Javoblar
Beixtiyor qo‘llaringizni mushtlang. Ko‘pchilik 3 va 4 rasmdagi holatda musht qilar ekanlar.
1. Bu turdagi odamlar tortinchoq bo‘lsalarda ko‘p hollarda o‘ta aqlli insonlar bo‘lishadi. Ular ko‘p narsalarni biladilar, turli-tuman qiziqarli ma’lumotlarga boy bo‘ladilar, bir so‘z bilan aytganda “tirik ensiklopediya”dirlar. Bunday insonlar bir kasbda to‘xtab qolmaydilar. Mavhum bo‘lgan narsalarni aniqlashga bo‘lgan kuchli istak sabab yangidan yangi bilimlarni o‘zlashtirish, dunyoni kengroq anglashga chanqoqdirlar va ularning tez o‘zlashtirib olish qobiliyatlari bunga to‘liq imkon beradi. Demak bu turdagi insonlarni ixtirolar, yangicha qarashlar, g‘oyalar yaratuvchisi deyish mumkin.
Xarakterning teskari tomonlari: Bu toifadagi kishilarning aslida qanday inson ekanliklarini bilish har kimga ham nasb qilavermaydi, chunki ular juda sirlidirlar.
2. Bu turdagi insonlar o‘zlarini o‘zlari yaratadilar. Ko‘rinishdan g‘amgin qiyofa kasb etsalarda, aslida juda muloyim va nozik qalb egasi bo‘ladilar. Ular biror narsani faqat kerak bo‘lsagina o‘rganadilar. Ortiqcha narsalarga ko‘pam bosh qotirmaydilar. Agar siz ushbu toifa insonlar sirasiga kirsangiz xursand bo‘lavering, sizda intuitsiya juda yaxshi, lekin u ko‘proq texnik xarakterga ega, chunki sizning miyangizda doimo taqqoslash, hisoblash va eng yaxshi yechimni tanlash amallari aylanadi.
Xarakterning teskari tomonlari: Ularni muhokama qilishdan ko‘ra ortga chekingan ma’qul, yoki umuman muhokama qilmagan afzal. Siz kamyob insonlar toifasidansiz, lekin sizningcha ko‘pam buni to‘g‘ri baholashmaydi!
3. Bu turdagi insonlar haqiqatga tik boquvchi, o‘z o‘rinlarida mustahkam turuvchi, ishbilarmon va hisoblidirlar, lekin bu aslo ularni o‘zgalar hisobidan foyda ko‘radi degani emas. Ularda hayotda o‘z o‘rinlarini topish uchun ijodiy qobiliyatlar bisyor va ular hayotdan o‘zlari uchun nima olishni yaxshi biladilar. Agar bunday insonlar ko‘magi bo‘lsa tog‘ni talqon qilishdan ham cho‘chimasangiz bo‘laveradi. Qisqasi – to‘g‘ri so‘z, ishonchli va jiddiy!
Xarakterning teskari tomonlari: Ko‘zlangan cho‘qqiga yetgach, yerga tushishni esdan chiqarmang. Voqealar ketma-ketligidan uzoqlashib real vaziyatni ko‘pam to‘g‘ri baholay olmaysiz. To‘g‘ri yo‘lni ko‘ra bilish uchun siz doimo harakatda bo‘lishingiz lozim.
4. Bu toifa insonlar kuzatuvchan va sinchkov bo‘ladilar. Ular hatto mayda zarralardan “qasr”, kichik so‘mmalardan esa yirik moliyaviy imperiya qurishlari mumkin. Buning uchun ularga kichik sarmoya ham yetarli bo‘ladi. Ular mablag‘ va ish kuchini to‘g‘ri taqsimlay oladilar. Bunday toifa insonlarning shiori “Sekin-sekin yurib uzoqqa yetasan”. Ular aslo maqtanishni yoqtirmaydilar va sokinlik, tinchlikni afzal koradilar.
Xarakterning teskari tomonlari: Boshqa toifadagi insonlar bilan tanishish sizga yanada kengroq imkoniyatlar eshigini ochadi. Buning uchun o‘z “qobig‘ingizdan” biroz bo‘lsada chiqishni maslahat beramiz. Xavotir olmang, tug‘ma ehtiyotkorlik hissi sizni har qanday balodan asraydi. Oxir oqibat albatta g‘alabaga erishasiz, faqat buni kim bilan nishonlashni bilsangiz bas!
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.