Raqamlar orqali vaziyatingizga to’g’ri javob oling, bu bir belgi.
Muhim bir qaror qabul qilishingiz kerakmi? Biror ishdan havotirdamisiz? Unda raqamlar savolingizga javob beradi.
Diqqatingizni jamlab, savolingizni aniq o’ylab, rasmdan raqam tanlang!
Birdaniga 2ta raqamga ko’zingiz tushsa ikkalasini ham tanlayvering, ikkala javob ham vaziyatingizni javobi bo’ladi.
#JAVOBLAR
1. Ijobiy natijaga umid qilmang, chunki ish salbiy javobni ko’rsatmoqda.
2. Yaxshilab mulohaza qiling! Bu ish xarakat qilishingizga arziydimi?
3. Ishingiz o’xshaydi, va siz hayotingizga uyg’unlik, barqarorlik olib kirasiz.
4. Fikringizdan qayting va yaxshisi hammasini yangidan boshlang!
5. Maqsad yo’lingizdan orqaga qaytmang, ana shunda hammasi hal bo’ladi.
6. Sizda hammasini ortga qaytarish imkoniyati bor. Shunchaki o’z kuchingizga ishoning.
7. O’z kuchingizga unchalik ishonmaysiz, lekin oldinga olg’a yurishingiz kerak.
8. Agar hozirgi vaziyatingiz pulga bog’liq bo’sa, hammasi ijobiy hal bo’ladi.
9. Joningizni jabborga bermang! Vaziyat o’z o’zidan hal bo’ladi.
10. Vaziyatga noto’g’ri nazar bilan qarayabsiz! Qarorlaringizni boshqattan ko’rib chiqing.
11. Bu ish hal bo’lib, hayotingizda yangi davr boshlanadi.
12. Nafaqat atrofdagilarga, shuningdek o’z ichki sezgingizga ham quloq solishingiz kerak.
13. Hammasi mantiqiy yechim topadi, muhimi bir chetda kuzatib turing.
14. O’zingizga yuqori baho beryabsiz. Shuning uchun juda ehtiyot bo’ling.
15. Hammasini tinchlik yo’li bilan hal qiling, shunda maqsadingizga yetasiz.
16. Vaziyatning hal bo’lishi juda cho’zilib ketdimi?, hammasi sizning foydangizga hal bo’ladi.
17. O’zingizni qo’lga oling va maqsadingizga yetish uchun jasorat ko’rsating.
18. Siz hozir soydan ham sokin, o’t-o’lanlardan ham pastroq turishingiz lozim.
19. Hammasini ro’yobga chiqishi uchun, sizga yaqinlaringizning qo’llab-quvvatlashi zarur bo’ladi.
20. Minnatdor bo’lishingiz lozim shunda muvaffaqiyat qozonasiz.
21. Ichingizni ishonchsizlik kemiryabdi, aynan u siz bilan yovuz o’yin boshlagan.
22. Shu muammoni hal qilaman deb hayotingizdagi muhim bir narsani o’tkazib yuborasiz.
23. Sizni tasvirlab bo’lmas darajadagi quvonch va baxt kutyabdi.
24. Biroz chidamli bo’ling va vaziyat sizning foydangizga hal bo’ladi.
25. Oqimga qo’shiling va oldinga suzing. Shunda hammasi yaxshi bo’ladi.
26. Shoshqaloqlik qilmang! Har bir qadamingizni yaxshilab o’ylab bosing.
27. Hamma ishlaringiz hal bo’ladi va moddiy ahvolingiz yaxshilanadi.
28. Vaziyat bo’shliq. Shuning uchun hatto xavotirlanishingizga arzimaydi.
29. O’zingizni yo’qotib qo’ygansiz. Vaziyatga chuqur kirishib ketmang, hammasi hal bo’ladi.
30. G’oya va rejalaringiz butunlay o’chiriladi.
31. Vaziyatingizni yechimini mayda detallarigacha yaxshilab o’ylab olishingiz lozim.
32. Dam olishingiz kerak! Shunda maqsadlaringizga yeta olasiz.
33. Hozir hamma sizga qarshi. Yaqinlaringizning qo’llab-quvvatlashiga tayaning.
34. Ortga chekinish rejasini tuzishingiz kerak.
35. Muammoingiz hal bo’lishi uchun qo’rquvlaringiz ko’ziga tik boqishingizga to’g’ri keladi.
@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.