Test. Odamlarga ishonasizmi?

PSIXOLOGIK TEST!

ODAMLARGA ISHONASIZMI?

Suhbatdoshga bo‘lgan ishonchsizlik odamning so‘zlaridan, ko‘z qarashlaridan sezilib turadi. Buni payqagan suhbatdosh ham darhol muomalani o‘zgartirishi mumkin. Xo‘sh, natija-chi? Oqibatda o‘rtadagi munosabatlarga putur yetadi. Keling, siz ham ushbu test yordamida boshqalarga nisbatan ishonchingiz qay darajada ekanini tekshirib ko‘ring.

  1. Odamlar ko‘pincha boshqa narsani gapirishadi-yu, amalda boshqacha ish yuritishadi. Shu rostmi?
    a) Ha, bu ajoyib! (2 ball)
    b) Bo‘lib turadi (1 ball)
    v) Bo‘lishi mumkin emas (0 ball)
  2. Kunlarning birida yaqin do‘stingiz sizni aldayotganini payqasangiz:
    a) Bilmaslikka olaman (0 ball)
    b) Aldayotganini fosh etaman (1 ball)
    v) Menga bu ishi yoqmasa-da, ortiq aldamasligini iltimos qilib o‘tirmayman (2 ball)
  3. Ko‘pchilik garchi qiyin bo‘lsa-da, faqat haqiqatni gapirishni ma’qul ko‘rishadimi?
    a) Yolg‘on gapdan nima foyda (0 ball)
    b) Bir narsa deya olmayman (1 ball)
    v) Haqiqat baribir hayotda kamroq bo‘lsa kerak (2 ball)
  4. Har qanday sohada hamkorlikka shay odammisiz?
    a) Ha, meni bu narsa ilhomlantiradi (0 ball)
    b) Har doim ham emas (1 ball)
    v) Yo‘q, menga hech kim halal bermasa deyman (2 ball)
  5. Siz boshqalarning og‘irini yengil qilishdan o‘zingizni tiyasizmi?
    a) Buni faqat o‘zim bilaman (2 ball)
    b) Gohida bo‘lib turadi (1 ball)
    v) Har kimning hayotga o‘z qarashlari bor (0 ball)
  6. Afsuski, tez-tez shunday voqealar bo‘ladiki, yaqin do‘stlaringiz tashqaridan turib sizni g‘iybat qilishadi.
    a) Buni anchadan beri sezaman (2 ball)
    b) Bo‘lishi mumkin (1 ball)
    v) Yo‘q, men do‘stlarimga ishonaman (0 ball)
  7. Qachondir yaqin do‘stingiz sizga buyruq bera boshlasa, qanday yo‘l tutasiz?
    a) Atayin teskarisini qilaman (2 ball)
    b) Turlicha yo‘llar tutaman (1 ball)
    v) Bahslashib o‘tirmayman (0 ball)
  8. Agar kimnidir tanqid qilsangiz-u, u to‘g‘ri yo‘lga tushib olsa va tanqidingiz javobsiz qolib ketsa:
    a) Eslatib o‘tirmayman (0 ball)
    b) Bir narsa deya olmayman (1 ball)
    v) Yana takrorlab, eslatib ko‘raman (2 ball)
  9. Odamlar gohida o‘zlarini juda g‘alati tutishadi va oqibatda xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Shunday bo‘lganda siz qanday yo‘l tutasiz?
    a) Birovlarning xatolaridan xulosalar chiqaraman (0 ball)
    b) Turlicha yo‘llarni qidiraman (1 ball)
    v) Ularning ishlariga aralashmayman (2 ball)
  10. Ko‘ngilsiz vaziyat yuzaga keldi-yu, kimdir sizga jahl qila boshlasa:
    a) Uni tinchlantirishga urinaman (0 ball)
    b) Nima qilishni bila olmagan bo‘lardim (1 ball)
    v) Bu mening ham jahlimni chiqaradi (2 ball)

NATIJALAR:

0 BALLDAN 6 BALLGACHA:

Siz ishonuvchan, ochiq va rashk nimaligini bilmaydigan odamsiz. Odamlar bilan tez til topishib keta bilasiz. Ko‘ngilsizliklarni, xafagarchiliklarni tez unutasiz.

7 BALLDAN 14 BALLGACHA:

Har doim ham boshqalarga ishonib ketavermaysiz. Agar yolg‘onchiligini bilib qolsangiz, o‘sha odam bilan hamkorlik qilishdan darhol bosh tortasiz. Gohida uzoq vaqt kek saqlab yuradigan odatingiz ham yo‘q emas.

15 BALLDAN 20 BALLGACHA:

Siz odam faqat o‘ziga ishonishi lozim deb hisoblaysiz. Faqat yolg‘iz ishlashni, dam olishni ma’qul ko‘rasiz. Kimdir sizga yoqmasa, beo‘xshov harakatlari bilan jahlingizni chiqarib qo‘ysa, uzoq vaqt ko‘z oldingizdan ketkaza olmay qiynalasiz. Sizni boshqalarning manfaatlari, qiziqishlari, orzu-umidlari va armonlari umuman qiziqtirmaydi. Faqat o‘zingiz haqingizda o‘ylaysiz, qayg‘urasiz va shu hayotni bir umrga o‘zingiz uchun shior qilib olgansiz.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish