SIZNI JUFTINGIZ BILAN QANDAY TUYG'ULAR BOG'LAB TURADI???

Muhabbat turfa xil bo‘ladi. Va undan xafsalangiz pir bo‘lmasligi uchun sizni juftingiz bilan qanday tuyg‘ular bog‘lab turganini va ularni qay tarzda mustahkamlashni bilish kerak…

«Bir-birimizni so‘zsiz ham tushunamiz»

❤️❤️❤️❤️❤️Muhabbat-do‘stlik. O‘zaro tushunish, bir to‘xtamga kela olish, qiziqishlarning o‘xshashligi… Baxt uchun yana nima kerak, dersiz? Rostdan ham bu eng mustahkam juftlikka xos xususiyatlar. Ammo…

Xavfi. Bunday munosabatga ko‘pincha «yig‘ilib-yig‘ilib, oxiri portlash» rahna solishi mumkin. Do‘stlik asosidagi muhabbat ko‘pincha juftliklardan biri oldingi muhabbat qissasida muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin yuzaga keladi. Do‘stim deb yurgan insonining qo‘llab-quvvatlashidan so‘ng (ko‘pincha bu holat qizlarda kuzatiladi) «baxtni uzoqdan izlashga hojat yo‘q» degan qarorga keladi. Bunday munosabatda juftlikning biri sevadi, ikkinchisi sevmasa-da, seviladi.

Nima qilish kerak? Tuyg‘ular o‘ta alangalanmasa-da, unutmang, sokin suvda suzuvchi muhabbat qayig‘i uzoqqa boradi.

«Hammasini to‘g‘ri hisobladimmi?..»

❤️❤️❤️❤️❤️Muhabbat-daromad. Ko‘pchilikka tanish holat: oshiq yigitning shaxsiy uyi, qimmatbaho mashinasi bo‘lsa, bu uning yoqimliligini oshiradi. Erkaklar buni juda yaxshi bilishadi va «hisob-kitob»ga asoslangan munosabatlarni aksariyat hollarda futbolchilarning bitta darvozaga gol urishiga qiyoslash mumkin. Siz sotuvchi, sherigingiz esa yoshligingiz va go‘zalligingiz xaridori.

Xavfi. Sizga bunday «shartnoma» ma’qul bo‘lsa ham muammolar tug‘ilishi mumkin. Bunday hayot ba’zida oltin qafasga tushib qolganlik hissini berishi mumkin.

Nima qilish kerak? Tanlang: muhabbatmi yoki boylik? Tanlovda shuni ham inobatga olingki, moliyaviy ahvol hamisha bir maromda kechmasligi mumkin.

«Negadir zerikayapman…»

❤️❤️❤️❤️❤️Muhabbat-odat. Insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi unga qat’iylik va xavfsizlik hissini beradi. Juftini tushunish, bir qarorga kelishda jiddiy qarama-qarshiliklarning bo‘lmasligi munosabatlarni uzoq saqlash imkonini beradi.

Xavfi. Bir xil hayot tarzi hammaga ham yoqavermaydi. Bu tarzdagi munosabatdan juftlik zerikib, bir-biriga qiziqishi so‘nib borishi mumkin.

Nima qilish kerak? Hayot tarzingizni rang-baranglashtiring! Imidjingizni o‘zgartiring, uyingizni o‘zgacha qilib bezating, yangi mashg‘ulotlar toping. Xullas, sevgilingizni o‘zgarishlar bilan hayratda qoldiring!

«Uni tushunib bo‘lmaydi»

❤️❤️❤️❤️❤️Muhabbat-azob. Kun bo‘yi qo‘ng‘iroq qilishini kutib o‘tirish, ich-etni yeydigan rashk, dugonalarning rahmdillik qilib beradigan maslahatlari — bularning barchasi hayotingizni uzoq davom etadigan serialga aylantiradi. Va siz keyingi «seriya»larda barcha muammolaringiz hal bo‘lishiga umid qilasiz.

Xavfi. Kun o‘tgani sari rashkingizga, muammolaringizga muammo qo‘shilaveradi. Ayniqsa, oilada farzand dunyoga kelsa, munosabatlarning bunday kechishi ko‘ngilni xira, vaziyatni battar chigal qiladi.

Yechim. Farzandli bo‘lishni rejalashtirayapsizmi? Unda muomala uslubingizni o‘zgartiring. Barcha muammolarni juftingiz bilan ortiqcha gap-so‘zlar, janjallarsiz hal qilishga urining.
«Boshqa kim ham qayg‘urardi?»

❤️❤️❤️❤️❤️Muhabbat-shafqat. «Yomon bo‘lsa ham boshimda erim bor!» Bu gapni siz ham eshitgandirsiz? Turmushga chiqmagan, yolg‘iz dugonalarini ko‘rganda aytiladigan shu birgina gap ham munosabatlarning qay tartibda ekanini anglatadi. Bunday muhabbatning ikkita sababi bor: yolg‘izlikdan qo‘rqish va ayollarga xos rahmdillik hissi.

Xavfi. Ajablanarlisi, bunday juftlikdagi erkak ancha qulay vaziyatda bo‘ladi. Chunki u nima bo‘lgan taqdirda ham sevgilisi yonida bo‘lishiga ishonadi. Ayol esa ertami kechmi, eri uning g‘amxo‘rligi va mehribonligidan yana-da ko‘proq foydalana boshlashidan jazavaga tushadi.

Yechim. Juftingizga mehribonlikda davom eting, lekin o‘ta taltayib ketib, hatto uydagi erkak kishi talab etiladigan ishlarni ham bajarmay qo‘yishiga yo‘l qo‘ymang. Buning uchun «uy ishlarini qilmaysiz», deb janjal ko‘tarish shart emas. Eringiz odatlangan mehribonligingizdan foydalansangiz kifoya.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish