyqu kelarmikan. Ishdan kutib olganda ham sekingina «Sizni sog‘indik» deb pichirlab qo‘ying. Ikkingizdan bo‘lak hech kim eshitmasin. Qani shundan keyin ham eshitmaydi deb ko‘ringchi…

«PSIXOLOGIYaSINI TUShUNING»

E’tiborsizlik ayblovini qo‘yishdan osoni yo‘q. Biroq o‘ylab ko‘ring, u nima uchun o‘zgarib qoldi? Ehtimol, sog‘ligida, ishida yoki do‘stlari bilan muammosi bordir? Balki ota-onasi bilan biror masala kelib chiqqan-u, sizga bildirmas. Erkak muammosini uyga olib kelmaydi. Shunday ekan, ko‘ngliga qo‘l solib ko‘ring. Uyda osoyishta muhit yarating, ortiqcha savollar bilan bezovta qilmang. Mehr bering, ammo o‘ziga kelib olgunicha mehr so‘ramang. Asta-sekin hammasi o‘nglanadi.

(alohida)

Xarakteriga ko‘ra erkaklar poligam bo‘lishadi. Ya’ni ularni bir xillik tez zeriktirishi mumkin. Bu sifat nafaqat munosabatlarga balki yotoqqa ham taalluqli. Ehtiroslar alanga olishi uchun nozik munosabatlarda bir-biringizni tushuning, bir-biringizni o‘rganing va istaklaringizga quloq tuting.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish