SAMARALI VA SAMARASIZ XODIM. SIZ QAY BIRISIZ?

Idoradan hammadan oxiri ketib, uyda ham ishdagi vazifalaringizni bajarishda davom etsangiz, o‘zingizni supersamarali xodim deb hisoblamasangiz ham bo‘ladi. Aksincha! Ishbilarmon va strategiya direktori Maksim Yurin nima uchun rejadan ko‘p ishlash xodimning namunali ekanligidan dalolat bermasligiga izoh beradi. «Layfxaker» shu haqidagi maqola bilan bo‘lishdi.

Siz juda ko‘p va qattiq ishlaysizmi? Ko‘pincha kechgacha ishxonada qolib ketasizmi? Dam olish kunlariga ham qo‘shimcha ish olasizmi? Yaqinda bir boshli bo‘limning ishini qahramonlarcha tugatib berdingizmi? Sizning vazifalaringizni yaxshiroq bajaradigan odamni topish qiyin bo‘lgani bois hamma ishni o‘zingiz bajarishingizga to‘g‘ri keladimi?

Tabriklaymiz, siz samarasiz ishchisiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda lentada ko‘pincha rejadan ko‘p ishlash, eksklyuzivlik, betakrorlik, uch yillab mehnat ta’tiliga chiqmaslik va shu kabi qahramonliklar to‘g‘risidagi postlarni kuzataman.

Bunday postlar mualliflarini ularning nihoyatda samarali va qoyilmaqom ekanliklariga bo‘lgan qat’iy ishonch birlashtirib turadi. Atrofdagilar esa dangasa va o‘rtacha ishchilar: axir ular ish kunlarini belgilangan vaqtdan atigi yarim soat keyin tugatishadi, ba’zan esa umuman o‘sha vaqtning o‘zida ketishadi, vazifalarini esa boshqalarga yuklashadi!

Bir qarashda hammasi ajoyibdek: xodim boshqalardan ko‘p ish bajaradi, o‘z ishi uchun kuyinadi, qiyinchiliklardan qo‘rqmaydi – mo‘’jiza!

Biroq bu mo‘’jiza emas. Nima uchun deysizmi?

  1. Bunday ish tempiga uzoq vaqt amal qilish qiyin, faqat sanoqli odamlargina buning uddasidan chiqishadi. Qolgan 99 foizi esa kuyib ketadi. Odatda bir necha oydan so‘ng uzilishlar boshlanadi: ishchi o‘z faoliyat sohasidagi pozisiyasidan / rahbardan/ qoniqmaydi, «fojiaviy» iste’foga chiqish, o‘zlikni izlash, «men yoga bilan shug‘ullanish uchun Goaga ketdim» va h.k.
  2. Bunday inson (ayniqsa u top pozisiyada bo‘lsa) o‘zining atrofidagi barcha odamlar – xodimlari, pudratchilari, agentliklar, kotiba, oila a’zolarini soxta samaradorlikka choralaydi. Hamma rejadan ko‘p ishlash va barchasiga ulgurishga harakat qilib, o‘zini o‘qqa-cho‘qqa ura boshlaydi. Keragidan ortiqcha ishni o‘z zimmalariga olishadi. Birovlarning ishini ham bajarishadi. Axir atrofdagilar ham «supersamarali boshliq»qa o‘xshashga, uning talablariga javob berishga harakat qiladi. Natijada kompaniyada tartibga solib bo‘lmaydigan xaos, ziddiyatlar sodir bo‘lib, nosog‘lom muhit hukmron bo‘ladi.
  3. Bunday kishilarning rahbarlariga ham oson bo‘lmaydi. Xodimlardan biri belgilangan qoidalar doirasidan chiqsa, ko‘pincha uning uchun maxsus sharoitlar yaratishga va unga bo‘lgan alohida munosabatini shu tariqa ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi. Masalan, kamchiliklarini kechirish, u o‘tgan hafta ishdan 22:00dan erta ketgani yo‘q, axir. Bularning barchasi xaosga olib keladi.

O‘rtacha va uzoq muddatli istiqbolda xodimlarning boshqa turi samarali hisoblanadi. Demak, samarali xodim:

o‘z ish vaqti va jarayonlarni shunday tashkillashtiradiki, barcha ishlarni belgilangan ish vaqti doirasida bajaradi (shaxsan men bu bir kunda 4-5 soat deb hisoblayman);

ish jarayoni va kompaniyadagi ishlar to‘g‘ri tashkillashtirilganmi yoki yo‘q – shu xotirjam o‘ylab olishga vaqt ajaratishadi, ularni yengillashtiradi, yangi g‘oyalar berib, ularni amalda sinab ko‘radi;

o‘z fayllari, hujjatlari, jarayonlar, vazifalar va majburiyatlarini bir tizimga soladi, shunda ularni tushunish va keyinchalik boshqalarga topshirish oson kechadi;

vazifalarni zimmasiga yuklash mumkin bo‘lgan kishini to‘g‘ri topadi;

me’yoriy work-life balance’ga rioya etadi, o‘z xobbisi va shaxsiy hayotiga ega bo‘ladi, ya’ni uning ishdan tashqari boshqa qadriyatlari ham mavjud bo‘ladi;

ilk besh punktni bajarishga halaqit berishi mumkin bo‘lgan yangi vazifalarni rad etishadi.

Agar siz ish beruvchi yoki shunday kishining rahbari bo‘lsangiz, uning muvaffaqiyatlari va rejadan ko‘p ishlashidan xursand bo‘lishni bas qiling. Uning shijoatini me’yorga keltirishga va normal ishchi doiraga yo‘naltirishga harakat qiling. Ehimol, siz hozir uning supersamarali natijalaridan yutarsiz, biroq kelajakda yutqazishingiz muqarrar: kuchsizlik, janjallar, tahdidlar, boshqa xodimlar orasida xaosning yuzaga kelishi…

Agar siz mana shunday «supersamarali» ishchi bo‘lsangiz:

birinchidan, maqtanish va nolishni bas qiling;

ikkinchidan, bugun uyingizga ertaroq keling, oila a’zolaringiz bilan o‘tirib dildan suhbatlashing;

uchinchidan, haqiqatda samarali xodimga xos 6 punktni qayta o‘qib chiqing va inobatga oling.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish