Stress, ruhiy tushkunlik – bundan chiqib ketish yo‘llari bor!

Keyingi paytlarda stress, tushkunlikka tushish kabi so‘zlar tez-tez qo‘llaniladigan bo‘lib qoldi. Bu holat ba’zida oilaviy ajrimlar, ba’zan o‘z joniga qasd qilishga urinishdek xunuk oqibatlarni keltirib chiqarayotgani odamni tashvishga soladi. Stress nima? Uning yuzaga kelishiga qanday omillar sabab bo‘ladi, kabi savollarga javob olish maqsadida «Oila va jamiyat» gazetasining muxbiri Nigora Rahmonova 2-shahar ruhiy-asab kasalliklari dispanseri psixologi Nozima Nosirova bilan suhbatlashdi.

– “Stress” inglizcha so‘z bo‘lib tanglik, zo‘riqish, bosim degan ma’nolarni anglatadi. Oddiy tilda tushkunlikka tushish, deyiladi. Bu ba’zida oz fursat, ba’zida uzoq vaqt kechishi mumkin. Ikkala holatda ham insonga zarar yetkazadi. Ya’ni, aqliy faoliyatning susayishi, yurak urishi tezlashishi, qon tomirlari kengayishi, ichki kasalliklar – oshqozonda yallig‘lanishlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Stressning salbiy tomonlaridan yana biri miyani tormozlab, ma’nosiz fikrlaydigan darajaga tushirib qo‘yishi mumkin. Agar odam tez-tez tushkunlikni boshidan kechirsa, atrofdagilar bilan gaplasha olmaydigan holatga tushadi. Stress natijasida inson o‘ziga past baho bera boshlaydi. Oqibatda o‘zini yolg‘izdek, yaqinlariga keraksizdek his qiladi. Sekin-asta ruhiy tetiklik yo‘qola boshlaydi.
– Stressning ilk belgilari qanday namoyon bo‘ladi?
– Uning fiziologik va psixologik turlari mavjud. Bir narsadan qattiq qo‘rqib ketish, kutilmaganda avtohalokat yoki tabiiy ofatga uchrash, tanasidagi birorta kasallik oqibatini bilib qolish, to‘satdan yaqin kishisini yo‘qotish fiziologik stressni keltirib chiqaradi. Psixologik stress – insonning emosional holati bilan bog‘liq. Bu ko‘proq qaynona-kelin, er-xotin yoki ona va bola o‘rtasidagi mojarolar tufayli kelib chiqadi. Uzoq vaqt birga bo‘lgan sevgilisidan ajralish yoki to‘satdan ishdan bo‘shatilish holatlari ham psixologik stressni keltirib chiqaradi. Har ikki holat insonni ham tashqi qiyofasiga, ham ichki dunyosiga ta’sir ko‘rsatadi va albatta, asoratlari bo‘ladi.
– Ba’zi odamlarda fiziologik yoki psixologik stress holati kuzatilmasa-da, hayotdan zerikish, o‘zidan qoniqmaslik, yashashga bo‘lgan istak kamayib ketadi. Bu holatni qanday baholaysiz?
– Bu holat inson yoshlikda yoki hayoti davomida yaqin odamidan ko‘ngli to‘lmay yashashi natijasida yig‘ilib qolgan tanglik oqibatida paydo bo‘ladi. Ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topolmaslik, atrofdagilar tomonidan tan olinmaslik natijasida yig‘ilib qolgan asoratlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Bu omillar bir kun kelib ta’sirini ko‘rsatadi. O‘zini kamsitilgandek his qilish, hayotning qizig‘i yo‘qdek tuyulishi natijasida yolg‘izlanib qoladi va joniga qasd qilish haqida o‘ylay boshlaydi. Joniga qasd qilish irodasizlikdan kelib chiqadi. Hammasiga nuqta qo‘ysam, qutulaman, deb o‘ylaydi. Odamning xayoliga bu fikr kelishi bilan o‘z ustida ishlashi kerak. Kamchilik va xatolarga yo‘l qo‘yish, uni tuzatish insonga xos. Ammo hayotni to‘xtatishga diniy tarafdan ham, ruhiy tarafdan hech kim haqli emas

– Tan olish kerak, ba’zi erkaklar ayolining nuqsonlari va xatolarini farzandlari yoki atrofdagilar yonida oshkora aytib kamsitishadi, jerkiydi. Bu holat ayolni stressga tushirishi mumkinmi?
– Albatta, ayolning stress­ga tushishiga atrofdagilar ham sababchi. Ma’lum ma’noda, uning xarakteri ham rol’ o‘ynaydi. Hayotda optimist va pessimist insonlar bor. Masalan, optimist ayollar eri tomonidan kamsitilganda unchalik ahamiyat bermaydi, bundan fojea yasab, tushkunlikka tushmaydi. Pessimistlar esa ro‘zg‘oridagi yetishmovchiliklarga hatto kartoshkaning tugab qolganiga ham fojea deb qaraydi. Turmush o‘rtog‘i tomonidan kamsitilishi ularga judayam qattiq ta’sir qiladi. Hattoki, tushkunlik holatlarini keltirib chiqaradi. Inson kamchiliklarsiz yasholmaydi. Kamchilik­larni tuzatsak – yangisi paydo bo‘ladi. Hayot xatolarni tuzatishdan iborat. Ayol kishi o‘zining kamchiliklarini tan olishi kerak. Tashqi ko‘rinishi, ichki dunyo­si yoki qilayotgan ishlari tarafidan kamsitildimi, albatta, buni inobatga olishi shart. Eriga: “To‘g‘ri aytdingiz, shunga e’tibor bermaganimni qarang-a, bahonada shu kamchiligimni to‘g‘rilab oldim, rahmat sizga”, desa olam guliston. Shunda er-xotin o‘rtasidagi munosabat yanada iliqlashadi.

– Ba’zi bir ayollar uydagi arzimagan janjal tufayli ham o‘z jonimga qasd qilaman, deb atrofdagilarni xavotirga soladi. Bu usul bilan ayol nimaga erishishi va nimalarni boy berishi mumkin?
– Insonlarda shunaqa xarakter xususiyati bor. Psixologik til bilan aytganda “aksentuasiya” ya’ni, xarakterdagi normadan og‘ish. Bunday xususiyatli insonlar o‘zini ko‘rsatishga, janjal yoki baqir-chaqir holatiga tushishga moyil bo‘lishadi. Yaqinlarimni qo‘rqitib olsam, shundagina o‘zim xohlagandek yashayman, degan fikrda yuqoridagidek yo‘l tutishadi. Ularning yaqinlari bu usul bilan hech narsaga erisha olmasligini tushuntirishi kerak. Ayollar chiroyi, iffati, samimiyati, yolg‘on gapirmasligi bilan turmush o‘rtog‘ining hurmatiga ega bo‘ladi. Dori ichib, o‘zimni mashina tagiga tashlayman yoki tomirimni kesaman, o‘t qo‘yaman, osaman degan tahdidlar bilan o‘zini ko‘rsatib hech narsaga erisholmaydi. Bu xarakter ayolga faqatgina ziyon yetkazadi. Ya’ni, u atrofdagilar oldida hurmatini yo‘qotadi. Farzandlarini ruhiyatiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Turmush o‘rtog‘ining ko‘nglini sovutib, o‘zidan uzoqlashtiradi.
– Ba’zi bir qaynonalar o‘g‘li hamda kelinini izmida olib yurish maqsadida “hushidan ketish” sahnasini ko‘rsatishadi. Bu holatga psixologlar qanday baho beradi?
– Yuqorida aytilganidek, bu ham aksentuasiya holatiga kiradi. Ayrim ayollar yoshlikda kam e’tiborda bo‘lganligi sabab keksayganlarida o‘sha bo‘shliqni to‘ldirib, e’tibor qozonmoqchi bo‘lishadi. Pand-nasihat yo‘li bilan erisholmagach, teatr qo‘yishga o‘tishadi. Ularni shifoxonaga yotqizish mumkin emas. Urishib, xafa qilib ham bo‘lmaydi. Ba’zida bu holat ularning “foydasiga” o‘zining ijobiy natijasini berishi mumkin. Ammo tez-tez takrorlanaversa “soxta sahna” fosh bo‘lib qoladi. Unda onaning obro‘yi tushib, haqiqatan kasal bo‘lib qolsa ham hech kim e’tibor bermay qo‘yishi mumkin. Bu paytda qaynonalar kim bilandir dardlashgisi, keliniga nimalarnidir o‘rgatgisi, uqtirgisi keladi. Kelin qaynonaning nasihatlariga muhtoj bo‘lmasa ham uni uydagi katta inson, tajribali ayol sifatida tan olishi kerak. Ana shunda bunaqa holatlarni kamroq ko‘rishimiz mumkin. Ularga ko‘proq e’tibor qaratish bilan birga kelin, o‘g‘il, nevaralar “Biz sizni judayam yaxshi ko‘ramiz, uyimizni quyoshisiz”, degan jumlalar bilan ko‘ngillarini ko‘tarishi kerak.
– Tushkunlikdagi ayolni bu holdan chiqarish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
– Stress oqibatida depressiyaga tushgan ayollarga ayrim insonlar mehr bilan qaraydi. Qo‘llab-quvvatlagisi, yordam bergisi keladi. Lekin bunaqa insonlar hayotda juda kam uchraydi. Doimiy tushkunlikda yuradigan odamlar yaqinlarini ham charchatib qo‘yadi. Sababi ular judayam mayda gap, kayfiyatsiz, biron bir ishni oxirigacha bajara olmaydigan, hovliqadigan, o‘zidan va atrofdagilardan noliydigan xususiyatga ega bo‘lishadi. Bu esa yaqinlari va atrofidagilarni g‘ashiga tegadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham ularni qo‘llab-quvvatlash, yordam berish kerak. Har bir inson o‘z muammosini o‘zi yechadi. Psixologlar ularga yo‘l ko‘rsatishadi xolos.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish