To‘g‘ri qarorga kelish, bu nima?

HAQIQIY QAROR QABUL QILISh NIMALIGINI BILASIZMI?

Bir qarashda oddiy ko‘ringan qaror qabul qilish aslida unchalik oddiy ish emas. Haqiqiy qaror qabul qilish nima ekanligini hamma ham bilmaydi. Sababi buni maktabda ham oliygohlarda ham ishda ham maxsus o‘rgatilmaydi.

Eng qizig‘i birgina mana shu malakani o‘zlashtirib olinsa bormi – bundayin insonlar uchun o‘z maqsadlari sari hech qanday yengib bo‘lmaydigan to‘siq qolmaydi. Tushunyapsizmi?!

Siz ham hayotda ko‘pgina haqiqiy qarorlar qabul qilgansiz, bu aniq. Ammo bu ko‘pincha tasodifiy sodir bo‘lgani uchun uni qanday boshqarishni bilmaysiz. Demakki o‘z istaklaringizga yetishish ko‘pincha tasodifan bo‘ladi -)

Men bu yerda shunchaki qaror qabul qilish haqida aytmayapman. Haqiqiy qaror qabul qilish shunday holatki, natijada Sizni «Maqsadimga qanday erishaman?» degan savol umuman xavotirga solmaydi. Ich-ichingizdan his qilib turasiz-ki buning yo‘li albatta bor.

Haqiqiy qaror qabul qilganingizda Sizda umuman ikkilanish, nolish, dangasalik hissi bo‘lmaydi. Bu eng muhim alomatlardir! Buni doimo yodda saqlang!

Agar haqiqiy qaror qabul qilMAgan bo‘lsangiz – Sizni birinchi navbatda maqsadingiz emas, balki unga erishish yo‘lidagi muammolar ko‘p o‘ylantiradi. Ya’ni, butun e’tiboringiz muammolarga qaratilgan bo‘ladi.

Bir narsani aniq bilib oling! Haqiqiy qaror qabul qilinganda Sizni ajoyib xotirjamlik, o‘ziga ishonch, nima xoxlayotganini aniq bilish hissi chulg‘ab oladi.

Bunga sabab haqiqiy qaror qabul qilinganda ong va botiniy ong bir xil narsani istayotgan, birga harakat qilayotgan bo‘ladi. Tushunyapsizmi?!

Sizdagi xotirjamlik, o‘ziga ishonch, nima xoxlayotganini aniq bilish hislarini aynan botiniy ong taqdim qilayotgan bo‘ladi. Bu esa eng kuchli, eng samarali holat!

Haqiqiy qaror qabul qilganingizda «Men bunga erisha olarmikanman? Qo‘limdan kelarmikin, hali tajribam yo‘q-ku?» degan savollar Sizda paydo bo‘lmaydi.

Paydo bo‘lsa ham e’tiboringizni unchalik jalb qilmaydi. Chunki bu holatda bunday savollar unchalik muhim hisoblanmaydi.

Ichingizdan kelayotgan turli nolish ohangidagi savollarga ham xotirjam javob bera olasiz. «Puling yo‘q-ku?! Bu holda ishni qanday boshlaysan?» kabi savollar kelsa «Hech kim onasidan pul bilan tug‘ilmagan!» deya xotirjam javob berib qo‘ya qolasiz.

Qisqasi ichingizdagi noluvchiga bir kichik go‘dakka qaragandek qaraysiz. Uning salbiy, buzg‘unchi savollari Sizni umuman chalg‘ita olmaydi. Siz o‘zingizda maqsadingizga erishish uchun yetarli darajadagi kuchni his qilasiz!

Bunday paytda hamma yo‘llar o‘z-o‘zidan ochilib ketaveradi. Kerakli odamlar kerakli joylarda paydo bo‘lib qolishadi. Imkoniyatlar ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi.

Bunday paytda maqsadga erishganlik hissini hech bir qarshiliklarsiz his qilasiz, diqqatingizda to‘siqlar ko‘rinmaydi – faqat maqsadingiz ko‘z oldingizda turadi. Boshqa narsalarga chalg‘ib yurmaysiz, shunchaki ishonch bilan harakat qila boshlaysiz.

Agar Sizda bunday hislar bo‘lmasa bilingki, Siz haqiqiy qaror qabul qilmabsiz – Siz shunchaki yana o‘z-o‘zingizni aldashga kirishib ketibsiz!


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish