Test – soch turmagingiz siz haqqingizda so‘zlaydi?

Kitob haqida muqovasiga qarab hukm chiqarish mumkindir balki, ammo ayol haqida uning tashqi ko‘rinishiga qarab baho berish mumkin emas. Shunday bo‘lsa-da, soch turmagingiz siz haqingizda qanchalik ko‘p ma’lumot berishini bilsangiz, hayron qolasiz. Quyidagi savollarimizga javob berish orqali o‘zingizga tashqaridan nazar tashlashga muvaffaq bo‘lasiz.

  1. Ayni damda sochingizning rangi qanday?

A) Tabiiy rang.

B) Qora, jigarrang, baqlajon.

V) Zamonaviy usulda bo‘yalgan – bronding, ombre, shatush…

G) Olovrang yoki boshqa bir yorqin rang.

  1. Sochingizni bo‘yaysizmi?

A) «Yo‘q, hech qachon, men tabiiylik tarafdoriman».

B) «Oqlarini bekitish va rangini biroz to‘qroq qilish uchun ozgina bo‘yayman».

V) «Har doim! Hatto, sochimning tabiiy rangi qandayligini ham unutib qo‘yganman».

G) «Rang-baranglikni yoqtiraman. Bir rangni uzoq ushlab turmayman».

  1. Uzunligi-chi?

A) «Belimga tushadi».

B) «Elkamdan sal tushadi. Shunisi qulay».

V) «Kare yoki uzun bob».

G) «Sochlarim kalta. Bunga jur’atim yetganidan faxrlanaman».

  1. Qanday turmaklarni yoqtirasiz?

A) «Tabiiy obrazlarni yaxshi ko‘raman».

B) «To‘y-hashamlarda noodatiy turmaklashni yoqtiraman. Hollivud aktrisalarining gajaklari, ayniqsa, havasimni keltiradi».

V) «Vaqti-vaqti bilan zamonaviy obrazlarni o‘zimda sinab ko‘raman. Ijtimoiy tarmoqlar orqali doim turmaklar haqidagi ma’lumotlarni kuzatib boraman».

G) «Har kuni har xil bo‘lishni istayman: bugun sochlarimni o‘rsam, ertaga yoyib yo jingalak qilib olaman».

  1. Sochingizning nimasini o‘zgartirishni istardingiz?

A) «Hech nimasini. Men o‘zimga yoqaman».

B) «Sochlarim qalinroq bo‘lishini istardim».

V) «O‘stirgim keladi! Sabr, sabr va yana sabr!»

G) «Butkul yangi obrazni sinab ko‘rgim keladi. Ammo hech jur’at etolmayapman».

  1. Har tong turmak uchun qancha vaqtingizni ajratasiz?

A) 5 daqiqadan kam.

B) 5–10 daqiqa.

V) 10–15 daqiqa.

G) 15 daqiqadan ko‘p.

  1. Tokchada soch parvarishiga mo‘ljallangan nechta vosita turadi?

A) «Shampun’ va kondisioner bo‘lsa kifoya».

B) «5–7 ta narsa: stilistim tavsiya etgan shampundan tortib, dugonalarim sovјa qilgan soch niqoblarigacha».

V) «Asosan soch turmagini qotirishga mo‘ljallangan vositalar: lak, gel’, muss…»

G) «Unday narsalarimning sanoјi yo‘q va ular faqat tokchada emas, boshqa joylarda ham turadi».

  1. Sochlaringizga ta’rif beringchi.

A) «Parvarishlangan, jilokor, mustahkam, soјlom… Tinmay maqtashim mumkin!»

B) «Xira va jonsiz».

V) «Quruq, xashakka o‘xshaydi. Yana qanday «antixushomadlar» bor edi?»

G) «Risoladagi sochlar».

Natija:

A javoblar ko‘p bo‘lsa…

Siz latofatli, nafis, oqko‘ngil ayolsiz. Balki ayrim o‘rinlarda jur’atsiz va uyatchanligingiz ham bordir. Atrofingizdagilar yana ko‘plab fazilatlarni sizda ko‘rishlari mumkin. Shunga qaramay, ishning ko‘zini biladigan odamsiz: vaqtni bekorga sarflamaysiz va vaziyatga tez moslashasiz. Ammo ba’zan hayotingizda yorqin ranglar yetishmayotgandek tuyuladi. Bu ranglarni paydo qilish uchun esa soch rangini o‘zgartirishning o‘zi kifoya. Bu borada tajriba qilishdan qo‘rqmang va moda olami yangiliklarini kuzatib boring.

B javoblar ko‘p bo‘lsa:

Tavakkal qilishni va o‘ylamay ish ko‘rishni yoqtirmaysiz. Har bir qadamingiz yaxshilab o‘ylangan. Gap ishdagi yangi loyiha ustida ketadimi yoki soch turmagimi – muhimi bu emas. Siz juda konservativsiz, lekin buni atrofdagilarga oshkor etgingiz kelmaydi. Shu sababli ham sochingizning rangini keskin o‘zgartirishni ma’qul ko‘rmaysiz, siz uchun tabiiy ranglar yoqimli. Lekin zamonaviy moda o‘ta konservativ insonlar uchun ham ma’qul keladigan talay yangiliklarni taklif etmoqda. Yangiliklardan boxabar bo‘ling.

V javoblar ko‘p bo‘lsa:

Irodali, jur’atli, shu bilan birga romantik tabiatli ayolsiz. Sayohat qilishni yoqtirasiz, vaziyat va makonni o‘zgartirish istagi sizni doim o‘ziga jalb etadi, chorlaydi. Ochiqqinasiz, qarama-qarshi jins vakili bilan oson til topishasiz. Imijingizni tez-tez o‘zgartirib turish yoqadi: ishvakor, jiddiy, sirli bo‘la olasiz. Bu rang-baranglik soch turmagingizda o‘z aksini topadi.

D javoblar ko‘p bo‘lsa:

Bir joyda tek tura olmaydigan, hayotni sevadigan, chaqqon va jonsarak insonsiz. Ba’zan qattiqqo‘l, doim mustaqilsiz. Siz bilan yurgan odam zerikmaydi, bunisi aniq! Erkinlik va yumorni yaxshi tushunadigan insonsiz. Har doim shunday bo‘lib qoling!


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish