Siz o‘zingiz haqingizda bilmagan 20 ta psixologik faktlar

1. Siz “e’tiborsizlik ko‘rligi” dan azob chekasiz

“Ko‘rinmas gorilla” tajribasi haqida eshitmagan bo‘lsangiz kerak. Bu tajriba olib borilayotgan vaqtda jarayon videoga olingan. Ushbu videoda oq koftali odamlar necha marta bir birlariga to‘pni tashlaganlarini sanash kerak bo‘ladi. Bu “e’tiborsizlik ko‘rligi” deb nomlanuvchi jarayondir. Fikr shundaki, biz biror vazifaga butun e’tiborimizni berganimizda, ko‘pincha deyarli “burnimiz tagida” sodir bo‘layotgan narsalarni ko‘rmay qolamiz. Ushbu tajribada gorilla kiyimidagi inson o‘yinchilar guruhi orasida o‘tadi, to‘xtaydi va qaytib ketadi. To‘p otishlarni sanash bilan ovora ishtirokchilar ko‘pincha gorillani shunchalik ko‘rishmaydi. Bundan tashqari, gorilla chiqishi haqida biladigan odamlar yanada e’tiborsiz bo‘lishadi va boshqa o‘zgarishlarni sezmay qolishadi (masalan, pardalar rangining o‘zgarishi, bir qizning ketishi).

2. Siz bir vaqtda atigi 3-4 ta elementni eslab qolishingiz mumkin

“Sehrli 7 soni plyus minus 2” qoidasi bor, va unga asosan odam bir vaqtning o‘zida 5-9 blok ma’lumotdan ortig‘ini eslab qololmas ekan. Qisqa vaqtli xotirada ma’lumotning ko‘pgina qismi 20-30 soniyaga eslab qolinadi, va so‘ng biz uni darhol unutamiz, agar qayta-qayta takrorlamasak, albatta. Ba’zi odamlar xotirada 7 sonni qisqa vaqt ichida saqlab qolsalarda, bizning barchamizga miyamizda 10 ta sonni saqlab qolish qiyindir. Oxirgi tadqiqotlar ko‘rsatishicha, biz bir vaqtning o‘zida undanda kamroq: 3-4 blok ma’lumotni saqlashimiz mumkin. Biz qabul qilgan ma’lumotlarni guruhlashga harakat qilsakda? Bizning qisqa vaqtli xotiramiz cheklangan bo‘lib qoladi. Shu misolda telefon raqami biz uni tezroq eslab qolishimiz uchun bir necha qaramlar guruhiga bo‘lingan.

3. Biz qizil va ko‘k ranglar birikmasini yomon qabul qilamiz

Bu ranglar ko‘pgina milliy bayroqlarda ishlatilsada, qizil va ko‘k ranglar bir biriga yaqin turganida bizning ko‘zlarimiz buni og‘ir qabul qiladi. Bu ba’zi ranglar “ustun turishi” va boshqasi yo‘qolib qolishiga olib keluvchi “xromostereopsis” nomli ta’sir oqibatida sodir bo‘ladi. Bu ko‘zlarning qizishini va charchashini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha bu ta’sir qizil va ko‘k hamda qizil va yashil ranglar birikishida yuzaga keladi.

4. Siz narsalarni bir turda ko‘rasiz, va boshqa turda qabul qilasiz.

Kembridj universiteti tadqiqotiga binoan, “Sizda harflar tabiatan qanday turishi muhim emas. Eng muhimi, birinchi va oxirgi harflar o‘z joyida turishi lozim”. Hatto barcha qolgan harflar aralashtirilgan bo‘lsa ham, siz gapni o‘qib olishingiz mumkin. Buning sababi shundaki, inson miyasi har bir harfni o‘qimaydi, u so‘zni butunligicha o‘qiydi. U sezgi organlaridan oladigan ma’lumotlarni doimiy ravishda o‘rganib chiqadi, va siz ma’lumotni (so‘zlarni) qanday qabul qilishingiz, qoida bo‘yicha, siz ko‘radigan (aralash harflar) dan farq qiladi.

5. Siz chuqur e’tiboringizning atigi 10 daqiqa ichida saqlab turishga qodirsiz

Hatto majlisda o‘tirgan bo‘lsangiz ham, mavzu sizni qiziqtirsa ham va odam uni qiziqarli tarzda aytib berayotgan bo‘lsada, siz unga eng ko‘pi bilan 7-10 daqiqa ichida e’tibor qaratasiz. Bundan so‘ng e’tiboringiz susayishni boshlaydi va keyinchalik e’tiborni saqlab turish uchun siz tanaffus qilishingiz lozim bo‘ladi.

6. Rohatlanishni chetga surish qobiliyati bolalikdan paydo bo‘ladi

Sizning o‘z xohishlaringizni o‘sha zahotiyoq orqaga surish qobiliyatingiz bolalikdan shakllanadi. Bolaligidan xohishlarini orqaga surgan insonlar, maktabda yaxshi o‘qishgan, va stress hamda ko‘ngil so‘nishi bilan yaxshi kurasha olishgan.

7. Biz vaqtning 30% da orzularga berilamiz

Osmonda parvoz qilishni yoqtirasizmi? Ruhshunoslarga ko‘ra, biz hammamiz kamida 30% vaqtimizda orzularga berilamiz. Ba’zilar esa bundan ham ko‘proq vaqtni bu mashg‘ulotga ajratishadi, va bu doim ham yomon emas. Tadqiqotchilar ta’kidlashlaricha, orzu qilishni sevadigan odamlar, qoida bo‘yicha, ancha o‘ychan va turlicha muammolarni yengilroq hal qilishadi.

8. Odat 66 kun ichida shakllanadi

U yoki bu harakatlar qanchalik tez bizning odatlarimizga aylanishini o‘rganayotgan olimlar, bu uchun bizga o‘rtacha 66 kun kerakligini aniqlashdi. Biz ega bo‘lmoqchi bo‘lgan odat qanchalik qiyin bo‘lsa, unga ega bo‘lish uchun shunchalik ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Shunday qilib, jismoniy mashqlarni bajarish odati avtomatik bo‘lib qolishi uchun, tushlikka meva yeyish odatini singdiruvchilarga sarflanadigan vaqtga nisbatan 1,5 barobar ko‘proq vaqt sarflanadi. Hatto siz bir yoki ikki kunni tashlab o‘tsangiz, bu odatni rivojlantirishga hech ham ta’sir qilmaydi, lekin izma-iz bir nechta bajarilmagan kunlar jarayonni sekinlashtirishi mumkin.

9. Siz kelajakdagi hodisalarga bo‘lgan reaksiyangizni haddan tashqari baholaysiz

Biz kelajakni unchalik yaxshi baholay olmaymiz. Aniqrog‘i, Biz kelajakda sodir bo‘ladigan hodisalarga, xoh u yaxshi, xoh u yomon bo‘lsin, haddan ziyod baho beramiz. Tadqiqotlarga ko‘ra, odamlar turmush qurish yoki yirik yutuq kabi musbat voqealar bizni baxtliroq qiladi, haqiqatda unchalik bo‘lmasa ham. Xuddi shunday, negativ hodisalar, ishdan ozod bo‘lish yoki favqulodda holat kabilar bizda, haqiqatdagidan ko‘ra ancha ko‘proq tushkunlikka olib keladi deb o‘ylaymiz.

10. Siz boshqa kishini ayblaysiz, holatni emas (holatni, o‘zingizni emas)

Uchrashuvga kech qolayotgan odamni, va siz uni kutayotgan vaqtni bir eslang. O‘shanda siz uning kech qolishini javobgarsizlik va e’tiborsizlik deb tushungansiz. Xuddi shunday holatda siz esa sababini tashqi holatlarga (yo‘llardagi gavjumlik) ag‘dargansiz. Psixologiyada bu “atributsiyaning fundamental xatosi” deb nomlanadi – ya’ni boshqalarning harakatlarini shaxsning ichki xislatlarini ayblagansiz, o‘z harakatingizni esa – tashqi omillarni ayblaysiz (“mening boshqa ilojim yo‘q edi”, “omadim chopmadi”). Afsuski, nohaq xulosalarga kelishimizni sezib turib, biz baribir xuddi o‘sh fundamental xatoga yo‘l qo‘yaveramiz.

11. Cheklangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan do‘stlar soni

Ijtimoiy tarmoqlardagi minglab do‘stlaringiz bilan maqtana olsangiz ham, aslida ular sizda ancha kamroq. Ruhshunoslar va antropologlar “Danbar soni” ni aniqlashdi – ya’ni odamda bo‘lishi mumkin bo‘lgan yaqin aloqalarning maksimal soni 50 tadan 150 tagacha yetadi.

12. Siz ovqatga va xavfga e’tibor bermay tura olmaysiz

Odamlar favqulodda holatlarni ko‘rib qolganlarini to‘xtab tomosha qilishlariga e’tibor berganmisiz? Aslida biz xavfli holatlarga e’tibor bermasdan tura olmaymiz. Har bir inson miyasida tirik qolishga javob beruvchi maxsus qadimiy tuzilma mavjud va u so‘rab turadi: “Men buni yeya olamanmi? Bu meni o‘ldirmaydimi?”. Ovqat, hayot va xavf – bu insonni xavotirlantiradigan narsalardir. Axir ovqatsiz odam halok bo‘ladi, agar inson halok bo‘lsa, boshqa barchasining ma’nosi yo‘qoladi.

13. Siz avallari hech qachon bajarmagan ishni qanday bajarishni bilasiz

Siz oldin iPadni ko‘rmagan deb tasavvur qiling, sizga uni berishdi va unda kitoblar o‘qib turishni aytishdi. Hali iPadni yoqish va undan foydalanishni boshlashingizdan oldin, miyangizda uni qanday qilib kitob sifatida o‘qishning modeli bo‘ladi. Sizda kitob ekranda qanday turishi, qanday funksiyalardan foydalanishni, va buni qay tarzda amalga oshirishingiz haqida takliflar bo‘ladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, sizda buni oldin hech ham qilmagan bo‘lsangiz ham, planshetdan kitob o‘qishning “fikriy modeli” bo‘ladi. Sizning bu modelingiz sizdan oldin elektron kitoblar o‘qiganlarnikidan, va hatto iPad nimaligini bilmaydiganlardan farq qiladi. Bizning fikriy modellarimiz to‘liqmas faktlar, avvalgi tajriba va hatto sezgilarga ham asoslanadi.

14. Sizning kuchingiz yetadigandan ortiq tanlov bo‘lishini xohlaysiz

Xohlagan supermarketga kirganingizda, siz mahsulotlarning katta assortimentini ko‘rasiz va buning sababi – odamlarga katta tanlov kerakligi. Supermarketda o‘tkazilgan tadqiqotlarning birida ishtirokchilarga avvaliga 6 xil djemni, keyin esa 24 xil djemni taklif qilishdi. Odamlar 24 xillik djemlar qatorida ko‘proq to‘xtalib o‘tgan bo‘lsalarda, ular 6-xillik qatordan 6 barobar ko‘proq djem xarid qilishgan. Buning ma’nosi oson: ko‘proq istaymiz deb tuyulish faktidan qat’i nazar, bizning miyamiz bir vaqtning o‘zida cheklangan sonli elementlar bilan ishlay oladi.

15. Siz biror narsa bilan band bo‘lgan paytingizda ancha baxtliroqsiz

Tasavvur qiling siz aeroportda o‘tiribsiz va yukingizni olishingiz kerak. Bunda yuk tarqatish joyiga yetib borishingiz uchun 12 daqiqa sarflanadi. Yuk tarqatish lentasiga yaqinlashganingizda, siz darhol uni olasiz. Shu payt o‘zingizni qanchalik toqatsiz his etasiz? Endi shunga o‘xshash hodisani tasavvur qiling, faqat endi siz yuk tarqatish yo‘lakchasigacha 2 daqiqada borasiz va yukingizni 10 daqiqa kutasiz. Ikkala holatlar ham yukingizni olish vaqti 12 daqiqani tashkil etgan bo‘lsada, ikkinchi holatda siz ancha toqatsizroq va baxtsizroq bo‘lgansiz. Agar insonda aktiv harakatlanish sababi bo‘lmasa, u hech narsa qilmaslikka qaror qiladi. Bu bizga energiyani tejashga yordam bersada, bekorchilik o‘zimizni toqatsiz va baxtsiz his etishga majbur etadi.

16. Ko‘pgina qarorlarni siz beixtiyor qabul qilasiz

Bizning barcha qarorlarimiz yaxshigina nazorat qilinayotgan va o‘ylab chiqilgan deb o‘ylash yoqsada, tadqiqotlarga ko‘ra, har kunlik qarorlar aslida beixtiyor qabul qilinadi, va buning sababi bor. Har soniyada bizning miyamizni 11 millionga yaqin individual ma’lumot birliklari hujum qiladi, va biz buni yaxshilab tekshira ololmasligimiz sababli, beixtiyor ongimiz qaror qabul qilishga yordamlashadi.

17. Siz o‘z xotiralaringizni o‘zgartirasiz

Biz o‘z xotiralarimizni o‘z boshimizda qayta o‘ynaydigan kichik “filmlar” dek qabul qilamiz, va ular xuddi kompyuterimizdagi video kabi saqlanadi deb o‘ylaymiz. Ammo bu unday emas. Har doim qandaydir hodisaga fikran qaytganingizda, siz uni o‘zgartirasiz, chunki nerv yo‘laklari har doim turlicha aktivlashadi. Bunga ancha keyingi hodisalar ham, xotiradagi bo‘shliqlarni to‘ldirish xohishi ham ta’sir qilishi mumkin. Shunday qilib siz, misol uchun, qarindoshlar uchrashuvida kimlar qatnashganini eslab qololmaysiz, lekin xolangiz odatda qatnashadigan bo‘lganliklari uchun, u kishi vaqti kelib o‘z xotirangizga qo‘shib qo‘yishingiz mumkin.

18. Siz bir vaqtning o‘zida bir nechta ishni bajara olmaysiz

Agar siz bir nechta ishni bir vaqtning o‘ziga bajara olaman desangiz, xato qilasiz. Olimlar, biz bir vaqtning o‘zida 2-3 ta ishni qila olmasligimizni isbotlashdi. Albatta, biz yurib o‘rtog‘imiz bilan gaplasha olamiz, ammo bizning miyamiz vaqtning muayyan qismida faqat bitta ishga diqqat bilan qaraydi. Bu, biz ikkita har xil narsalar haqida o‘ylay olmasligimizni bildiradi.

19. Sizning eng yorqin xotiralaringiz xatodir

Psixologiyada xavotirlanadigan va dramatik hodisalar haqida xotiralarni “xotira-uchqun” deb nomlanadi, va ular aslida xatoga to‘la ekan. Buning yorqin misoli 11 sentyabr bilan bog‘liq hodisalardir. Ruhshunoslar ishtirokchilarga teraktdan biroz o‘tib va 3 yildan so‘ng nima bilan shug‘ullanganlarini, qayerda bo‘lganlarini va shu hodisa bilan bog‘liq boshqa savollarni berishdi. Aniqlanishicha, ancha keyingi tushuntirishlar birinchi tushuntirishlardan 90 foizga farq qilar ekan. Ko‘p odamlar yangiliklarni eshitganlarida qayerda va nima bilan band bo‘lganlarini eslay olishadi. Muammo shundaki, ular xato, chunki xotira bilan bog‘liq kuchli his tuyg‘ular xotiralarni o‘zgartiradi.

20. Sizning miyangiz tushda uyg‘oqlik paytingizdagidek aktivdir

Siz uxlagan va tush ko‘rayotgan paytda, miyangiz to‘liq kunning hodisalarini qayta ishlaydi va birlashtiradi, olingan ma’lumotdan assotsiatsiya oladi, nimani eslab qolishni va nimani unutishni hal qiladi. Balkim siz imtihon yoki muhim ish oldidan “to‘yib uxlab ol” degan maslahatni ko‘p eshitgan bo‘lsangiz kerak. Agar siz yodlagan narsani eslab qolishni xohlasangiz, yaxshisi ma’lumotni yodlab olganingizdan keyin va uni eslab qolish kerakligidan oldin uyquga ketishga harakat qiling.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish