Shaxsiy kuch

Biz necha kundan beri kuchli shaxsiyat egasi bo‘lish sirlari haqida suhbatlashyapmiz. Xo‘sh, shaxsiyatimiz kuchi nimada? Shaxsiyat kuchli bo‘lishi uchun unga qanday qudrat kerak?

Esingizda bo‘lsa, sizga hayotiy quvvat haqida aytgandim. U bizga berilgan ilohiy energiya deb ta’riflangandi. Biz uni turli xil maqsadlarda sarflaymiz.

Ana shu hayotiy quvvatni mehrga aylangan ko‘rinishi – shaxsiy kuch. Mehrga aylantirilgan hayotiy quvvat shaxsiyatingiz atrofida o‘ziga xos maydon hosil qiladi. Hayotiy quvvat darajangiz qancha yuqori bo‘lsa va siz uni qanchalik mehrga aylantira olsangiz – shaxsiy kuchingiz shuncha katta demak.

Shaxsiy kuch tushunchasi ko‘pchiligimiz uchun yangi – uni darhol anglab olish bir oz qiyin. Ammo u bilan barchamiz tanishmiz, aslida.

Shunday odamlarni uchratasizki, ular sizda sababsiz hurmat, havas kabi ijobiy hislarni uyg‘otadi. Ular bilan gaplashish ham shart emas – shunchaki, ularning yonida o‘zingizni xotirjam his qilasiz. Ular bilan suhbatlashish, ularga hamrohlik qilishga o‘zingiz sezmagan holda intilasiz. Bu – shaxsiy kuchi ko‘p odamlar.

Odamlar ba’zida kimningdir oldida o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar – buni “sir bosdi” deb ham aytishadi. Odamning o‘y-fikrlari va tuyg‘ulariga ta’sir qilayotgan ana shu “sir” – shaxsiy kuch.

Shaxsiy kuchingiz tufayli odamlar siz aytgan gapga oson ko‘nadigan, sizning fikringizni tez tushunadigan, sizdan kamdan-kam xafa bo‘ladigan, sizning hamrohligingizga talpinadigan bo‘ladilar. To‘g‘ri, bu gaplarim qanaqadir safsatadek tuyulishi mumkin. Ammo o‘zingiz atrofingizdagi odamlarni kuzating – kim o‘z shaxsiy kuchi bilan odamlarni o‘ziga tortyapti-yu, kim ularga ergashyapti – tezda ajratib olasiz.

Odamlarga to‘la xonani tasavvur qiling. Aytaylik, restorandasiz. Zaldagi hamma yonidagi hamrohi bilan suhbat-u, oldidagi taom bilan band. Eshikdan kimlardir kiryapti, kimlardir, aksincha, chiqyapti. Zalda o‘tirganlar xonaga endi kirgan hamma odamga ham qarashavermaydi. Ammo eshikdan kuchli shaxsiyat egasi kirsa – juda ko‘pchilik beixtiyor unga bir qarab qo‘yadi. Agar eshikdan kirgan yangi mehmonning shaxsiy kuchi o‘ta yuqori bo‘lsa – zaldagilar hatto ovqatlanishdan ham to‘xtab, unga tikilib qolishi mumkin.

Ishonmaysizmi? Keyingi gal odamlar gavjum joyda o‘tirganingizda, atrofingizdagilar xatti-harakatlarini kuzatib ko‘ring – juda ko‘p qiziq narsalarni bilib olasiz.

Hammamiz kuchli shaxsiyat egalariga o‘zimiz bilmagan holda intilishimizga bir oddiy sabab bor. Avval aytganimdek, bizning organizmimiz har doim sog‘ligimiz uchun eng ma’qul qarorlarni qabul qiladi. Odamning shaxsiy kuchi boshqa odamlarning hayotiy energiyasini oshirib berish xususiyatiga ega (bu ajablanarli hol emas – axir, shaxsiy kuch mehrdan hosil bo‘ladi, boshqa odamga mehr ko‘rsatish esa uning hayotiy quvvatini oshiradi). Atrofimizda kuchli shaxsiyat paydo bo‘lishi bilan, tanamiz unga bizning e’tiborimizni qaratmoqchi bo‘ladi – chunki u ehtimolda bizning hayotiy quvvat zahiramizni to‘ldirishga qodir.

Shaxsiyati kuchli odam atrofdagilarga mehr taratadi deganim – u hammaning ko‘nglini olib yuradi degani emas. Kuchli shaxsiyat, shunchaki, atrofidagi har kim va har narsaga mehr bilan qaraydi, atrofiga mehrga to‘yingan shaxsiy kuchidan yog‘du taratib turadi. Qolganlar ana shu yog‘duga o‘zlari bilmagan holda talpinadilar.

Agar odamning shaxsiy kuchi yetarlicha yuqori bo‘lsa, uning boshqa odamlar va dunyo bilan kelishmovchiliklari bo‘lmaydi, u hech qachon qiyin vaziyatga tushib qolmaydi – shunday bo‘lsa ham, shaxsiy kuchi uni bu vaziyatdan shikastsiz olib chiqib ketadi.

Bu bilan kuchli shaxsiyat o‘zgalarni boshqarish qobiliyatiga ega bo‘ladi demoqchi emasman. U, shunchaki, dunyo qonunlari va odamlar ahdiga qarshi bormaslikka harakat qilib yashaydi – shunga monand hamma hech narsa uning ahdlariga ham qarshilik qilmaydi. Kuchli shaxsiyat egasida shaxsiy muhimlik tuyg‘usi bo‘lmaydi – shaxsiy muhimlik tuyg‘usi kishi hayotiy quvvatini isrof qiladigan odat. Undan qutulmay turib, kuchli shaxsiyat egasi bo‘lish imkonsiz.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish