#USUL
O’zgalarga O’z nuqtai nazaringizni o’tkazishning 12 qoidasi:
✅1. O’z fikringizning to’g’riligiga o’zgani ishontirish – u bilan tortishish orqali amalga oshmaydi. Nazokat bilan kelishishga intilib, uning nuqtai nazarini samimiy tushunishni astoyidil xohlash kerak.
✅2. Suxbatdoshingiz fikriga hurmat bilan qarang. Hech qachon uning fikri xato ekanini ko’pchilik oldida keskin aytmang. «Balki men xato gapirayotgandirman, lekin keling, faktlarni tahlil qilib ko’raylik» qabilida so’zlang.
✅3. Agar siz noxaq bo’lsangiz, darxol buni tan oling. Chunki birovdan kamchilik va xatolaring xaqida eshitgandan ko’ra, o’zingiz tan olsangiz, uni oson qurolsizlantirasiz.
✅4. Fikrlaringizni do’stona ohangda bayon qiling
✅5. Suxbatdoshingizdan sizning fikringizni tasdiqlovchi javoblar olishga harakat qiling. Chunki suxbat boshidan «yo’q» degan odam keyingi so’zlaringizni qabul qilishiga g’ururi yo’l qo’ymaydi.
✅6. Suhbatdoshingizni ko’proq gapirtirib, o’zingiz eshitishga harakat qiling. Bu sizga uning so’zlaridan fikrining xatoligini isbotlashingizga imkon beruvchi faktlar to’plashga imkon beradi.
✅7. Siz unga berayotgan fikringiz sizniki emas, uning fikri ekanligini bildiring. Sizni fikringiz haqida o’zining fikriday o’ylay boshlasin.
✅8. Har bir hodisaga, xolatga suxbatdoshingiz nuqtai nazaridan qarashga samimiy intiling. Suxbatdoshingiz umuman noxaq bo’lishi mumkin, ammo u bunday deb o’ylamaydi. Uning o’rniga o’zingizni qo’ysangiz, masala mohiyatini aniq tushunasiz.
✅9. «Sizning o’rningizda men ham shunday o’ylagan bo’lardim» degan jumlani qo’llang. Odamlarning 75 foyizi hamdardlikni xush ko’radi. Unga xamdard bo’lsangiz, yoqa boshlaysiz.
✅10. Ijobiy motivlarni yuzaga keltirishga urining. » Men o’ylaymanki, siz xar taraflama fikr yurita oladigan, qobiliyatli insonsiz, shuning uchun siz nmeni to’g’ri tushunasiz, deb o’ylayman».
✅11. O’zingizning g’oyalaringizni dramalashtiring, uni samaraliroq qilib ko’rsating.
✅12. Boshqalardan ustunlikka erishishga intilishni yuzaga keltiring. Musobaqa tashkil viling. Xar bir odam o’zini namoyon qilishni, muvaffaqiyatga erishishni, o’zini nimalarga qodirligini ko’rsatishni xohlaydi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.