VAQTNI QADRLASHNI O’RGANAMIZ

Tartibsizlik birinchi galda vaqtni isrof etadi. Bitta kiyimingizni topishga qancha daqiqa sarflashingizni hisoblang! Vaqtingizga achinayapsizmi? Ha, har bir soniyangizni o‘zlashtira bilsangiz, ishingizda ham, fikringizda ham tartib hukmron bo‘ladi…

Kun bo‘yi g‘ildirakdagi olmaxondek u yoqdan-bu yoqqa yugurasiz. Ishdan qaytgandan so‘ng issiq hammom va yumshoq karavotingizni qo‘msaysiz. Uy tozalash yoki pishir-kuydir kabi yumushlarni bajarish esa umuman yoqmaydi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak?

  • Soniyali vazifa. Qimmatli vaqtingizni qadrlashni o‘rganing! Doira shaklini chizing, bu — “vaqt pirogi”! U butun umr, bir yil yoki bir sutkaning ramzi bo‘lsin. Mazkur pirogdan 8 soat uxlashga, yana 8 soat ishga va yo‘l uchun ham ozgina “kesib” oling… Yana bir nechta bo‘laklar qoldimi? Ularni qanday taqsimlash lozim?

— Yon daftarchangizga bir necha hafta davomida nima bilan shug‘ullanganingiz va bunga qancha vaqt ketganini belgilang. Vaqtingizni nimalarga sarflaganingiz aniqlangandir?

Endi “iqtisod” qilishni o‘ylang. Komp’yuter yoki televizor oldida kamroq o‘tirsangiz, uy tozalashga yarim soat vaqt tejaysiz.

  • Rad etish. Televizor va komp’yuter masalasida vaqt tejash mumkindir, ammo dugonangiz do‘kon yoki go‘zallik salonigabirga borishni iltimos qilsa, buni rad etish shunchalar qiyinki…

— Kunlik rejangizga kirmaydigan ishlarga bosh qo‘shmang.

Sababini tushuntirmasdan tezda rad eting. Agar dugonangizga tushuntirib, turli bahonalar qidirsangiz, u baribir sizni ko‘ndirishga harakat qiladi.

  • Yo‘l-yo‘lakay. Ishingiz qor parchasidek ko‘payib ketib, kiyimingizni dazmollash, rasm chiqarish yoki mushugingizga ovqat berish yodingizdan ko‘tarildimi? Kuyib-pishishni bas qiling. Ishingizni tartibli rejalashtirishni o‘rganing!

— Kundalikka yoki qo‘l telefoningizga “eslatmalar” yozib oling.

Yuviladigan yoki ta’mirtalab narsalarni paketga solib, ko‘rinadigan joyga,ya’ni yo‘lakchaga qo‘ying. Unga qoqinaverishdan bezor bo‘lgach, qolib ketgan ishingizni axiyri bajarasiz.

  • Tez-tez… Bu oson!Ma’lumki, ozodalikni o‘rnatish emas, saqlash kerak. Siz bu qoidaga rioya qilasizmi?

— Kiyimlaringizni har tomonga tashlamasdan, o‘z vaqtida joy-joyiga qo‘yishni odat qiling. Yuviqsiz idishlarni to‘plamang!

Eng ma’quli, bir kunda o‘n besh daqiqaga uy yumushlariga vaqt ajrating, bu bir oyda bir necha soat uy tozalashdan ko‘ra ancha qulay. Bugun changni arting, ertaga polni, keyin esa changyutgichda gilamlaringizni tozalang.

  • Boylik orttirish. Qanday ajoyib tufli! Ularni sotib olmaslikning iloji yo‘q. Shunga o‘xshash bir nechta oyoq kiyimlar garderobingizda bor, lekin ularni deyarli kiymaysiz…

— Nimadir sotib olishdan oldin uni qaysi kiyimingiz bilan kiyish mumkinligini o‘ylab ko‘ring. Agar siz uchun juda kerak bo‘lsa, hech o‘ylanmasdan sotib oling.

Uyni bezash uchun kichik tuvak yoki haykalchalarni hxarid qilmang. Bu buyumlar uyingizni bezamaydi, balki ivirsitib yuboradi.

  • Tezlik starti. Erta tongdan ishga nima kiyishni bilmay bosh qotirayapsizmi? Muammoni hal qilishning yo‘li oddiy: kechqurun kiyimingizni tayyorlab qo‘ying va qoida bo‘yicha kir buyumlarni kir yuvish mashinasiga soling. Liboslar oldindan dazmollab qo‘yilishi kerakligini unutmang.

— Umuman olganda, tinib-tinchimaydigan, ish bilan bandayollar garderobida dazmol talab qiladiganliboslarning bo‘lishi shart emas!

Taqinchoqlaringi: zanjir yoki uzun marjonlar o‘ralashib ketmasligi uchun ilgichga ilib qo‘ying (ilgichni shkaf ichiga qoqsangiz ham bo‘ladi). Butayyorgarlik uchun ozgina vaqt ketadi, lekin ertalab kiyimingizni qidirib asabiylashmaysiz va ishga o‘z vaqtida borasiz!


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish