Sinchkovlikni aniqlovchi test:

Amerikalik HR-menedjerlar ishga qabul qilish oldidan odamlarni albatta turli psixologik testlardan o‘tkazadilar. Ulardan biri – bu sinchkovlikni belgilab beruvchi test. Chunki insonning qanchalik diqqat-e’tiborni bir joyga to‘play olishi va ziyrakligining qay darajada ekanligini bilish juda muhim.

Sizdan talab qilinadigani – shunchaki vaqtni belgilab turib, ikkita rasm o‘rtasidagi farqni imkon qadar tezroq topish. Siz ikkita farqni topishingiz zarur. Topishingiz bilan sekundomerni to‘xtating. Quyida siz sarflagan vaqtingizga qarab qanchalik sinchkov ekanligingizni o‘qib-bilib olishingiz mumkin.

20 sekundgacha (soniyagacha)
Ajoyib natija! Sizning xushyorligingiz joyida. Bundan tashqari sizning deduksiyangiz (umumiy holatdan xususiy xulosalar chiqarish) ham maqtovga loyiq. Siz har qanday mayda-chuyda narsalarni juda tez payqaysiz. Noaniqliklarni darhol fahmlaysiz, ana shu ajoyib sinchkovligingiz uchun ham sizni rahbarlar qadrlaydilar. Biroq nimanidir ko‘zdan qochirganliklari uchun ayrim odamlarga tanbeh berasiz. Shuning uchun ham sizni yoqtirmasliklari mumkin.

21 dan 30 sekundgacha
Yaxshi natija, ayniqsa farqlarni qidirishni yoqtirmaydigan va bunday boshqotirmalarni hech qachon yechmagan bo‘lsangiz. Sizning sinchkovligingiz qandaydir ishga xiyol diqqatingizni yo‘naltirishingiz bilan namoyon bo‘ladi. Bu holatda sizni hech kim biron ishga qo‘l uchida yondoshasiz, deya ayblay olmaydi. Muhimi – vaqtida diqqat-e’tiborni jamlay bilish!

31 dan 45 sekundgacha
Siz ziyrakligingiz ustida ishlashingiz kerak. Ehtimol, ayni damda o‘zingizni yaxshi his qilmayotgandirsiz yoki shunchaki e’tiboringizni jamlay olmagandirsiz. Agar diqqatingizni jamlab turib ham ayni natijani olgan bo‘lsangiz, bu sizning diqqatingiz bo‘linib-bo‘linib ketganligidan dalolat. Ehtimol siz ijadkordirsiz. Agar shunday bo‘lsa, xavotir olishingizga hojat yo‘q. Sizning tafakkuringiz abstrakt, ya’ni mavhum va ba’zan sizdan sinchkovlik talab ham etilmaydi. Nima bo‘lganda ham, agar xushyorligingiz ustida ishlaydigan bo‘lsangiz, bu siz uchun faqatgina foydali bo‘ladi.

45 sekunddan ko‘proq
Agar siz testga e’tiboringizni yo‘naltirgan bo‘lsangizu, biroq natija shunday chiqqan bo‘lsa, xavotirga tushganingiz ma’qul. O‘z ziyrakligingiz va xotirangizni mashq qilishni boshlang. Faqat shundagina barcha ko‘rsatkichlarni yuqoriga ko‘tarishingiz mumkin. Ishlash qobiliyatingiz yaxshilanganini darhol sezasiz, ayrim hayotiy soxalarda ham o‘zgarishlar yaxshi tarafga bo‘lganini his qilasiz.

Diqqat-e’tiborni mashq qilish har qaysimizga foydali. Agar siz har kuni xotira, sabot va diqqat mashqlariga vaqt ajratadigan bo‘lsangiz, o‘z malakangizni yaxshilashingiz mumkin. Bu faqatgina manfaat keltiradi.

Agar sizga test yoqqan bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan bo‘lishing! Telegram kanalimiz: @Ruhshunosuz


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish